Milliy g‘oyani rivojlantirishda ommaviy va siyosiy tashkilotlar, oila, mahalla, nodavlat
notijorat tashkilotlarning rolini oshirishning ahamiyati.
Mamlakatimiz istiqboli, birinchi navbatda, yoshlar zamonaviy fan asoslarini, eng yangi
texnika va texnologiyani, milliy va umuminsoniy ma’naviyat qadriyatlarini qanchalik chuqur
egallashiga bog‘liq.
Bu fikrlar oiladagi tarbiya masalasiga ham oiddir. Ota-onalar farzandlarining maktabda, oliy
o‘quv yurtlarida olayotgan bilimlariga, kasb tanlash madaniyati, ehtiyoji shakllanishiga befarq
qarashlari mumkin emas. yosh avlodni bugungi kun imkoniyatlarigagina emas, balki ertangi kun
ehtiyojlariga tayanib tarbiyalamoq zarur. Umuman tarbiyada ertangi kunni o‘ylash, ko‘ra bilish
ustivor ahamiyatga ega.
Bolalar doim biror foydali ish bilan band bo‘lishini ta’minlash ham katta ahamiyatga ega.
Biror ish bilan band bo‘lishga o‘rgangan yoshlar mehnatsevar bo‘ladilar, ularda juda
yoshligidanoq ma’lum mehnat malakalari shakllanadi. Bo‘sh vaqtlarida, ular o‘zlari sevgan ish
bilan shug‘ullanishga o‘rganib qoladilar. Bunday bolalarning jinoyat qilishga yoki nojo‘ya ishlar
bilan shug‘ullanishga vaqti ham bo‘lmaydi.
Odobli, mehnatsevar, sabr-toqatli farzandlar Ota-ona qoldirgan boylikka boylik qo‘shadi,
halol mehnati bilan jamiyatda o‘z o‘rnini, qadr-qimmatini topadi. Ota-onadan meros bo‘lib qolgan
axloq va odob esa bir umr tugamaydigan eng katta boylikdir. O‘zbek xalqi maqolida aytilganidek,
meros yo‘li bilan orttirilgan moddiy boylik yomon, akadan qolgan boylik undan ham yomonroq,
xotindan qolgan boylik esa bularning hammasidan ham yomonroqdir. yoshlar o‘z mehnati,
peshona teri bilan topgan boylikni ko‘proq qadrlaydilar.
Ota-onalar bilishi, amal qilishi lozim yana bir muhim masala farzandlariga berayotgan
tarbiya davr ruhiga, zamon imkoniyati va ehtiyojlariga, davlat belgilagan rejalar tizimiga qay
darajada mos kelishini yaxshi tasavvur etishdir. Ota-onaning ko‘zi oldida shirin farzandlari bilan
bir qatorda, ularning jamiyat, millat taraqqiyoti, davr ehtiyojlari va imkoniyati bilan uzviy
bog‘langan kelajagi ham turmog‘i kerak.
Ota-onalar farzand tarbiyasida asrlar davomida shakllangan an’analarga, bu boradagi
umuminsoniy qadriyatlarga tayanganida, davr ruhi va ehtiyojlarini e’tiborga olganida yaxshi
natijalarga erishadilar. Bu ishning samarasi ko‘proq tarbiyaning maqsadi va usullariga bog‘liq
bo‘ladi. Tarbiyaviy ishlarning mazmuni, yo‘nalishi, usullari esa o‘zgarib, yangilanib,
takomillashib turadi. Bunga har bir konkret tarixiy davrning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, ma’naviy,
mafkuraviy, ehtiyojlari ham ta’sir etadi.
Shu bois aqlan yetuk, ruhan tetik va sog‘lom, erkin va tanqidiy fikrlovchi, ayni paytda,
ijtimoiy mas’uliyatni to‘g‘ri his etadigan, muayyan kasb-hunarni egallagan barkamol avlodni
tarbiyalash O‘zbekistonda yangi jamiyat barpo etishning tarkibiy qismiga, asosiy shart-sharoitiga
va maqsadiga aylandi
63
.
Shu o‘rinda ta’lim-tarbiya jarayoni bilan bog‘liq yana bir masalaga ham e’tibor berish kerak.
Milliy axloqiy qadriyatlarning, milliy tarbiya usullarining ahamiyatini kamsitmagan holda shuni
ham aytish mumkinki, har qanday sharoitda ham tarbiya sof milliy mezonlar doirasida qolib ketishi
millat ma’naviy kamoloti imkoniyatlarini cheklab qo‘yadi. Jamiyat taraqqiyotining barcha
davrlarida tarbiyaning mazmuni va yo‘nalishi milliy va umuminsoniy qadriyatlar uyg‘unligi
asosida belgilanadi. Bu fikr mustaqil O‘zbekistonda amalga oshirilayotgan ta’lim-tarbiya ishlari
yo‘nalishlarini belgilash uchun ham katta ahamiyatga ega. Milliy tarbiyaning asosiy
xususiyatlaridan biri yoshlarda yuksak axloqiy fazilatlarni shakllantirishdir. Olimat ul Banotning
milliy tarbiya an’analari haqida quyidagi fikrlarida ham chuqur ma’no bor. U shunday deb yozgan
edi: «Ota-onalar qo‘lida bolalar aziz omonatlardir. Shuning uchun ham ularni go‘zal tarbiya etmoq
yaxshi xulqlarga o‘rgatmoq va ko‘rkam odatlarni tushuntirmoq lozim.
Tarbiya bilan bir bolani oltin etmoqlik mumkin, tuproq qilmoq ham mumkin
64
.
Tarbiyalangan kishilar din amri bilan yashaydilar, ularning tili bilan dili, so‘zi bilan ishi bir bo‘ladi.
Bunday fazilatlarni shakllantirish birinchi navbatda oilada Ota-onaga hamda qolaversa
tarbiyachilarga bog‘liqdir. Ayniqsa, bozor munosabatlariga o‘tilgan hozirgi sharoitda oila va
undagi Ota-onaning farzand tarbiyasida mas’uliyati yanada oshdi, deb aytishga to‘la asosimiz bor.
Shaxs ma’naviyati, uning dunyoqarashi, insonning tasavvur va e’tiqodiga aloqador
ko‘nikmalar majmui asosan oilada shakllanadi. Shu ma’noda oila - haqiqiy ma’naviyat o‘chog‘i,
mafkuraviy tarbiya omili va muhitidir. Binobarin, milliy mafkuramizga xos ilk tushunchalar inson
qalbi va ongiga, avvalo, oila muhitida singadi. Bu jarayon bobolar o‘giti, ota ibrati, ona mehri
orqali amalga oshiriladi.
“Har bir inson uchun, - deb ta’kidlagan edi I.A.Karimov, - Vatan tushunchasi, avvalo oiladan
boshlanadi. Shu bois, oila va mafkura tushunchalari chambarchas bog‘liqdir. Oilaning jamiyatdagi
o‘rni, tarbiyaviy-axloqiy ahamiyati, qadr-qimmatini anglab yetmasdan, oilaga milliy manfaat
nuqtainazaridan yondoshmasdan turib, xalqchil mafkura yarata olmaymiz»
65
. Yurtboshimizning
“Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” asarida ham bu masalaga alohida e’tibor qaratib: “Har
qaysi millatning o‘ziga xos ma’naviyatini shakllantirish va yuksaltirishda, hech shubhasiz,
oilaning o‘rni va ta’siri beqiyosdir”
66
, deydi.
Binobarin, jamiyat faqat o‘z shaxsiy manfaatini ko‘zlaydigan odamlar yig‘indisidan iborat
emas. Umumiy manfaatlarni teran anglash, kishilarning jamiyat bo‘lib uyushishlariga, ijtimoiy
63
O`zbеkistоnda barpо etilayotgan jamiyat. T.: «Ijod dunyosi» nashriyoti, 2002. –B. 20.
64
E.Yusupоv. Insоn kamоlоtining ma’naviy asоslari. -T.:Univеrsitеt, 1998, -B. 120.
65
Karimоv I. Milliy istiqlоl mafkurasi – хalq e’tiqоdi va buyuk kеlajakka ishоnchdir. --T.:O`zbеkistоn, 2000. –B. 23.
66
Karimоv I. Yuksak ma’naviyat – еngilmas kuch. –T.:Ma’naviyat, 2008. –B. 52.
talab va normalarni e’tirof etib, ularga amal qilishlariga sabab bo‘ladi. Bu ayniqsa, hozirgi o‘tish
davrida nihoyatda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
Ana shu sababdan ham jamiyat a’zolarini umumiy maqsad va manfaatlar yo‘lida birlashtirish
mafkuraning asosiy vazifalaridan biridir. O‘zining Vatan deb atalmish ulug‘ bir oilasiga
mansubligini his etish tuyg‘usi o‘z-o‘zidan paydo bo‘lmaydi, balki muttasil va izchil mafkuraviy
tarbiya samarasi o‘laroq, yuzaga keladi
67
. Oiladagi totuvlik, ahillik, mehr-shafqat hislatlari uluksiz
ravishda turli shakllarda olib boriladigan axloqiy tarbiyaning g‘oyat xilmaxil qatlamlarini umumiy
manfaatlari atrofida jipslashtirish, odamlar o‘rtasida hamjihatlik totuvlik, o‘zaro yordam
xislatlarini shakllantirish ham izchil mafkuraviy tarbiya vositasida amalga oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: |