O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
2. Dualizm. Dualizm Sharqning diniy-falsafiy qarashlari doirasida keng tarqalgan.
Zardushtiylikning muqaddas kitobi bo‘lmish "Avesto"da tiriklikning ma’no-mazmuni azaldan
ikki mavjudot - Ahura Mazda va Ahriman (Anxra - Manyu) o‘rtasidagi, yaxshilik, ezgulik,
yoruglik bilan yomonlik, qorong‘ulik, zulmat o‘rtasidagi kurashdan iborat, deb qayd kilingani
fikrimizning dalili bo‘la oladi. Bu xildagi qarashlar Markaziy Osiyoda islom dini qaror topguniga
qadar ham ustuvor bo‘lib kelgan.
Markaziy Osiyo panteizmi olamning yaratuvchisi Allox, lekin tabiat rivoji o‘z-o‘zidan
sodir bo‘ladi, degan g‘oyani qayd qiladi. Shuning uchun xam, Markaziy Osiyo Uyg‘onish
davrining mutafakkirlari tabiiy bilimlarni ham, islomiy bilimlarni ham chuqur o‘rganishga harakat
qilganlar. Yangi zamon falsafasida R. Dekart olamning asosini ham moddiy, ham ruqiy
substansiya tashkil kiladi, deb talqin qilgan. U borliqni fikrlovchi substansiya (ruh) va materiyaga
bo‘ladi. Shundan kelib chiqqan holda, Dekart bu ikki substansiyaning inson uchun ahamiyati
masalasini hal qiladi. Bunga ko‘ra, psixologik va fiziologik hodisalar bir-biriga bog‘liq emas.
Dualizm terminini nemis faylasufi X.Volf (1679-1754) kiritgan.