O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti f. T. Bazarova marketing



Yüklə 1,82 Mb.
səhifə69/276
tarix02.01.2022
ölçüsü1,82 Mb.
#42261
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   276
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Monopoliya. Monopoliya sharoitida firma orttirilgan bozorga oid kuchga ega bo‘ladi. Qisqa muddatli monopoliya vaziyatida kompaniyalar ularning bevosita raqobatchilari bo‘lmasa, yangi tovarni bozorga olib chiqishda o‘z o‘rniga ega bo‘ladi. Monopoliyada bozorda bittagina ishlab chiqaruvchi ustunlik qiladi va u xaridorlarning katta qismiga xizmat ko‘rsatadi. Natijada uning tovari qisqa muddat davomida bevosita raqobatchilarga ega bo‘lmaydi. Bu – novatorning monopoliyasidir. Bunday vaziyat hayot siklining tovarning bozorga kirib kelishiga to‘g‘ri keladigan bosqichiga, endi vujudga kelayotgan, texnologik innovatsiyalar bilan tavsiflanadigan sektorlarga to‘g‘ri keladi.

Monopoliya vaziyatida firmaning bozordagi mavqeyi juda yuqori bo‘ladi. Biroq unga bozorning o‘sib borayotgan potensialini va yuqori daromadlarini qo‘lga kiritishga intilayotgan yangi firmalar tahdid sola boshlaydi. Natijada monopoliyaning kutilayotgan muddati muhim omilga aylanadi, bu omil innovatsiyaning miqyosiga va yangi raqobatchilar uchun kirish to‘siqlarining yuqoriligiga bog‘liq bo‘ladi.



Oligopoliya – bu raqobatchilar soni kam yoki bozorda bir necha firmalar o‘zaro kuchli bog‘liqlikni yaratib hukmronlik qilish holatidir. Bunday bozorda har bir firma amal qilayotgan kuchlar bilan yaxshi tanish va istalgan raqobatchining qiyofasini qolgan firmalar his etadi. Strategik qiyofaning natijasi unga raqobatchilar ta’sir ko‘rsatishi yoki ko‘rsatmasligiga kuchli bog‘liq.

Oligopoliya vaziyati eng ko‘p standartlashtirilgan va differensiallangan mahsulotlar bozorida uchraydi. Qoidaga ko‘ra ishlab chiqarishga mo‘ljallangan tovarlar (xomashyo, materiallar, mashinalar, asbobuskunalar) standartlashtirilgan, iste’mol tovarlari esa differensiallangandir. Raqobatchilar o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik ularning tovarlari qanchalik kam differensiyalangan bo‘lsa, shunchalik kuchlidir. Oligopoliya vaziyati ko‘proq tovarlar bozori yetilish darajasida bo‘lganida uchraydi, bunda birlamchi talab kengaytirilib bo‘lmaydigan hisoblanadi.



Sof raqobat — modeli bozorda sotuvchilarning guruhi xaridorlarning katta guruhiga qarama–qarshi turishining mavjudligi bilan xarakterlanadi va bu guruhlarning hech biri baholarga ta’sir etishi uchun yetarlicha kuchga ega emas. Tovarlar aniq belgilangan tavsifga ega. O‘zaro o‘rinbosar va faqatgina talab va taklif o‘rtasidagi nisbat bilan belgilanadigan baholarda sotiladi. Bunday bozordagi sotuvchilar hech qanday bozor kuchiga ega emas va ularning harakati boshqa sotuvchilar harakatiga bog‘liq emas. Bunday bozorning asosiy xususiyatlari quyidagilardir:

  • sotuvchi va xaridorning katta miqdori;

  • differensiallanmagan, to‘la o‘zaro o‘rinbosuvchi tovarlar;

  • bozor kuchlarining to‘laligicha mavjud bo‘lmasligi.

Sof raqobatda talab va taklif o‘yini determinant hisoblanadi.

Narx ustidan nazorat darajasi yuqori. Narx ustidan nazorat yetakchi firma birinchi bo‘lib narxlarni o‘zgartirsa, qolganlari unga ergashsa, yetakchilikning «Firmaga qarab tekislaning!» prinsipi bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. Bunday bozorda bozordagi hamma sotuvchilarga zarar keltirishga tahdid qiluvchi narx urushi xavfi bor.

Raqobatli firmalar ko‘p bo‘lgan bozorda raqobat yuqori, ularning soni kamroq joyda – raqobat kam yoki yo‘q, deb hisoblash noto‘g‘ri. Ko‘pincha, bozorda 2-3 firma faoliyat yuritsa-da, ularning bozordagi jamlangan ulushi o‘ta yuqori 70-90% bo‘lishi kuzatiladi, shuning uchun ushbu raqobat bozordagi raqobat darajasi yuqori sifatida belgilanadi va u joyga kirish o‘ta qiyin hisoblanadi.


Yüklə 1,82 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   65   66   67   68   69   70   71   72   ...   276




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin