O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t
Marketing bo‘yicha qiziqarli faktlar
Ko‘pincha kompaniyalar, masalan Hall Mark kompaniyasi tovarlari sotilishini tezlashtirish maqsadida ma’lum bir kelishilgan (belgilangan) davrda ma’lum bir tovarlariga yuqori narx belgilaydi va xaridorlar ushbu tovarlarni qimmat tovar, deb hisoblaydi. Kompaniya biroz vaqt o‘tgandan so‘ng chegirma narx qo‘yadi. Shopogoliklar(tovar sotib olishga ishtiyoqmand odamlar) esa ana shunday chegirmalarni qidirib yuradi va tovarlarni arzon sotib olyapmiz, deb hisoblaydi. Sotish qiyin bo‘lgan tovarlar shu yo‘l orqali sotiladi. Masalan, tovar qiymati 50 $ ni tashkil etsa, maksimal darajada 75 $ deb narx belgilab qo‘yadi va xaridor ushbu qimmat tovarni narxi arzonlashtirilgan, deb hisoblaydi va 50 % chegirmadan so‘ng ulgurji sotadi.
Kompaniya tovar sotilishini tezlashtirish uchun ma’lum bir vaqt ichida sun’iy defitsit bunyod etib sotiladigan mahsulot hajmini kamaytirilgan miqdorda belgilaydi va narx bir necha baravar ko‘tariladi. Ma’lum belgilangan davr kelgandan so‘ng tovar hajmi ko‘paytiriladi va oldingi narx bilan sotiladi. Bu esa o‘z-o‘zidan tovar xaridining oshishiga olib keladi (masalan, 1 oy belgilanib, shu davr ichida 45000 dona tovar 3$ sotilishi rejalashtirilgan bo‘lsa, ma’lum davrda belgilangan vaqtdan so‘ng 80000 dona tovarni bozorga oldingi arzon narxda 1,5 $ lik narxda chiqaradi, tovar sotilish hajmi ko‘payadi.
Marketologlar tomonidan supermarketlarda tajriba sinovi o‘tkazilganda aravacha (kard)larni 1,5 baravarga kattalashtirilganligi sababli xarid savati 19,1% ga ko‘tarilgan.
Kompaniyalar o‘zi ishlab chiqargan mahsulotlarni o‘zaro nisbatda 3 ta tur bilan pozitsiyalaydi.