Qo‘llab — quvvatlovchi marketing – firma o‘z tovarlariga shakllangan talabdan qoniqqan davrda ishlatiladi. Firma raqobat sharoitida mavjud talabni ushlab turish uchun tovarning dizayni, qadog‘i, sotuv joylarini yangilash kabi vazifalarni bajarishi kerak.
Demarketing – bozorda haddan tashqari yuqori talab bo‘lib, resurslar taqchil vaqtda qo‘llaniladi. Bunday vaqtda talabni cheklash orqali, masalan barchaning ma’lum oziq-ovqat tovarlariga bo‘lgan talabi qoniqtiriladi. Sotish jarayonida kartochkalar, talonlar, kuponlar orqali talab cheklangan holda mahsulotlar sotiladi.
Qarama – qarshimarketing inson sog‘ligiga, uning ma’naviyatiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi tovar va xizmat turlariga nisbatan qo‘llanadi. Tamaki mahsulotlari, spirtli ichimliklar, tungi klublar kabilarga qarshilik ko‘rsatilib antireklama, aksiyalar, tag‘ribot-tashviqot ishlari olib boriladi. Shu tadbirlar orqali bu tovarlarga nisbatan salbiy talab shakllantiriladi.Yuqoridagi marketing turlarini vaziyatga qarab to‘g‘ri tanlash va qo‘llash marketing faoliyatining samarasini belgilaydi.