***************************************************************
Biz milliy g‘oya, milliy mafkura nima uchun, kim uchun kerak, uning ma'no-mohiyati nimadan iborat,
degan muhim masalaga yana bir bor oydinlik kiritib olishimiz darkor.
I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy va
ijodiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq, 2000yil 6 aprel» «Ozod va obod vatan,
erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 464 b.
***************************************************************
Milliy g‘oya davlatimiz, jamiyatimiz, xalqimizning yuksalishi yo‘lida, buyuk kelajak barpo etishdek ezgu
maqsadga erishish va jahon hamjamiyatida o‘zimizga munosib obro‘-e'tibor topishimizda birlashtiruvchi
kuch, qanot bo‘lishi shart.
I.A.Karimov. «Milliy istiqlol mafkurasi konsepsiyasining asosiy tamoyillariga bag'ishlab ilmiy va
ijodiy jamoatchilik vakillari bilan uchrashuvda so‘zlangan nutq, 2000yil 6 aprel» «Ozod va obod vatan,
erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz» T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 472 b.
***************************************************************
Mana shunday ozod kunlarda bilib-bilmay yo‘ldan toyib, ya'ni kuppa-kunduzi yo‘lini yo‘qotib, yot ellarda
chalinayotgan nog'oraga o‘ynab yurgan ayrim yoshlarning ko‘zini ochishda milliy mafkuramiz muhim
o‘rin tutishi shubhasiz. Chunki milliy mafkura – bu xalqning, millatning o‘tda yonmaydigan suvda
cho‘kmaydigan o‘lmas e'tiqodidir.
I.A.Karimov. Milliy istiqlol mafkurasi-xalq e'tiqodi va buyuk kelajakka ishonchdir. «Fidokor»
gazetasi muhbiri savollariga javoblar. «Ozod va obod vatan, erkin va farovon hayot-pirovard maqsadimiz»
T.8. T., « O‘zbekiston» 2000 yil. 507 b.
***************************************************************
Men xalqni birlashtiruvchi, yuksak maqsadlar sari chorlovchi mafkura – milliy g‘oyaning jamiyat
hayotidagi ahamiyati to‘g'risida ilgari ham qayta-qayta aytib o‘tganman. Biz uning mazmun-mohiyati,
ufqlarini umumiy tarzda belgilab oldik.
I.A.Karimov Hushyorlikka da'vat. O‘zbekiston Milliy axborot agentligi muxbirining savollariga
javoblar, 1999 yil iyun. «Ozod va obod vatan, erkin va farvon hayot-pirovard maqsadimiz». T.8. T.,
«O‘zbekiston» 2000 yil. 28 b.
***************************************************************
Dostları ilə paylaş: