146
Stagnatsiya - iqtisodiyotdagi turg‗unlikni anglatadi.
Sug„urta kafolati - ma‘lum bonus evaziga sug‗urta kompaniyasining
eksportyorlarni (kreditorlar)ga zararini qoplash haqida majburiyati.
Tashqi qarzdorlik inqirozi - davlat tomonidan tashqi qarzlar va zayomlarni
to‗lash grafigini buzilishi.
Tashqi savdo siyosati - eksport-import tovar oqimlari hajmi, tovar tarkibi va
jug‗rofiy yo‗nalishini tartibga solish bilan bog‗liq bo‗lgan byudjet-soliq faoliyati
sohalaridan biridir.
TIFni tartibga solishning tarifli usullari - soliq cheklashlari (bojxona
yig‗imlari, bojlar, aksizlar va boshqalar) yordamida tashqi savdoga ta‘sir o‗tkazish
vositalari yig‗indisi.
TIFni tartibga solishning tarifsiz usullari - tashqi savdoga ta‘sir
o‗tkazishning bevosita, ma‘muriy vositalari guruhi (kvotalash, litsenziyalash, texnik
sandartlarni joriy qilish, sanitar me‘yorlar va boshqalar).
Transmilliy korporatsiyalar (TMK) - chet el aktivlariga ega bo‗lgan yirik
kompaniyani iqtisodiy tashkillashtirishning ko‗rinishi.
Trest - sanoat monopoliyalarining 20-yillardagi eng yuqori shakli. Unda
mahsulotni ishlab chiqarish, sotish, korxonalarning moliyasi to‗la birlashtiriladi. Trest
muayyan tarmoqda xukmronlik qiluvchi yagona ulkan shirkatchilik jamiyati bo‗lib,
AQSHda keng tarqalgan monopolistik birlashma, unga kiruvchilar o‗zlarining ishlab
chiqarish. Tijorat va yuridik mustaqilligini yo‗qotadi. Bu esa, o‗z navbatida kapitalni
doiraviy oborotini tezlashtirish va foydani ko‗paytirish imkoniyatini beradi. Trestlar
19-asrning 90-yillarida AQSHda vujudga keldi.
Dostları ilə paylaş: