O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet



Yüklə 258,5 Kb.
səhifə6/8
tarix12.06.2023
ölçüsü258,5 Kb.
#128896
1   2   3   4   5   6   7   8
7tayyor

Ko’rsatkichlar

2014 y.

2015 y.

2016 y.

2017 y.

2018 y.

Plastik kartalar soni, ming dona

15215

16316

19523

19225

17686

To’lov terminallari soni, dona

169181

183060

208536

235712

244913

Bankomat va infokiosklar soni, dona

2012

2345

4954

5632

6859

2-jadvalda keltirilgan ma’lumotlardan ko’rinadiki, 2014-2016 yillarda respublikamiz bo’yicha muomalaga chiqarilgan plastik kartalar sonini o’sish tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa, plastik kartalardan foydalanuvchilar sonining tobora oshib borganligi bilan izohlanadi. Biroq, 2017 yilda muomala chiqarilgan plastik kartalar soni 2016 yilga nisbatan kamaygan. Bu esa, asosan, 2017 yilda pensiyalarni to’liq naqd pulda berilishini va talabalarning stipendiyalarini 50 foizini naqd pulda berilishini joriy etilganligi bilan izohlanadi.
2-jadval ma’lumotlaridan ko’rinadiki, 2014-2018 yillarda to’lov terminallari soni hamda bankomat va infokiosklar sonining o’sish tendensiyasi kuzatilgan. Bu esa, plastik kartalar muomalasi infratuzilmasini takomillashtirish nuqtai-nazaridan ijobiy holat hisoblanadi.
XX asrning 70-80-yillarida AQShda innovatsion bank mahsulotlari sifatida NAU (NOW) hisobraqamlari, “intellektual” plastik kartalar, sinditsiyali kreditlar, suzuvchi stavkada beriladigan ipoteka kreditlari, hosilaviy qimmatli qog’ozlar paydo bo’ldi. Shuningdek, kreditlashning overdraft, kontokorrent, kredit liniyasi shakllari ham innovatsion bank mahsulotlari hisoblanadi 9.
XXI asrga kelib, chakana bank xizmatlari va to’lovlar sohasida innovatsion mahsulotlar yaratishning jadal sur’atlarda rivojlanishi kuzatildi. Xususan, videobanking, Internet-banking, Web 2.0 texnologiyasiga asoslangan onlayn-banking kabi innovatsion moliyaviy xizmatlarning yuqori sur’atlarda rivojlanishi yuz berdi10.
E’tirof etish joizki, yangi, innovatsion moliyaviy xizmatlarni joriy etish O`zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishning ustuvor yo’nalishlaridan biri sifatida qaralmoqda. Xususan, O`zbekiston Respublikasi bank tizimini rivojlantirishning 2016-2020 yillarga mo’ljallangan Strategiyasida uzoq muddatli innovatsion depozit mahsulotlarini yaratish, plastik kartalarga asoslangan to’lov amaliyotini takomillashtirish, zamonaviy axborot-texnologiyalariga asoslangan innovatsion xizmatlarni joriy etish, Internet-bankingni rivojlantirish bo’yicha aniq vazifalar qo’yilgan11.
Ayni vaqtda, respublikamizda banklar faoliyatini innovatsiyalar asosida rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ayrim muammolarning mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Ana shunday dolzarb muammolardan biri bo’lib, banklarning innovatsion kredit mahsulotlarini amaliyotga joriy etish muammosi hisoblanadi. Muammoning mohiyati shundaki, to’lovlarning maqsadli ketma-ketligi qo’llanilayotgan sharoitda davlat soliq xizmatiga solishtirish dalolatnomasisiz inkasso qo’yish va soliq to’lovlarini avans tariqasida undirish huquqining berilganligi tijorat banklari tomonidan overdraft va konktorrent kreditlari berish imkoniyatini deyarli yo’qqa chiqarmoqda. Buning sababi shundaki, overdraft va kontokorrent kreditlari mijoz faoliyatida yuz beradigan vaqtinchalik pul mablag’lari etishmasligi muammosini hal qilish maqsadida beriladi. Mazkur kreditlar, odatda, ta’minotsiz bo’ladi. Chunki, tijorat banki mijoz faoliyatida qachon va qancha summaga pul mablag’lari etishmovchiligi yuzaga kelishini oldindan bilmaydi. Bunday sharoitda kelgusi davrdagi soliq to’lovlarini joriy davrda undirilishi overdraft va kontokorrent kreditlarini o’z vaqtida qaytmaslik ehtimolini kuchaytiradi.
Banklar faoliyatini innovatsiyalar asosida rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan muammolardan yana biri – bu plastik kartalar muomalasi bilan bog’liq bo’lgan muammolardir. Ushbu muammolarning mohiyati shundaki, birinchidan, chakana savdo shoxobchalarining ma’lum qismida, noqonuniy ishlab chiqarilgan, turli yo’llar bilan olib kelinayotgan tovarlar bilan savdo qilinayotganligi sababli, to’lov terminallari o’rnatilmayotganligi holati kuzatilmoqda; ikkinchidan, davlat ro’yxatidan o’tmasdan va patent asosida chakana savdo va pullik xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanayotgan sub’ektlarga, ularning banklarda hisobraqamlari bo’lmaganligi sababli, to’lov terminallarini o’rnatish imkoni mavjud emas; uchinchidan, to’lov terminalini ataylab ishlatmaslik yoki yashirib qo’yish holatlari mavjud.
Xolbuki, plastik kartalar, innovatsion bank mahsuloti sifatida, naqd pullarga bo’lgan talabni qisqartirishning xalqaro amaliyotda sinalgan ishonchli vositasi hisoblanadi. “Banklar pul bozorida katta rol o’ynaydi. Banklar pul bozorida kredit portfellarini moliyalashtirish va federal rezerv kabi Markaziy banklar tomonidan nazarda tutilgan zaxira talablarini qondirish uchun mablag` olish uchun qarz oladi. “Banklar asosan bir kechada, tabiatda juda qisqa muddatli federal mablag’lar uchun bozorda asosiy ishtirokchilari hisoblanadi. Bu erda mablag’lar banklar o’rtasida bir ish kuni ichida o’tkaziladi. Fond bozori rezervlarni bank tizimi bo’ylab tarqatadi. Federal mablag’lar darajasi qaysi qarzdorlik darajasi va zaxiralarini kreditlash bo’lib o’tadi. Banklar REPO bozorining qarzdorlik tomonida faol ishtirokchilardir. Banklar, shuningdek, Eurodollar bozorida pul mablag’larini sotib olish va birjadan tashqari foizli hosilalar uchun bozorda dilerlar vazifasini bajarish orqali pul mablag’larini oshiradilar.
Banklar pul bozori qimmatli qog’ozlarida investorlarning o’z vaqtida to’lanishini ta’minlashga yordam beruvchi majburiyatlarni taqdim etadilar. Banklar tijorat qog’ozlari emitentlari va munitsipal qimmatli qog’ozlar emitentlari tomonidan keng qo’llaniladigan zaxira kredit liniyalari va akkreditivlar orqali majburiyatlarni taqdim etadilar.”12
Banklarlarni innovatsion rivojlantirish bo’yicha takliflar:
Fikrimizcha, tijorat banklarining zamonaviy xizmatlarini innovatsion rivojlantirish uchun quyidagi tadbirlarni amalga oshirish maqsadga muvofiqdir:
1. Tijorat banklarining overdraft va kontokorrent kabi zamonaviy kredit xizmatlarini shakllantirish va innovatsion rivojlantirish maqsadida davlat soliq organlari tomonidan soliq to’lovlarini solishtirish dalolatnomasisiz va avans tariqasida undirish tartibini bekor qilish lozim.
Mazkur taklifning amaliyotga tatbiqi natijasida, birinchidan, tijorat banklari tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga berilayotgan kreditlar miqdori ko’payadi; overdraft va kontokorrent kreditlari bilan bog’liq bo’lgan kredit riski darajasi pasayadi; uchinchidan, aholi va xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning tijorat banklari kreditlaridan foydalanish darajasi oshadi.
2. Tijorat banklarining zamonaviy hisob-kitob xizmatlarini innovatsion rivojlanishini ta’minlash maqsadida yuridik shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblarda qo’llaniladigan cheklar muomalasini amaliyotga joriy etish lozim. Bunda, cheklarni kliring palatasida qayta ishlashni yo’lga qo’yish kerak. Bundan tashqari, cheklar bo’yicha to’lov summasi alohida hisobraqamda deponent qilinmasligi kerak.
Shuningdek, to’lovga qobilligi yuqori bo’lgan sotib oluvchilarning chek bo’yicha to’lov summasini tijorat banklarining overdraft va muddatli kreditlari hisobidan to’lab berishni yo’lga qo’yish lozim.
O`zbekiston Respublikasida yuridik shaxslar o’rtasidagi hisob-kitoblarda qo’llaniladigan cheklar muomalasi Markaziy bank tomonidan 1996 yilda to’xtatilgan.
3. Tijorat banklarining chakana xizmatlarini innovatsion rivojlantirish maqsadida, birinchidan, Internet-bank tizimida milliy valyutada ham, chet el valyutasida ham muddatli omonatlar ochish va ularni yuritishni joriy qilish lozim. Bunday xizmat bank mijozlariga hisobvaraqdagi vaqtincha bo’sh turgan mablag’larni tezkor ravishda investitsiyalashgina emas, balki kapitalning o’sish jarayonini ko’rish imkonini ham beradi. Ikinchidan, pul o’tkazmalari orqali kelgan pul mablag’larni chet el tajribasidan kelib chiqib bank inoakioskalari orqali to’lovni olishga yoki to’lovni jo’natish yo’llarni tashkil etish, shu bilan birga ushbu to’lovlarni amalga oshirishda ichki nizom va tartiblardan kelib chiqib amalga oshirish lozim. Bunda 2528- ichki nazorat qoidalari talablariga bevosita, ya’ni jismoniy shaxslar bilan bank amaliyotini amalga oshirish vaqtida ushbu mijoz lozim darajada o’rganish uchun identifikatsiya qilinmog’i lozim, shuni inobatga olib ushbu infakioska to’lov tizimiga bevosita shu tizimni ham kiritish darkor.
Hozirgi kunda respublikamizda banklar faoliyatini innovatsiyalar asosida rivojlantirish bilan bog’liq bo’lgan ayrim muammolarning mavjudligi ko’zga tashlanmoqda. Ana shunday dolzarb muammolardan biri bo’lib, banklarning innovatsion kredit mahsulotlarini amaliyotga joriy etish muammosi ham hisoblanadi.
Yuqorida keltirib o`tilgan barcha muammolarni hal qilinishi natijasida mamalakatimiz bank tizimida, ayniqsa, tijorat banklarining innovatsion xizmatlar ko`rsatishlari soxasida katta yutuqlarga erishishimiz mumkin.

XULOSA
Globallashuv va axborot texnologiyalari asrida iqtisodiyotning barcha sub’ektlari bir-biri bilan tezkor aloqa o’rnatishi hamda yangiliklarni zudlik bilan faoliyatda joriy qilish masalalarini ko’ndalang qo’ymoqda. Iqtisodiyotning tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar esa bunday holatda tijorat banklari tomonidan tezkor, sifatli, arzon va xavfsiz to’lovlarni amalga oshirilishni xohlashadi. Ayni shunday bir vaziyatda tijorat banklari faoliyatida bank mahsulotlari va sifatini oshirishda innovatsion yondashuv talab etiladi.
Hozirgi kunda yurtimizda tijorat banklari ko’rsatayotgan zamonaviy xizmatlarning soni hamda sifati bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda rivojlanmoqda hamda ushbu jarayonlar yetarlicha qonuniy baza yordamida tartibga solinmoqda.
O’zbekiston Respublikasining “Bank va banklar to’g’risida”gi Qonunida bank atamasiga tushuntirish berilganda bu tashkilot uchta operatsiyani albatta amalga oshirishi kerakligiga urg’u berilgan.Bulardan biri kredit berish operatsiyasidir.
Bugungi kunda O’zbekistondagi tijorat banklari tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarni asosini kredit operatsiyalari tashkil etadi.Kredit operatsiyalari banklarni daromad manbai bo’lishi bilan birga bu operatsiyadagi har qanday salbiy oqibat bank daromadida salbiy o’zgarish sodir qiladi.Banklar kredit operatsiyalarining boshlang’ich nuqtasidan tortib qaytarilishigacha bo’lgan davri bir necha jarayonlarni o’z ichiga oladi.O’zbekiston tijorat banklari o’z faoliyatlari davomida qator muammolarga duch keladilar, ularni hal qilish esa iqtisodiyotning kelajakdagi taraqqiyoti uchun muhim hayotiy masaladir.Bu muammoni birinchi navbatda, ko’pchilik bank mijozlarining qoniqarsiz moliyaviy ahvoli keltirib chiqaradi.Barchaga ma`lumki, qachonlardir o’z bank tizimlarini isloh qilgan mamlakatlarning qariyb barchasi u yoki bu darajada shu muammoni hal qilish zarurati bilan to’qnashganlar. Kreditning mohiyati uning ichki beliglarini ochib berishga karatilgan.Kreditning moxiyatini ochish - bu uning sifatlarini, kreditning muxim tomonlarini, uning iqtisodiy munosabatlar tizimining bir elementi sifatida ko’rsatuvchi asoslarni bilish demakdir.
Kredit munosabatlarida mavjud bo’lishini muxim shartsharoitlaridan biri kredit beruvchi va kredit oluvchilar manfaatlarini o’zaro mos kelishidir. Tijorat banklarining kreditlari bank faoliyatidagi asosiy operatsiyalardan biridir.Bir tomondan bank krediti iqtisodiy subyektlar uchun zaruriy hollarda vaqtincha yuzaga kelgan moliyaviy qiyinchiliklarni yechishda yordam beruvchi muhim manba hisoblanadi.Boshqa tomondan esa, banklar faoliyatida eng ko’p daromad keltiruvchi operatsiya hisoblanadi. Kredit tarixiga nazar tashlaydigan bo’lsak, kredit munosabatlari vujudga kelishi uzoq tarixga ega bo’lib, u sudxo’rlik kapitalini vujudga kelishi va rivojlanishi natijasida qaror topdi. Bunda ma’lum shaxslar o’z pullarini ma’lum haq (foiz) evaziga o’zgalarga, ya’ni pulga ehtiyoji bor kishilarga qarzga berganlar.
Kredit munosabatlari bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etib, mavjud resurslardan samarali foydalanish quroli sifatida katta rol o’ynaydi. Bizga ma’lumki, pul mablag’lariga ko’p xolatlarda qarzga olingan mablag’lar, korxonalarning hisobvarakasidagi mablag’lar va naqd pullar, aylanma mablag’lar va moliyaviy mablag’lar kiradi. Kredit munosabatlari iqtisodiyotda mavjud aniq uslubiy asoslarga tayanadi.Uning asosiy elementlari bo’lgan ssuda kapitali bozori operatsiyalari ma’lum tamoyillar asosida olib boriladi.Bu tamoyillar kredit rivojlanishining birinchi bosqichida ko’zga tashlangan edi. Keyinchalik esa ular umumdavlat va xalqaro kredit konunchiligida o’z aksini yaqqol topdi. Iqtisodiy kategoriya sifatida kredit bir necha tamoyillarga ega. Bular kreditning kaytarishlilik, muddatlilik, ta’minlanganlik, maksadlilik va to’lovlilik tamoyillaridir.
Ayni paytda rеspublikamizda faoliyat ko’rsatayotgan 26 ta tijorat bankining 854 ta filiali, 4292 ta mini-bank va chakana xizmat ko’rsatuvchi muassasasi orqali tizimda erishilgan ijobiy natijalar mustahkamlanmoqda. Bu natijalar bank xizmatlari va mahsulotlari turlari tobora kеngayib borayotganida, ishbilarmonlik muhiti tobora yaxshilanib, banklar tomonidan ajratilayotgan krеditlar hajmi o’sayotganida aks etmoqda. Bugungi kunda mijozlar o’z hisobvaraqlarini masofadan turib, rеal vaqt rеjimida uyali va elеktron aloqa vositalaridan foydalangan holda boshqarish imkoniga egalar. Garchi bunday xizmatlar joriy etilganiga ko’p vaqt bo’lmagan esa-da, lеkin juda tеz ommaviylashib kеtdi. Xususan, so’nggi bеsh yilda ushbu xizmatlardan foydalanuvchi mijozlar soni qariyb 90 foiz ortdi yoki bugungi kunda 1,1 milliondan oshdi. Plastik kartochkadan foydalanish imkoniyatlari ham kеngayib bormoqda. So’nggi bеsh yil mobaynida tеrminallar orqali amalga oshirilgan to’lovlar hajmi 5 marta ortdi. Bank tizimiga yangi ilg’or axborot tеxnologiyalarini joriy etilishi bilan tijorat banklari tomonidan ko’rsatilayotgan xizmatlar tеzkorligi, sifati va ishonchligi ham oshmoqda. 
Hozirgi kunda yurtimizda tijorat banklari ko’rsatayotgan zamonaviy xizmatlarning soni hamda sifati bozor iqtisodiyoti talablariga mos holda rivojlanmoqda hamda ushbu jarayonlar yetarlicha qonuniy baza yordamida tartibga solinmoqda.


Yüklə 258,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin