GOLDBRONZA SILVER GOLD – oltin. Maksimal narx. Bu tovar qimmat, omborda yo‘q. Ushbu tovarni kompaniya faqat namuna uchun sotib oladi.
SILVER-kumush. O‘rtacha narx-kompaniyaning o‘zi ishlab chiqargan tovar bo‘lib, xaridor qabul qiladigan narxga ega, bu tovarlar omborda bor. “Bizning tovarni sotib olishadi”shiorida harakat qilinadi.
BRONZA-bronza.Juda past narx. Sifatsiz tovar.
Supermarketlarda kassa apparatlarini xaridorlar ko‘p tovar sotib oladigan bo‘limlarda, masalan oziq-ovqat mahsulotlari sotiladigan bo‘limlariga yaqin joylarda o‘rnatishadi, chunki xaridorlar kassaga o‘z navbatlari yetib kelgunga qadar yana ayrim tovarlarni qaytib kelib sotib oladilar.
Supermarketlarda sinalgan tadqiqotlar: yurak urishi ritmidan past, yoqimli musiqa qo‘yilgan joylarda xaridor qayta-qayta aylanib, ayniqsa ayollar musiqa tugagunga qadar bir necha marotaba qaytib kelib, tovarlarni sotib oladilar.
Supermarket va gipermarketlarning kirish joylariga yaqin joyda yoqimli hidli (masalan, turk kabob, yumshoq jo‘ja, shirin makkajo‘xori) issiq holda tayyorlanib, iste’molchilarni dimog‘iga xushbo‘y hid taratib savdo majmuasidan e’tiborsiz o‘tishga yo‘l qo‘ymaydi.
Marketologlar Yaponiya baliq do‘konlarida iste’molchilarni xohish-istakarini shunday yaxshi o‘rgandiki, ular(iste’molchilar)ni tirik baliqlarni iste’mol qilishni xush ko‘rishini aniqladilar. Shuning uchun sotuvchilar havzaga tirik, kichik akulani solib qo‘yadilar. Akula 1-2 baliqni yeganidan so‘ng qolgan baliqlar jon talvasasida qimirlab harakatda bo‘ladi va iste’molchilar bu tirik(yangi) baliqni xarid qiladi.