Firma faoliyati haqida axborotlar
3.2-rasm. Marketing aloqalari tizimi
Ushbu rasmda marketing aloqalari tizimidagi axborot oqimlari va omillarning o‘zaro ketma - ketligi va bog‘liqligi ko‘rsatilgan.
Marketing axboroti korxona uchun zarur, chunki u:
tiradi;
marketolog (bozorshunos) sezgirligini mustahkamlaydi;
raqobatda imtiyozlarga ega bo‘lishga ko‘maklashadi. Bozorning har qanday subyektiga bozorda yuzaga kelayotgan vaziyat to‘g‘risida aniq axborot zarur.
O‘tgan asrning 90-yillaridayoq Amerika axborot industriyasida 4 mingga yaqin ma’lumotlar banki mavjud bo‘lgan. Bunda marketing axborotini qayta ishlash bilan 1686 ta turli tashkilotlar shug‘ullangan.
Tashkilotlarda bozor holati to‘g‘risidagi axborotlarni muntazam yig‘ib borish marketing bo‘limining muhim vazifasi hisoblanadi. Marketing axboroti yig‘iladi, tahlil qilinadi va marketing axboroti tizimi doirasida taqsimlanadi.
Dostları ilə paylaş: |