O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə126/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Tovarning sifati:








Texnik-iqtisodiy ko‘rsatkichlar

Tayyorlash texnologiyasi

Ishonchlilik va uzoq vaqt davomida ishlatilishi

Mo‘ljallangan maqsadga mos kelishi

Tashishga va saqlashga yaroqliligi

Ekologik xususiyatlari

Ergonomik xususiyatlari

Estetik xususiyatlari

Xavfsizlik ko‘rsatkichlari





9.3 -rasm. Tovarning sifati

Bozor tizimi iste’molchilar xohishini korxonalar va resurs yetkazib beruvchilarga topshiradi va ulardan qoniqarli javob olishni kutadi.

Oddiy bozorda tovar ishlab chiqaruvchi korxonaning bozor va butun xo‘jalik siyosati bo‘yicha taqdirini belgilaydi. Shu sababli ham tovarni yaratish, ishlab chiqarish, takomillashtirish, sotish, sotilgandan keyingi xizmat ko‘rsatish, reklama tadbirlarini ishlab chiqish shubhasiz, tovar ishlab chiqaruvchining butun faoliyatida markaziy o‘rinni egallaydi. Mana shu kompleks tadbirlar tovar siyosati, deb ataladi. Aynan shu sababli ishlab chiqaruvchida iste’molga qaratilgan sifatli tovar bo‘lmasa, unda hech narsa yo‘q! – bu marketingning qat’iy qoidasi hisoblanadi.



9.4.-rasm.Tovar siyosati


9.2. Tovarlarning “hayotiylik davri” va ularning asosiy bo‘ginlari

Tovarning hayotiylik davri – tovarning bozorda paydo bo‘lgan davridan boshlab, to uning sotilmay qolishigacha bo‘lgan vaqt oralig‘idir. Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi har qanday tovar qanchalik darajada mukammal bo‘lmasin, bu tovar bozordan ertamikechmi undan ham mukammalroq tovar tomonidan siqib chiqarilishiga asoslanadi. Amaliy faoliyatda tovarning hayotiylik davri diapazoni ancha keng bo‘lib, u bir kunlik tovardan bozorda o‘z o‘rnini uzoq vaqt davomida saqlab qoluvchi tovargacha bo‘lishi mumkin.

Tovarning hayotiylik davrini tariflashda 2 xil nuqtayi nazar mavjud:



  1. Menejmentda – tovarni ishlab chiqarishdan to uning iste’moligacha bo‘lgan davr tushuniladi. Tasavvur (g‘oya-idea), dizayn (sinov), ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish.

  2. Marketingda tovar o‘z xaridorini topa olishi mumkin bo‘lgan o‘zining ma’lum hayotiylik davri tushuniladi.

Tovarning hayotilik davrini boshqarish tizimi korxonalar uchun hozirgi global bozorlardagi kuchli raqobat ichida tirik qolish uchun yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishga intilishga undaydi. Har bir korxona o‘z mijozlari va mol yetkazib beruvchi hamkorlariga oid ma’lumotlarni, ular bilan aloqa va munosabatlarni boshqara olishi kerak. Menejment – tovarning hayotiylik davrini boshqaradi, bozorga kirish vaqtini kamaytiradi, mahsulot sifatini oshiradi, boshlang‘ich mahsulot chiqarish tannarxini kamaytiradi, oldindan o‘z xaridorini topadi, mahsulot shaklini yaxshilashga yordam beradi, isrofgarchilikni kamaytiradi.

Tovarning hayotiylik davri konsepsiyasi ilk bor amerikalik marketolog T.Levitt tomonidan 1965–yilda tariflangan edi. Ushbu nazariyaning mohiyati shundan iboratki, tovar o‘ziga xos tirik organizm kabi hayotiylik davrini o‘taydi. Ma’lumki, tirik organizm rivojlanish, keyin tug‘ilish, so‘ngra yetuklik, qarilik bosqichlarini o‘tib, o‘z yashash davrini o‘lim bilan tugatadi. Shunga o‘xshash tovar hayotiylik davri jarayonida ishlab chiqarish, bozorga chiqish, o‘sish, yetuklik va chiqish kabi bosqichlarni o‘taydi.Tovarning tipik hayotiylik davrini 9.5 - rasmda ko‘rsatilgan egri chiziqlar bilan tasvirlash mumkin.

Tovarning hayotiylik davri bosqichlari quyidagicha:

1.Kirish. 2.O‘sish. 3.Voyaga yetish. 4.Pasayish.




Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin