O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə217/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

QIZIQARLI MARKETING

Qiziqarli savollar-1



  1. Tijoratda raqobatga qarshi uchta asosiy va qudratli qurol bor: 1) sifat; 2) narx; 3-nima?

  2. O‘zbekiston qonunchiligida uning to‘rt turi belgilangan — oddiy, qiyosiy, noto‘g‘ri, yashirin.

Savol: gap nima haqida ketmoqda?

  1. Ushbu pullarni nima birlashtiradi – vona, austral, lira, yuan, to‘g‘rik, afg‘oni?


  2. Bu ikkala o‘zaro raqobatchi kompaniyaning qishloq xo‘jaligiga hech qanday aloqasi yo‘q. Lekin ulardan ikkovi ham o‘z ramzlarida qishloq xo‘jaligining yirik sohalari bilan bog‘liq narsalarni o‘zlariga ramz qilib olishgan. Ulardan biri qishloq xo‘jaligi sohalaridan birining eng asosiy mahsulotlaridan birini o‘z ramziga tushirgan bo‘lsa, ikkinchisi qishloq xo‘jaligining yana bir sohasining asosiy mahsulotini yaratuvchilarini o‘ziga ramz qilib olgan. Shu kompaniyalarning nomini ayting.

  3. Oskar Uayld shunday yozgan: “Jamiyatning pul haqida boylardan ham ko‘proq o‘ylovchi faqat bitta sinf bor, bu ulardir”. Savol: ular kimlar?

  4. Genri Ford “Model-T” deb nomlangan avtomobillarini asosan qora rangga bo‘yab sotgan. Savol: nima uchun?

  5. Genri Ford korxonadagi ishchilarini kam maoshga shukur qilib, sidqidildan ishlashlari uchun ularga navbati bilan bir yumushni bajartirgan. Agar o‘sha davrlardagi iqtisodiy holatni bilsangiz, aytingchi bu qanday yumush?

  6. 1940- yillarda Ford kompaniyasi avtomobillarga signalizatsiya o‘rnatib sota boshladi. Lekin signalizatsiyaga talab sezilarli bo‘lmadi. Buning ikkita asosiy sababi bor edi. Birinchisi-o‘g‘rilarning kamligi. Fordni bilgan holda 2-sababini siz ayting.

  7. Genri Ford 1916-yilda o‘z kompaniyasini davlat tasarrufidagi kompaniya, deb e’lon qiladi. Savol: shundan so‘ng kompaniya qanday texnikalar ishlab chiqargan?

  8. Savolda ortiqchasini toping: aka-uka Lumyerlar, Genri Ford, Tomas Edison, Aleksandr Bell, Alfred Nobel.

Javoblar:

1.Reklama. 2. Reklama.



  1. VALUTA izoh: bosh harflar o‘qilsin.

  2. UMS-tuxum, BEELINE- asalari!

  3. Kambag‘allar!

  4. U arzon narxdagi mashinalar ishlab chiqarishga intilgan. Qora rang eng arzon rang hisoblangan.

  5. Deraza oynasini arttirgan. Chunki ishsizlar eshik oldida qator bo‘lib turishgan.

  6. Signalizatsiya mashinani qimmatlashtirgan.

  7. Harbiy texnikalar.

  8. Genre Ford. Qolganlar ixtirochilar. Ford esa avtomobil targ‘ibotchisi.



Qiziqarli savollar-2

1.Marketologlarning aytishlaricha bu uch so‘zdan iborat yozuv ko‘pgina mashhur firmalarning ashaddiy kushandasi ekan. Savol: yozuvni aniq talaffuz qiling.



  1. «BARSELONA» futbol klubining rahbariyati futbolchilarning maydondagi samarali faoliyatini ta’minlash uchun erkaklarga xos bo‘lmagan bir xizmat ko‘rsatish bo‘limini tashkil etgan.

Savol: bu erkaklar uchun qanday noodatiy bo‘lim bo‘lishi mumkin?

  1. Savol: Familiyasi Tven bo‘lgan mashhur adib ismi + “go‘sht” so‘zining sinonimi + ingliz tilida “Davom” zamonining qo‘shimchasi =”........” Bu qaysi so‘z ?

  2. Gitler hukmronligi davrida Germaniyada Coca-cola ichimligi qat’iyan taqiqlanadi. Shundan so‘ng nemislar fantaziyasidan kelib chiqib. U kashf etiladi. Savol: uni toping?

  3. Quyidagi ro‘yxatni o‘qing: fotokamera, videokamera, uyali telefon. Marketloglarning aytishi bo‘yicha aynan ro‘yxatdagilar bo‘yicha eng ko‘p X (iks) sotuv usuli qo‘llanilar ekan. Savol: qanday sotuv usuli yoki X (iks)ni toping?

  4. “Kung Fu Panda“ multfilmida Pandaning otasi, o‘rdak, oshxonasida bir marketing rejasi qo‘llagani keltiriladi. Savol: marketing rejasining asosini o‘zbekchada ayting.

  5. Mikelanjelo yoshligidan juda mohir haykaltarosh bo‘lgan. U haykallarini juda ishonchli qilib yasagan, shuning uchun haykallarini xaridorlarga qimmat narxda bir hiyla ishlatib sotgan. Savol: qanday hiyla?

  6. Yaqinda ilk nashr etila boshlangan bir gazeta muharrirlari o‘z gazetalarining qo‘lma-qo‘l bo‘lishini ta’minlash uchun bir ish qilishdi.

Savol: ular nima qilishgan?

  1. Poyga uyushtiramiz: kim birinchi bo‘lib menga “baqiradi”?!

Javoblar :

  1. MADE IN CHINA.

  2. PEDIKYUR.

  3. MARK + ET + ING = MARKETING!

  4. FANTA.

  5. O‘sha tovarga taalluqli biror jihozni tekinga qo‘shib sotish.

  6. “Sirli qayla”.

  7. “Antik davrga tegishli haykallar” deb sotgan.

  8. Gazetalarni tekin tarqatishgan.

  9. Reklama!!!



Qiziqarli savollar-3



  1. Marketing darsligida keltirilishicha tovarning bozorga sinmasdan kirish ehtimoli aynan shunchaga teng ekan. Savol: qanchaga?

  2. Turistik agentliklar mijozlarni jalb qilish uchun: «Sharqdan G‘arbgacha sayohat» kabi reklama brendlari ostida ishlashadi. Germaniyadagi eng nufuzli turistik agentliklardan biri «MisrdanKiprgacha» degan xitob bilan firma ish ko‘lami kengligini bildirmoqchi bo‘ladi. Misr bilan Kipr orasi uncha uzoq emas, buning ustiga iqlimi, tabiatida ham uncha katta farq yo‘q. Savol: nega turistik firma bu reklama brendini ishlatgan?

  3. Bilasizki, Shvetsariya soatlari bilan ham mashhur. Shvatseriyalik soatsozlar soatlarga ertalabki vaqtda tob berishni maslahat berishadi. Menga qolsa bu maslahatga ishonmang degan bo‘lar edim. Savol: nima uchun bunday maslahat berishadi?

  4. 50-60-yillarda Yevropada bir mikser ishlab chiqaruvchi kompaniya, insonlar imijlarini o‘rgangan holda o‘sha davr uchun yangi bo‘lgan bir elektron moslama ishlab chiqaradi. Savol: o‘sha davrlarni esga olingda ayting qanday moslama?

  5. Devid Bekhemning “MY SIDE” nomli avtobiografik kitobi nashr qilindi. Nashriyot bu kitobning ommalashishini bilib, u bilan 3 mln 60 ming funt sterlingga shartnoma tuzadi. Savol nima uchun aynan shuncha summaga shartnoma tuzilgan?

  6. 1879 – yilda Nobellar oilasi Markaziy Osiyoga tashrif buyurdi. Emmanuel va Gustav Nobellar Farg‘onada neft qazib chiqarishni yo‘lga qo‘yishdi. Ularning tashrifi bois yana bir qulaylik yaratildi. Savol:

1880-yillarda Nobel firmasi yana qanday yangilikka asos soldi?

  1. O‘zbekiston qonunchiligiga muvofiq bunday turdagi mahsulotlarning har qanday reklamasi qattiq taqiqlangan. Savol: qaysi turdagi mahsulotlar?

  2. XIX asrning 2- yarmidan boshlab Yevropa gazetalarida asarlar chop etila boshlangan. Aynan shu davrdan boshlab gazetalarda biz doim duch keladigan uch so‘zdan iborat gap ham urf bo‘lgan. Savol: qaysi gap?

  3. Makeyavellining “Boshqaruvchi” asarida: “Iqtisodiyotga buxgalterlar emas, ular kerak” deyilgan. Ular shug‘ullanadigan asosiy fan ehtimollar nazariyasi fanidir. Savol: ularni toping.

  4. 1970-yillardagi Budapesht shahri. Shahar kafelarida qiziq holatni kuzatish mumkin. Aniqrog‘i, menyuda. Xuddi shu menyuda bir dona sosiska 6 pul birligi. Xuddi shu menyuda bir dona sosiska 8 pul birligi, deb ko‘rsatilgan. Savol: ikkinchi holatda unga nima qo‘shib sotilgan?

Javoblar:.

  1. 0,80!

  2. Nemischada Misr-A bilan, Kipr- Z bilan boshlanadi. Bu bilan firma dunyoning istalgan mamlakatiga olib boramiz, demoqchi bo‘lgan. Nemislarda alfavit A-Z.

  3. Chunki ertalab tob berilsa soat buzilishi tezlashadi. Bu esa yangi soat sotib olish degani!

  4. O‘sha davrlarda hatto erkaklarda ham uzun soch moda bo‘lgan, shuning uchun FEN ishlab chiqarila boshlangan.

  5. Bekhem o‘zi haqida kitob yozish uchun yozuvchi yollagan. Yozuvchi haqi 60 ming bo‘lgan, shunda Bekhemga 3 mln qoladi.

  6. Temir yo‘l.

  7. Spirtli ichimliklar.

  8. Davomi kelgusi sonda.

  9. Bashoratchilar.

  10. Agar sosiskani musiqa tinglab yemoqchi bo‘lsangiz biroz qimmatroq to‘laysiz!




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   213   214   215   216   217   218   219   220   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin