g‘oyasiga tayanadi. Bu g‘oya beboshlik va tartibsizlikka olib boradi, taraqqiyot yo‘lidan
adashtiradi.
Shuning uchun u reaksion, ya’ni vayronkor mohiyatga ega.
Anarxizm g‘oyalari K.Shmidt (1806-1856), J.Prudon (1809-1865), M.Bakunin
(1814-1876), P.Kropotkin (1842-1921) kabilar qarashlarida ilgari surilgan bo‘lib, individualizm,
subyektivizm, volyuntarizmni mutlaqlashtirishga asoslanadi.
Anarxistik induvidualizm g‘oyasining xavfli tomoni shundaki, u kishilarni
boshqalarning manfaatlari bilan hisoblashmaslikka, ijtimoiy qadriyatlarni mensimaslikka, fakat
o‘z shaxsiy manfaatini o‘ylab yashashga chaqiradi. Bunday g‘oya doirasida boshkalarga
muayyan maqsadga erishish uchun vosita sifatida qaraladi. Anarxizm g‘oyalari o‘tgan asrning
20-yillarigacha Rossiyada, 30-yillarda Ispaniyada sezilarli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan hamda
kommunistik va fashistik diktaturalarga turtki bergan bo‘lsa, Ikkinchi jahon urushidan so‘ng
ba’zi Osiyo va Lotin Amerikasi
mamlakatlarida tarqalib, diktatorlik tartibining yuzaga kelishida
o‘z ta’sirini ko‘rsatdi.
Anarxizmning buzg‘unchi g‘oyalari hozirda ham jahondagi turli siyosiy kuchlar,
guruh va harakatlar (anarxo-sindikalistlar, anarxo-terrorchilar, anarxo-kommunistlar, yangi
so‘llar kabilar) uchun oziq berib kelmoqda. Ular qanday shaklda (tartibsizlik, zo‘ravonlik va shu
kabilar tarzida) bo‘lmasin, milliy va umumbashariy qadriyatlarga yot ekanini chuqur anglagan
holda, ularga qarshi kurashish har bir taraqqiyparvar va hurfikrli shaxsning fuqarolik burchidir
26
.
Dostları ilə paylaş: