149
ko‗maklashish, to‗lov balansi muvozanatini ta‘minlashga qaratilgan qarz berish (25
yilgacha). XTTBning boshqaruv kengashida hal qiluvchi ovozga jahonning yetakchi
mamlakatlari (yettilik davlatlari) ega hisoblanadi.
Xalqaro taraqqiyot uyushmasi (XTU) - XTTB ning shoxobchasi sifatida
1960 yildan beri faoliyat ko‗rsatmoqda. Uyushmaning asosiy maqsadi kam
rivojlangan mamlakatlarga yordam berishdir.
Xalqaro savdo - milliy xo‗jaliklar o‗rtasida to‗lanadigan jami tovar aylanmasi
ko‗rinishidagi mehnat mahsulotlari ayirboshlashning o‗ziga xos shaklidir.
Xalqaro tovar nomenklaturasi - mamlakatlar o‗rtasida kelishilgan,
tasniflangan tovar pozitsiyalari ro‗yxati bo‗lib, har bir tovar pozitsiyasi
kodlashtirilgan raqamlarga ega bo‗ladi.
Xalqaro hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti (OESR) - eng rivojlangan
industrial mamlakatlar birlashmasi.
Xalqaro hisob-kitoblar - turli davlatlarning huquqiy va jismoniy shaxslari
o‗rtasida iqtisodiy, siyosiy va madaniy munosabatlardan kelib chiquvchi pul talablari
va majburiyatlari bo‗yicha to‗lovlarni tashkil etish va tartibga solish jarayoni.
Xalqaro hisob-kitoblar banki - davlatlararo bank. Markaziy banklar bilan
tijorat muomalasini olib boradi, xalqaro valyuta hamkorligini tashkil qilishda
qatnashadi. 1930 yilgi Gaaga konferensiyasiga muvofiq Angliya, Fransiya,
Germaniya, Belgiya, Italiya davlatlarining boshchiligida ta‘sis qilingan. Hozirgi
a‘zolari: Yevropadagi 30 mamlakatning Markaziy banklari, shuningdek AQSH,
Kanada, Avstraliya, Yaponiya va Janubiy Afrika Respublikasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: