kommunikator (axborotni yuborayotgan odam) va retsipiyent (axborotni kabul kilayotgan odam)
bir xil kodlashtirish hamda dekodlashtirish tizimiga ega bo‘lishi kerak (yagona tizimni qabul
qilishgina kommunikativ jarayon ishtirokchilari-ga bir-birini tushunish imkonini beradi);
to‘rtinchidan, muloqot jarayo-nida fakat insonlararo kommunikatsiyaga xos to‘siqpar vujudga
kelishi mumkin (to‘siqlar nafaqat belgilar tizimidagi farkdar, balki ijtimoiy-siyosiy, diniy, kasbiy
farkdar yoki
umumiy dunyoqarash, olamni his etishdagi farqlar tufayli vujudga kelishi mumkin).
Kommunikatordan chiqayotgan axborot ikki xil bo‘lishi mumkin: 1. Undovchi axborot
buyruq, maslahat, iltimos va hokazolarda namoyon bo‘ladi. Undan ko‘zlangan maqsad
retsipiyentni biror harakatga rag‘batlantirishdan iborat. Rag‘batlantirish uch xil bo‘lishi mumkin:
a) faollashtirish (biror harakatni qilishga undash); b) interdiksiyalash (biror harakatni qilishdan
to‘xtatish); v) destabillashtirish (bi-ror harakatdagi muvozanatni buzish).
Konstatatsiyalovchi axborot ma’lumot tarzida ifodalanadi. Bu turdagi axborot turli ta’limiy
tizimlardan o‘rin olgan bo‘lib, xulq-atvorni o‘zgartirish uchun bevosita ta’sir ko‘rsatmaydi (lekin
bilvosita ta’sir ko‘rsatish maqsadi ham bo‘ladi).
Kommunikativ jarayonning kuyidagi besh unsur: a) kim (axborot kim tomonidan
uzatilmokda); b) nima (qanday axborot uzatilmoqda); v) qanday (axborot kanday yo‘l bilan
uzatilmokda); g) kimga (axborot kimga yo‘naltirilmoqda); d) qanchalik samarali (axborot
qanchalik samarador uzatildi) tashkil topgan bo‘ladi.
Dostları ilə paylaş: