O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti



Yüklə 1,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/223
tarix02.01.2022
ölçüsü1,54 Mb.
#46809
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   223
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t (1)

“Korrupsiyaga qarshi kurashish 
to‘g‘risida”gi Qonuni qabul qilindi. Qonunning 3-moddasida asosiy tushunchalar berilgan bo‘lib, 
unda  korrupsiya,  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarlik  va  manfaatlar  to‘qnashuviga  doir 
tushunchalarga  ta’rif  berilib,  bular,  o‘z  navbatida,  fuqarolarga  korrupsiya,  korrupsiyaga  oid 
huquqbuzarlikning nima ekanligi va ularning salbiy illat ekanligi haqida ma’lumot beradi. 
Qonunning  5-moddasida  esa  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasidagi  davlat 
siyosatining asosiy yo‘nalishlari ko‘rsatib o‘tilgan bo‘lib, ular: aholining huquqiy ongi va huquqiy 
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, 
davlat va jamiyat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni 


amalga oshirish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni o‘z vaqtida aniqlash, ularga chek qo‘yish, 
ularning  oqibatlarini,  unga  imkon  beruvchi  sabablar  va  shart-sharoitlarni  bartaraf  etish, 
korrupsiyaga oid huquqbuzarliklarni sodir etganlik uchun javobgarlikning muqarrarligi prinsipini 
ta’minlashdan iboratdir. 
O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksida javobgarlik belgilangan quyidagi ijtimoiy 
xavfli  qilmishlar  korrupsiyaviy  jinoyatlar  hisoblanadi:  Masalan,  o‘zlashtirish  yoki  rastrata  yo‘li 
bilan talon-toroj qilish, jinoiy  yo‘l bilan topilgan mulkni olish  yoki o‘tkazish, budjet intizomini 
buzish,  hokimiyat  yoki  mansab  vakolatini  suiiste’mol  qilish,  hokimiyat  yoki  mansab  vakolati 
doirasidan  chetga  chiqish,  hokimiyat  harakatsizligi,  pora  olish,  pora  berish;  pora  olish-berishda 
vositachilik qilish, xizmatchini pora evaziga og‘dirish, tovlamachilik yo‘li bilan haq berishni talab 
qilish,  qiynoqqa  solish  va  boshqa  shafqatsiz,  g‘ayriinsoniy  yoki  qadr-qimmatni  kamsituvchi 
muomala hamda jazo turlarini qo‘llash, tergov qilishga yoki sud ishlarini hal etishga aralashish, 
yolg‘on  guvohlik  berish,  jinoiy  faoliyatdan  olingan  daromadlarni  legallashtirish,  hokimiyatni 
suiiste’mol  qilish,  hokimiyat  vakolatidan  tashqariga  chiqish  yoki  hokimiyat  harakatsizligi  va 
hokazolar. 
“Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risida”gi  Qonunning  muhim  ahamiyatli  jihati 
shundaki,  unda  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  faoliyatni  bevosita  amalga  oshiruvchi 
davlat  organlari  haqida  ma’lumot  berilib,  O‘zbekiston  Respublikasi  Bosh  prokuraturasi,  Milliy 
xavfsizlik  xizmati,  Ichki  ishlar  vazirligi,  Adliya  vazirligi,  Bosh  prokuratura  huzuridagi  Soliq, 
valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, 
korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  faoliyatni  qonun  hujjatlariga  muvofiq  boshqa  davlat 
organlari ham amalga oshirishlari nazarda tutilgan. 
Darhaqiqat,  korrupsiyaga  qarshi  kurashishda  aholining  huquqiy  ongi  va  huquqiy 
madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish, 
davlat  organlari  va  boshqa  tashkilotlar  xodimlarining  huquqiy  savodxonligini  oshirish,  ta’lim 
muassasalarida  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  sohasidagi  huquqiy  ta’lim  va  tarbiya  masalalari 
Qonunning  16,  17,  18-moddalarida  o‘z  ifodasini  topgan.  Chunki  huquqiy  ong  va  huquqiy 
madaniyati yuksak bo‘lgan va huquqiy ta’lim va tarbiya jihatdan yetuk bo‘lgan insonlar salbiy illat 
bo‘lmish korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaydilar. 
Ushbu  Qonunning  yana  o‘ziga  xosligi,  Qonunning  5-bobida  korrupsiyaga  oid 
huquqbuzarliklarni aniqlash, ularga chek qo‘yish, javobgarlikning muqarrarligi nazarda tutilgan. 
Haqiqatan ham, ushbu Qonun davlat va jamiyat taraqqiyotiga salbiy ta’sir etuvchi mazkur 
illatga qarshi kurashishning huquqiy mexanizmi sifatida xizmat qiladi. 
O‘zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  2017  yil  2  fevraldagi  PQ-2752-sonli  
«Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida»gi Qonunni qoidalarining samarali ijrosini ta’minlash, 
jamiyat va davlat hayotining barcha sohalarida korrupsiyaning oldini olishga doir chora-tadbirlarni 
o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish maqsadida Qaror qabul qilindi.
 
Korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  respublika  idoralararo  komissiyasining  asosiy 
vazifalari quyidagilardan iborat: 
-  korrupsiyaga qarshi kurashish sohasidagi davlat dasturlarining va boshqa dasturlarning 
ishlab chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; 
-  korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha faoliyatni amalga oshiruvchi va unda ishtirok 
etuvchi organlar hamda tashkilotlarning faoliyatini  muvofiqlashtirish va hamkorligini 
ta’minlash; 
-  aholining huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini yuksaltirishga, jamiyatda korrupsiyaga 
nisbatan  murosasiz  munosabatni  shakllantirishga  doir  chora-tadbirlarning  ishlab 
chiqilishi hamda amalga oshirilishini tashkil etish; 
-  korrupsiyaga  oid  huquqbuzarliklarning  oldini  olishga,  ularni  aniqlashga,  ularga  chek 
qo‘yishga, ularning oqibatlarini, shuningdek ularga imkon beruvchi sabablar va shart-
sharoitlarni bartaraf etishga doir chora-tadbirlar samaradorligi oshirilishini ta’minlash; 
-  korrupsiyaning  holati  va  tendensiyalari  to‘g‘risidagi  axborotni  yig‘ish  hamda  tahlil 
etish; 


-  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  chora-tadbirlar  amalga  oshirilishi  yuzasidan 
monitoringni  amalga  oshirish,  ushbu  sohadagi  mavjud  tashkiliy-amaliy  va  huquqiy 
mexanizmlarning samaradorligini baholash; 
-  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  to‘g‘risidagi  qonun  hujjatlarini  takomillashtirish  va 
ushbu sohadagi ishlarni yaxshilash yuzasidan takliflar tayyorlash
-  korrupsiyaga  qarshi  kurashish  bo‘yicha  hududiy  idoralararo  komissiyalar  faoliyatini 
muvofiqlashtirish. 
Yuqoridagilarga muxtasar qilib Prezidentimiz Sh.M.Mirziyoyevning Farg‘ona viloyatiga 
amalga oshirgan tashrifi chog‘ida o‘tkazilgan yig‘ilishda soliqchilarni mas’uliyatsizligi, fidoiylik 
qilmasligi haqida tanqid qilib aytgan quyidagi so‘zlarini keltirish mumkin: “Qani budjetning puli? 
Hammasi  cho‘ntakka  ketyapti.  3  yil  ham  ishlamasdan,  4  qavatli  uy  qurasan  hammang,  20  ta 
mashina olasan. Qayerdan bular? Oylikdan olasanmi? Sal insofli bo‘l! O‘g‘ri bo‘l, insofli bo‘l”. 
 

Yüklə 1,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   223




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin