O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)
Sinfiy g‘oyalar. Sinfiy g‘oyalar deb biron-bir sinfning jamiyat hayotida o‘tgan o‘rnini, uning maqsad-muddaolarini ifodalaydigan fikrlar majmuiga aytiladi. Sinfiy g‘oyalarning
maqsadi, mazmuni, shakli va uni amalga oshirish yo‘llari asosan muayyan sinfning yetakchi
tashkiloti bo‘lmish siyosiy partiyalarning nizomlarida belgilab qo‘yilgan bo‘ladi.
Sinfiy g‘oyalar muayyan bir xalq ommasini ma’lum tarixiy sharoitda harakatga
undayotgan bir sharoitda umuminsoniy bo‘lishi ham yoki tor manfaatlarni ko‘zlaydigan g‘oya
sifatida jamiyat va inson manfaatlariga zid bo‘lishi ham mumkin. Sobiq SSSRda hukmron bo‘lgan
KPSSning sinfiy kurash g‘oyasi asosida, ya’ni ishchi va kambag‘al dehqonlarga dushman sinf
sifatida o‘ziga to‘q dehqonlarni yo‘q kilish maqsadida "kuloqlashtirish" siyosatini olib borganligi
buning yaqqol misoli bo‘ladi.