Yoshlarni vatanparvarlik va milliy g‘oyaga Daxldorlik hissi ruhida tarbiyalashda
ma’naviyatning o’rni. Ma’naviy tahdidlarning oldini olish.
Bugungi kunda yurtimizda yoshlarimizni ona Vatanga fidoiy, mard, jasur, sadoqatli, milliy
g‘oyaga Daxldorlik hissi ruhida tarbiyalashda ma’naviyatning o‘rni va roli tobora oshib bormoqda.
Ayniqsa, millatning to‘laqonligi millat maqomiga yetishi uchun milliy tilning, madaniyat, urf-
odat, an’analar, qadriyatlardagi o‘ziga xosligini, ya’ni, milliy o‘zligini anglashda ma’naviyat
muhim ahamiyat kasb etadi. Bugungi kunga kelib, yurtimizda yashovchi aholining barcha
qatlamlari orasida xususan yoshlarimiz o‘rtasida aniq masadga qaratilgan ma’naviy – ma’rifiy
ishlarni targ‘ibot va tashviqot qilishga Davlatimiz tomonidan alohida e’tibor qaratlayotgani bejiz
emas, albatta.
Ayniqsa, bu borada Vatanimizni kelajakdagi istiqbolini belgilovchi 2017-2021 yillarda
O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha
Harakatlar strategiyasi qabul qilinganligi ulkan ahamiyat kasb etmoqda. Bu haqda fikr yuritganda
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Oldimizda turgan ana
shu ulkan vazifalardan kelib chiqib, mamlakatimiz taraqqiyotini yangi bosqichga ko‘tarish
maqsadida 2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor
yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasini qabul qildik”
57
, — deya alohida ta’kidlab o‘tgan edi.
Harakatlar strategiyasida eng avvalo, davlat boshqaruvi organlarining quyi bo‘g‘inlari
faoliyatini tubdan yaxshilash, ularning xalq bilan muloqot qilishini ta’minlash, bu borada samarali
ijtimoiy hamkorlik mexanizmini mustahkamlash ustuvor vazifa sifatida belgilab qo‘yildi. Bu esa,
o‘z navbatida fuqarolarimizni xususan, yosh avlodni ona Vatanga fidoiy va sadoqat ruhida
tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.
2017-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi
bo‘yicha Harakatlar strategiyasining to‘rtinchi ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha ijtimoiy sohani
rivojlantirish borasida amalga oshirialyotgan strategik maqsadalar sifatida e’tirof etilayotgan
ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga
ko‘tarish eng avvalo, Yurt ravnaqi va Vatan taraqqiyoti uchun xizmat qiladi. Ayniqsa, 2017 yil
28 iyulda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning “Ma’naviy – ma’rifiy ishlar
samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risidagi
qarori”
58
ga muvofiq, quyidagi vazifalarga alohida e’tibor qaratish belgilandi. Jumladan:
— dunyoda yuz berayotgan murakkab geosiyosiy va g‘oyaviy-mafkuraviy jarayonlarning
mazmun-mohiyatini har tomonlama chuqur yoritib borish, terrorizm, diniy ekstremizm,
aqidaparastlik, separatizm, odam savdosi, “ommaviy madaniyat”, narkobiznes va boshqa
tahdidlarga qarshi samarali g‘oyaviy kurash olib borish;
— jamiyatimizning barqaror rivojlanishiga to‘sqinlik qilayotgan ichki tahdidlar – el-yurt
taqdiriga loqaydlik, mahalliychilik, urug‘-aymoqchilik, oilaviy qadriyatlar va yoshlar tarbiyasiga
e’tiborsizlik kabi holatlarga barham berishga qaratilgan kompleks tadbirlar tizimini ishlab chiqish
va amalga oshirish;
— milliy g‘oyani yurtimizda yashayotgan barcha millat va elatlar, ijtimoiy toifa vakillari
o‘rtasida keng targ‘ib etish, bunyodkorlik ruhini yalpi ijtimoiy harakatga aylantirish, ertangi kunga
ishonch tuyg‘ularini kuchaytirish;
— targ‘ibot-tashviqot ishlarida aholining hududiy, kasbiy hamda yosh xususiyatlarini
hisobga olgan holda mutanosib, maqsadli va mazmunli yondashuvni joriy etish;
— ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot ishlari samaradorligining ilmiy asoslangan monitoringini
ta’minlashga qaratilgan sotsiologik tadqiqotlar o‘tkazishni muntazam yo‘lga qo‘yish;
— yoshlarda sog‘lom dunyoqarash, jumladan, kitobxonlik ko‘nikmasini shakllantirish,
internet, axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan oqilona foydalanish madaniyatini oshirish,
ularda g‘oyaviy va axborot xurujlariga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirish;
— mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan ishlash, ushbu toifani ijtimoiy-iqtisodiy
faollashtirishda jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish;
— xalqimizning tarixiy merosi, urf-odatlari va milliy tarbiya an’analarini asrab-avaylash,
keng aholi qatlamlari, ayniqsa, yoshlarimiz o‘rtasida dinlararo bag‘rikenglik, millatlararo totuvlik
va o‘zaro mehr-oqibat muhitini mustahkamlash bo‘yicha chora-tadbirlar ishlab chiqish va joriy
etishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Zero, bugungi kunda globallashuv jarayonlarining shiddatli tus olishi dunyo miqyosida
tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlarni tobora kuchayotganligini namoyon
57
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma olti yilligiga
bag‘ishlangan tantanali marosimdagi nutqi http://uza.uz/oz/politics/uzbekiston
58
Ma’naviy – ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirishni yangi bosqichga ko‘tarish to‘g‘risida
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. Ma’rifat. 2017 yil. 29 iyul. Shanba № 60(9021)
etmoqda. Dunyoda sodir etilayotgan bunday murakkab va tahlikali vaziyatni keskin tus olishi har
qanday xalq, millat, jamiyat va davlat hayotida muntazam sezgir, xushyor hamda ogox bo‘lish
borasida jiddiy fikrlashni taqozo etmoqda. Ayniqsa, bugungi global miqyosdagi tahlikali
vaziyatlarni kuchayotganligi har qanday xalq va millatning madaniyati hamda ma’naviyatiga
raxna solish orqali ma’naviyatini izdan chiqarishga zamin yaratmoqda.
Mamlakatimizda demokratik jamiyat, huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati institutlarini
shakllantirish va rivojlantirish ma’naviy hayotdagi muhim o‘zgarishlar va yangilanishlar bilan
bog‘liq xolda kechadi. Bunga globallashuv davri ham o‘zining bevosita va bilvosita ta’sirini
ko‘rsatmoqda. Ma’lumki globallashuv so‘zi ―global so‘zidan olingan bo‘lib, yer shari ma’nosini
bildiradi. Global o‘zgarishlar, obyektiv jarayoni, u ijtimoiy hayotning barcha sohalariga o‘zining
ta’sirini o‘tkazmoqda.
U ijobiy va salbiy jihatlariga ega. Ma’lumki, u insonlar ma’naviy hayot sharoiti,
imkoniyatlarini yanada oshirish bilan birga, ayni paytda ma’naviyatga tahdid soluvchi ayrim salbiy
oqibatlarga ham olib kelmoqda. Bu global yutuqlardan qanday maqsadda va kim tomonidan
qanday maqsadda foydalanishi bilan bevosita bog‘liq. Daxldorlik hissi fuqarolikni anglash,
fuqarolik mas’uliyati, insonlarni inson sifatida qadrlash, uning hayotiga, sha’ni, qadr-qimmatini,
daxlsizligini hurmat qilish tuyg‘ulari bilan mujassam holda amalda namoyon bo‘lishini hisobga
olsak, Daxldorlik xissiga salbiy ta’sir etuvchi omillar qatoriga quyidagilarni qo‘shish mumkin:
O‘zbo‘larchilik;
ommaviy
madaniyat;
beparvolik;
loqaydlik;
sotqinlik;
xudbinlik;mahalliychilik; urug‘-aymog‘chilik; korrupsiya; qonunni hurmat qilmaslik; vatansizlik.
Ana shunday globallashuv fenomeni haqida gapirganda, bu atama bugungi kunda ilmiy-
falsafiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’noni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy
nuqtai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yangicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-
siyosiy, tabiiy-biologik global muhitning shakllashini va shu bilan birga, mavjud milliy va
mintaqaviy muammolarning jahon miqyosidagi muammolarga aylanib borishini ifoda etadi.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili
va sababi xususida gapirganda shuni obyektiv tan olish kerak — bugungi kunda har qaysi
davlatning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa
mintaqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘lanib boryaptiki, biron mamlakatning bu
jarayondan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kelmasligini tushunish, anglash qiyin emas.
Shu ma’noda, globallashuv — bu avvalo hayot suratlarining beqiyos darajada tezlashuvi
demakdir .
Global o‘zgarishlardan ma’naviy hayotda nosog‘lom maqsadlarda foydalanishga urinish,
ma’naviy tahdidlarga, axborot xurujlarini ortishiga, ―ommaviy madaniyat va mafkuraviy
kurashlarning kuchayishiga sabab bo‘lmoqda. Dunyoda ayrim xalqlarning madaniyatidan, milliy
o‘zligidan
begonalashtirish
orqali
ularning
kelajagidan
mahrum
etishga
urinilmoqda.Insoniyatning ko‘p ming yillik tajribasi shundan dalolat beradiki, dunyodagi zo‘ravon
va tajovuzkor kuchlar qaysi bir xalq yoki mamlakatni o‘ziga tobe qilib, bo‘isundirmoqchi, uning
boyliklarini egallamoqchi bo‘lsa, avvalambor, uni qurolsizlantirishga, ya’ni eng buyuk boyligi
bo‘lmish milliy qadriyatlari, tarixi va ma’naviyatidan judo qilishga urinadi.
Binobarin, ma’naviyatga qarshi qaratilgan har qanday tahdid o‘z-o‘zidan mamlakat
xavfsizligini, uning milliy manfaatlarini, sog‘lom avlod kelajagini ta’minlash yo‘lidagi jiddiy
xatarlardan biriga aylanishi va oxir-oqibatda jamiyatni inqirozga olib kelishi mumkin.
Bu dunyoda tabiatda ham, jamiyatda ham bo‘shliq bo‘lmaydi. Qayerdadir bo‘shliq paydo
bo‘ldimi, hech shubhasiz, uni albatta kimdir to‘ldirishga harakat qiladi .
Ma’naviy tahdid deganda, avvalo, tili, dini, e’tiqodidan qat’i nazar, har qaysi odamning tom
ma’nodagi erkin inson bo‘lib yashashiga qarshi qaratilgan, uning aynan ruhiy dunyosini izdan
chiqarish maqsadini ko‘zda tutadigan mafkuraviy, g‘oyaviy va informatsion xurujlarni nazarda
tutish lozim .
Tarixdan ma’lumki, gegemon davlatlar bir xalqni o‘ziga tobe qilish uchun eng avvalo uni
o‘zligi, tarixi, madaniyati va ma’naviyatidan judo qilishga alohida e’tibor qaratishgan. Zero,
ma’naviy jihatdan zabt etilgan har qanday xalqni madaniy-ma’naviy taraqqiyotini bo‘g‘ib qo‘yish
istilochi, bosqinchi mamlakatlarning mustamlakachilik tartiblarini saqlab turish va
mustahkamlashning azaliy, tarix sinovidan o‘tgan an’anaviy usullaridan biri bo‘lib hisoblanadi.
Ayniqsa, dunyo miqyosida xalqaro terrorizm, ekstremizm, narkotrafik, diniy qarama-qarshilik,
noqonuniy migratsiya, odam savdosi, ekologik muammolar, ayrim mintaqalarda iqtisodiy
nochorlik, ishsizlik, qashshoqlik kuchayib borayotgani butun insoniyatni qattiq xavotirga
solmoqda.
Bu haqda fikr yuritganda Prezidentimiz Shavkat Mirziyoev qayd etganidek: “Ana shunday
o‘ta murakkab va qaltis sharoitda qanday yo‘l tutish, qanday qilib tinchlik va osoyishtalikni
saqlash, barqaror rivojlanishni ta’minlash mumkin, degan savol barchamizni jiddiy o‘ylantirishi
zarur”
59
, – deya bejiz ta’kidlamagan. Binobarin, bugungi kunda yoshlarimizni milliy
Vatanparvalik ruhida tarbiyalashda tariximizning ajralmas qismi ma’naviy merosimizni o‘rganish,
yosh avlodni ushbu madaniy boyligimiz qadr-qimmati, beqiyos ahamiyati, ularning nafaqat
millatimiz va jahon hamjamiyati tomonidan e’zozlanishini yoshlar ongiga singdirish orqali ularni
haqiqiy Yurti himoyachisi sifatida Vatanga daxldorlik hissi bilan yashashga da’vat etadi.
Axborot xurujlari milliy ma’naviyatimiz negizlariga qarshi qaratilganligi bilan xarakterlidir.
Yolg‘on va soxta axborotlarni tarqatish orqali fuqarolar onginimanipulyatsiya qilish yo‘li bilan
ularni milliy ma’naviy merosi va qadriyatlariga nisbatan qarashlarini o‘zgartirishga xarakat qilib,
mamlakatni ichidan zaiflashtirishga va beqarorlik keltirib chiqarishga urinishlar bo‘layotganligini
ta’kidlash lozim. Bundan tashqari mafkura soxosida ham kurashlar davom etmoqda. Turli xil
g‘oya va qarashlar o‘rtasida kurash hamon saqlanib qolmoqda. Bunda ―g‘oyaga qarshi g‘oya,
fikrga qarshi fikr bilan, jaholatga qarshi ma’rifat bilan javob berish orqali yovuz va tajavuzkor
g‘oyalarning oldini olish mumkin. Yoshlarda buning uchun mustaqil fikr va qarashlarni
shakllantirishga alohida e’tibor berish muhim ahamiyatga ega. Chunki fikri bor bo‘lsa, u fikr bilan
fikrni, g‘oya bilan g‘oyani farqiga bora oladi. Mafkuraviy kurashlarning kuchayishi yot va zararli
g‘oyalarning kirib kelishi fuqarolik jamiyati maqsadlariga va negizlariga to‘g‘ri kelmaydi. Yot va
zararli g‘oyalar milliy-ma’naviy qadriyatlarga ham uume’tirof etilgan demokratik qadriyatlarga
ham zid. U fuqarolarning huquq va erkinliklarini, insonni oliy qadriyat sifatida e’tirof etish
maqsadlariga mutlaqo zid. Bu fuqarolarning davlat va jamiyat boshqaruvida faol ishtirok etishi
kabi maqsadlarni amalga oshirish bunday yovuz g‘oyalarni oldini olishni taqozo etadi. Hozirgi
dunyoda ―ommaviy madaniyat ko‘rinishidagi turli xil zararli g‘oyalar va axloqsizlik
ko‘rinishlarini axloq deb hisoblashga bo‘lgan urinishlar umume’tirof etilgan axloqiy normalarga,
xulq-atvor prinsiplariga zidligi bilan hamfuqarolik jamiyati maqsadlariga, ozod va erkin shaxs
ma’naviyatiga to‘g‘ri kelmaydi. Globallashuv davridagi bunday soxta va bir tomonlama
mafkuraviy hurujlar va axborot ko‘rinishlarini tarqatishga urinish ma’naviyatimizga tahdid
ekanligini hisobga olish lozim. Bunday zararli g‘oyalarga nisbatan befarq qarab bo‘lmaydi.
Prezidentimiz I.Karimov ta’kidlaganidek, ―barchamizga ayon bo‘lishi kerakki, qayerdaki
beparvolik va loqaydlik hukm sursa, eng dolzarb masalalar o‘zibo‘larchilikka tashlab qo‘iilsa,
o‘sha yerda ma’naviyat eng ojiz va zaif nuqtaga aylanadi. Va aksincha — qayerda hushyorlik va
jonkuyarlik, yuksak aql-idrok va tafakkur hukmron bo‘lsa, o‘sha yerda ma’naviyat qudratli kuchga
aylanadi .
Globallashuv davrida ma’naviy tahdidlarning oldini olish mamlakatimizda belgilangan
fuqarolik jamiyatini rivojlantirish maqsadalariga to‘g‘ri keladi. Bunda fuqarolarning yuksak
ma’naviyatini shakllantirish orqali ularning milliy-ma’naviy qadriyatlariga, tarixiy merosimizga,
demokratik qadriyatlarga bo‘lgan ishonch va e’tiqodini mustahkamlash orqali zararli g‘oyalarning
oldini olish mumkin.
Xulosa o‘rnida aytish mumkinki, yuksak ma’naviyat va Daxldorlik hissi ma’naviyatni inson
va jamiyat hayotida, fuqarolik jamiyati qurilishi maqsad va vazifalarini tushunishda muhim
nazariy va amaliy ahamiyatga ega. Yuksak ma’naviyat va fuqarolik jamiyatining o‘zaro
bog‘liqligini quyidagi yo‘nalishlar orqali ko‘rish mumkin:
59
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2017 yil 15 iyunda Toshkent shahrida “Ijtimoiy
barqarorlikni ta’minlash, muqaddas dinimizning sofligini asrash – davr talabi» mavzusidagi anjumanda so‘zlagan
nutqi. Adolat 2017 yil. № 24. B.1-2-3
1) Ma’naviyat insonga xos xususiyat, ma’naviyatni tushunish uchun insonni bilish
zarur;
2) Insonning ma’naviyat darajasi uning Daxldorlik hissini belgilaydi. Insonning
ma’naviyati hamda Daxldorlik hissi qancha yuqori bo‘lsa, uning fuqarolik jamiyati
mas’uliyatini, maqsad va vazifalarini tushunishi hamda ishtiroki shuncha yuqori
bo‘ladi;
3) Inson ma’naviyatli va Daxldorlik hissi yuqori bo‘lsa, milliyma’naviy meros va
qadriyatlarni hurmat qiladi, unga sodiq bo‘ladi. Bu fuqarolik jamiyati uchun muhim
negizdir;
4) Insonning qonunlarni hurmat qilishi, amal qilib, uning ijrosini
ta’minlashi
ham yuksak
ma’naviyatihamda Daxldorlik hissimezonidir;
5) Milliy g‘oya maqsadlari bilan fuqarolik jamiyati maqsadlari mushtarak;
6) Yuksak ma’naviyatli shaxs ozod va erkin shaxs ma’naviyatidir. Ozod va erkin shaxs
esa fuqarolik jamiyatiningfaol ishtirokchidir, bunyodkordir;
7) Ma’naviy tahdidlar – insonning o‘zligiga, ma’naviyatiga tahdiddir. Shuning uchun
ham insonni uning har qanday ko‘rinishidan himoya
qilish fuqarolik
jamiyati
rivojlanishining
ustuvor
maqsadlariga
to‘g‘ri
keladi.
Daxldorlik hissining yuqori bo‘lishi insonlarga xos muhim fazilatdir.
Dostları ilə paylaş: |