O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing


Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə60/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Ishlab chiqarish va savdo sohasi bu:

-Iste’molchiga zarur bo‘lgan tovarni yaratish va ishlab chiqarish qobiliyati (tovar siyosati).

-Tovarga iste’molchini jalb eta oladigan qiymat bera olish qobiliyati (narx siyosati).

-Tovarni iste’molchi uchun imkoniyatli qila olish qobiliyati (savdo siyosati).



Iste’molchilarga axborot berishga yo‘naltirilgan kommunikativ soha:

  • Reklamani.

  • Xususiy savdoni.

-Jamoatchilik bilan aloqalarni.

  • Savdoni rag‘batlantirishni yaratadi.

Mutaxassislarning baholashlaricha, korxonalar tomonidan marketing sohasidan hozirda juda sust foydalaniladi: analitik – 30 %, ishlab chiqarish va savdo – 45 %, kommunikativ – 29 %.

Marketingni tashqi sohasi rivojlanish bosqichlarini ham quyidagicha ajratish mumkin:

-marketing taqsimlash vositasi sifatida;

-sotish vazifasi sifatida marketing vazifalarini tashkiliy jamlash; -marketingni mustaqil xizmatga ajratish;

-marketing korxonaning asosiy vazifasi sifatida.

Marketing taqsimlash vositasi sifatida shuning bilan tariflanadiki, bu bosqichda tovarlarni sotish muammo emas, shuning uchun marketing bu bosqichda sotish vazifalari bilan cheklanadi. Marketing faoliyatining bunday tashkiliy tuzilmasi AQSh va Germaniyada 50-yillarning o‘rtalarigacha mavjud bo‘lgan.

Sotish bilan bog‘liq muammolar va marketingning ahamiyatini yaxshi tushunish muhim tashkiliy o‘zgarishlarga olib kelgan, ya’ni sotish bo‘yicha faoliyat bitta rahbar ixtiyoriga o‘tgan, bunday tuzilma 50-yillardagi Amerika va 70-yillargacha Germaniya uchun xos bo‘lgan.

Marketing faoliyati rivojlanishining uchinchi bosqichi korxonaning boshqa xizmatlari bilan teng huquqli bo‘lgan marketing ixtisoslashgan xizmatining paydo bo‘lishi bilan tariflanadi. Bunday xizmat mahoratni rejalashtirish va rivojlantirish, narxini tashkil qilish, mahsulotning tashqi ko‘rinishi, idishi va nomi haqidagi masalalarini hal qiladi. Shuning bilan birga har bir bo‘lim o‘z manfaatlarini o‘ylaydi, shu sababli ularni tashkil etishda eng muvofiq kombinatsiyalari yo‘q va marketingning ahamiyati ham uncha katta emas.

Korxona marketing talablarini mo‘ljal qilib faoliyatning boshqa sohalarini qamrab olishi keyingi bosqich bo‘ladi, ya’ni marketingga asosiy vazifa sifatida qaraladi. Shuning uchun barcha bo‘limlar marketing xizmatiga bo‘ysunadi. Lekin amaliyotda teskari holatlar ham uchrab turadi. Masalan, ayrim Germaniya va AQSh kompaniyalarida maxsus marketing bo‘limlari qisqartirilib boshqarish tizimidan chiqarilgan.

Marketing korxona (firma) faoliyatiga to‘liq holda yoki qisman integratsiyalashuvi mumkin. Qisman integratsiyada marketing firmaning turli huquqiy xizmat ko‘rsatishini bildiradi. To‘liq integratsiyada marketing asosiy funksiya hisoblanadi. Mamlakatimiz va xorij tajribalar shuni ko‘rsatadiki, ko‘pchilik korxonalar rivojlanishning uchinchi bosqichida turibdi. To‘liq integratsiya - ko‘proq umumiy ehtiyoj tovarlari sohasidagi Amerika korxonalarida qo‘llanilgan. Korxonada marketingni rivojlanishi qabul qilinayotgan qarorlar birligini ta’minlovchi uslubiy hujjatlarni ishlab chiqish, marketing vazifalarini bajarish bo‘yicha bo‘linmalar faoliyatining o‘zaro aloqalari va muvofiqlashuvini talab qiladi. Bu o‘z navbatida, kompleks maqsadli guruhlarni matritsali tashkil qilish va yaratish yordamida marketing tizimini tatbiq etishning keyingi bosqichiga o‘tishga imkon beradi. Shu bilan birga ta’kidlash kerakki, korxonada marketingni tatbiq etish avvalo ma’lumotlarni yig‘ish, ishlab chiqish va jamlash tizimini, ya’ni marketing axborot tizimi (MAT)ni tashkil qilishini talab qiladi.

Korxonada marketingning ichki sohasi o‘sib borish ahamiyati uning tashkiliy tuzilmasida o‘z aksini topadi. Marketingni boshqarish – tovar va xizmatlarga bo‘lgan talabni oshirish, foydani ko‘paytirish uchun bajariladigan rejalashtirish, tashkil etish, muvofiqlashtirish, nazorat, audit va rag‘batlantirish funksiyalari majmuyidan iborat. Marketingni boshqarish marketing faoliyatini intensivlashtirsh vositasi va falsafasi sifatida ko‘rilib, uning maqsadi sotuvni tashkil etish va rag‘batlantirish emas, balki firma tovar va xizmatlariga raqobatli bozor sharoitida talabni boshqarishdir. F.Kotler fikricha, marketingni boshqarish –firma oldida turgan maqsadga yetish uchun kerakli vaqtda, kerakli darajada firma tovarlariga talabni shakllantirishdir. J.J.Lamben esa bu tushunchaga xaridorlarning yangi talablarini shakllantirish va rag‘batlantirish, deb tarif bergan. Marketingni boshqarish bozorda firmalarning raqobat ustunligini ta’minlash va shakllantirish uchun yo‘naltirilgan faoliyat bo‘lib, u o‘z ichiga quyidagi tahlil turlarini oladi.


  1. Tashqi muhit tahlili.

  2. Vaziyatli tahlil.

  3. Bozor istiqbolini belgilash.

  4. Korxona imkoniyatlarini aniqlash.

  5. Bozordagi maqsad va strategiyani ishlab chiqish.

  6. Konkret vaziyatda korxonaning marketing maqsadlarini rejalashtirish.

  7. Marketing – miks rejasini ishlab chiqish.

  8. Marketing rejasini amalga oshirish, tashkil etish, boshqarish, nazorat va natijani baholash.

Shunday qilib, marketingni boshqarish ijtimoiy-iqtisodiy tizimning turli iyerarxik boshqaruv pog‘onasida marketingning funksional va institutsional faoliyatini integrallashgan, ya’ni bir-biriga chambarchas bog‘langan holda boshqaradi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin