O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə191/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

 
2-ilova.  
Milliy g‘oya shakllanishida zardo‘shtiylik dini g‘oyalarning o‘rni 
Millatimizga  xos  ilk  g‘oyalar  zardo‘shtiylik  tarzidagi  diniy-falsafiy  ta'limot  sifatida  shakllangan. 
Uning  g‘oyalari  bilan  bog'liq  qadriyatlar  bugungi  kungacha  yashab  kelmoqda  va  xalqimiz  turmush 
tarzining  o‘ziga  xos  xususiyatlarini  belgilashda  nafaqat  ulkan  ma'naviy-ma'rifiy  meros,  shu  bilan  birga, 
xalqimizning  ma'naviy-ruhiy  tiklanishi  va  qadriyatlarimizni  asrab-avaylashning  negizi  hamdir. 
Zardo‘shtiylikning asosi bo‘lgan “Avesto” kitobida qadimgi xalqlarning dunyo to‘g'risidagi tasavvurlari, 
o‘ziga xos ijtimoiy, siyosiy, ma'naviy g‘oyalar aks etgan. Ularning asosini olamning azaliy qarama-qarshi 
kuchlari — yaxshilik va  yomonlik,  yorug'lik  va  zulmat orasidagi ziddiyatga asoslangan  g‘oyalar tashkil 
qilib, ezgu fikr, ezgu so‘z va ezgu amal kabilar bu dinning ustuvor tushunchalaridir. Ushbu g‘oyalarda erli 
xalqlarni birlashishga da'vat etuvchi yuksak vatanparvarlikni tarbiyalaydigan fikrlar mujassam bo‘lib, ular 
shu zamin farzandlari uchun g'urur, o‘zlikni anglash va kuch-qudrat timsolidir. 
“Avesto”da nafaqat Zardo‘sht ta'limoti, balki unda o‘sha davrning eng asosiy g‘oyalari xamda bu 
g‘oyalarga tayanib yozilgan qo‘shiklar, hikoyat va rivoyatlar jamlangan. Bir necha kitobdan iborat bo‘lgan 
“Avesto”  jamiyat  va  inson  hayotining  barcha  sohalaridagi  g‘oyalarni  umumlashtirgan,  mintaqamiz 
xalqlarining  ular  asosida  shakllangan  yashash  va  hayot  kechirish  qonun-qoidalarini  o‘zida  ifodalagan. 
Jumladan, unda quyidagi g‘oyalar aks etgan: 
-Mol-dunyoga  hirs  qo‘yma,  ochko‘z  bo‘lma.  Dunyo  (boylikka)  hirs  qo‘yish  dunyo  lazzatlarini 
bemaza, bexalovat qiladi. Samoviy abadiy lazzatlardan mahrum etadi. 
-G'azabdan o‘zingni asra, chunki g'azab tufayli inson o‘z ishlarini, ezgu maqsadlarini unutadi... Halol 
mehnatdan qoladi. G'azab tufayli hayotda halovat yo‘qoladi, safo (xursandchilik kayfiyati) o‘ladi. 
-Uyquga ruju qo‘yma, savob ishdan qolasan. 
-Sergaplik  gunohlarni  ko‘paytiradi.  Kamsuxanlik  ezguliklarni  ko‘paytiradi.  Chunki  kamsuxanlik 
fikrlab so‘zlashga imkon beradi.  
Yurtimizni miloddan oldingi  IV asrda zabt etgan makedoniyalik Aleksandr “Avesto”ning birgina 
nusxasini qisman (tibbiyot, falakiyot, falsafa, adabiyot) saqlab qolib, uni o‘rganish uchun ustozi Aristotelga 
yuborgan, qolgan nusxalarini esa yo‘qotishni buyurgan. Bu haqida Abu Rayhon Beruniy shunday yozadi: 


“Yilnoma kitoblarida bunday deyilgan: podshoh Doro ibn Doro xazinasida (Abistoning) 12 ming qoramol 
terisiga  tillo  bilan  bitilgan  bir  nusxasi  bor  edi.  Iskandar  otashxonalarni  vayron  qilib,  ularda  xizmat 
etuvchilarni o‘ldirgan vaqtda uni kuydirib yubordi. Shuning uchun o‘sha vaqtda Abistoning beshdan uchi 
yo‘qolib  ketdi”.  Ba'zilar  Aleksandr  “Avesto”  tilini  bilmagani,  uning  mohiyatini  tushunmagani  uchun 
kitobning  qadriga  etmagan  va  yo‘q  qilishni  buyurgan,  degan  haqiqatdan  yiroq  fikrni  bayon  qiladi. 
Haligacha  teran  fikrlari  bilan  jahon  ahlini  lol  qoldirib  kelayotgan  mashhur  faylasuf  Aristoteldek  buyuk 
tafakkur sohibidan ta'lim-tarbiya olgan Aleksandr kitobning qadrini tushunmaganiga ishonib bo‘ladimi? U 
shunchalik savodsiz kishi bo‘lganmi? Yo‘q, albatta. Aleksandr kitob nima ekanini, unda aks etgan g‘oyalar 
odamlarga kanday ta'sir ko‘rsatishi mumkinligini yaxshi bilgan. Shu bilan birga, u  o‘z qo‘shiniga qattiq 
qarshilik  ko‘rsatgan  yurtimiz  xalqlarining  g‘oyalari  “Avesto”da  o‘z  ifodasini  topganini,  o‘sha  davrdagi 
avlod-ajdodlarimizning istibdodga bosh egmasdan, kitobdagi ushbu g‘oyalarga tayangan holda, tez orada 
yana  istiqlol  uchun  kurashga  chiqishini  nihoyatda  yaxshi  tushungan.  Xullas,  Turonzamin  xalqlarini  o‘z 
ajdodlari  qoldirgan  ezgu  g‘oyalardan  bebahra  qilish,  tafakkurini  qaramlikda  saqlashning  eng  yaxshi  va 
maqbul yo‘li — uni o‘zligidan judo etish, g'aflatda saqlash, tarixini unutishga maxkum qilish orqali amalga 
oshirilishini yaxshi bilgan jahongir Aleksandr “Avesto”ni yo‘q qilishga urinishi tabiiy edi. Keyinchalik 
boshqa jahon fotihlari ham ana shunga o‘xshash yo‘llardan borgani bu fikrni isbotlaydi. “Avesto” miloddan 
avvalgi  XIII  asrdan  to  milodning  IV  gacha  bo‘lgan  tarixiy  voqealarni  o‘zida  aks  ettirgani  uchun  milliy 
g‘oyalarni asrab-avaylash, xalqni jipslashtirish, uni ma'naviy yuksaklikka da'vat etish, odamlar  o‘rtasida 
mehr-oqibatni mustahkamlash va milliy an'analarni saqlab qolishda muhim ahamiyat kasb etgan . “Avesto” 
o‘sha  davrdagi  ustuvor  huquqiy  va  ahloqiy  g‘oyalar,  ma'budlar  sha'niga  aytilgan  madhiyalar,  dastlabki 
yakkaxudolik  dinining  asosiy  aqidalarini,  yaratuvchanlik,  mehnatsevarlik,  yaxshilik,  bag'rikenglik, 
davlatchilik g‘oyalarini o‘zida jamlagan muqaddas manba hisoblanadi.  
Mustaqillik davrida “Avesto”ga munosabat tubdan o‘zgardi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov 
o‘zining “Adolatli jamiyat sari” asarida “Bu nodir kitob bundan 30 asr muqaddam ikki daryo oralig'ida, 
mana  shu  zaminda  umrguzaronlik  qilgan  ajdodlarimizning  biz  avlodlarga  qoldirgan  ma'naviy,  tarixiy 
merosidir”, - deb baho bergan edi. O‘zbekiston hukumati tashabbusi bilan YUNESKO Bosh konferensiyasi 
30-sessiyasi “Avesto” yaratilishining 2700 yilligini dunyo miqyosida nishonlash haqida qaror qabul qildi 
(1999, noyabr).  O‘zbekiston  Respublikasi Vazirlar Mahkamasining  2000  yil 29 martdagi  maxsus  qarori 
bilan 2001 yil noyabr oyida “Avesto” kitobining 2700 yilligi xalqaro miqyosda keng nishonlandi. 
 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   187   188   189   190   191   192   193   194   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin