5-ilova O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning Davlat xokimiyati idoralarining xalq uchun ishlashi - demokratik taraqqiyot talabi ekanligi haqidagi fikrlari.
“…avvalambor, qonun loyihalarini puxta va ijtimoiy munosabatlarni to`g`ridan- to`g`ri tartibga
soladigan darajada ishlab chiqish, ayniqsa, idoraviy hujjatlarni keskin qisqartirish zarur, deb hisoblayman.”
(Mirziyoyev Sh. M Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., “O`zbekiston”, 2017 9-bet) “Yangi qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarning asosiy ma’nosini aholiga yetkazish bo`yicha
samarali mexanizm yaratish kerak”
(Mirziyoyev Sh. M Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., “O`zbekiston”, 2017 10-bet) “Sudlarda ishlarni ko`rish sifatini oshirish, ayniqsa, fuqarolik ishlarida ovora bo`lib yurishlarning
oldini olish, aynan bir instantsiya sudida ishni bir necha marotaba ko`rib turli qarorlar qabul qilish
amaliyotiga chek qo`yish vaqti keldi”
(Mirziyoyev Sh. M Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., “O`zbekiston”, 2017 11-bet) “Huquqni muhofaza qiluvchi organlarning o`zlari tomonidan qonunni buzish bilan bog`liq har qanday
holatga prinsipial baho beriladi va qat’iy chora ko`riladi. Bunga hech kimda shubha bo`lmasligi kerak. …
Bularning barchasi, o`z navbatida, inson huquq va manfaatlarini ishonchli himoya qilish tizimini
takomillashtirishga, xalqimizning davlat hokimiyatiga bo`lgan ishonchini yanada mustahkamlashga xizmat
qiladi”.
(Mirziyoyev Sh. M Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta’minlash – yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T., “O`zbekiston”, 2017 12-bet) “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak va bu haqiqatni