O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “sirtqi” fakultet


Banklarning zamonaviy xizmatlar ko’rsatishi



Yüklə 258,5 Kb.
səhifə3/8
tarix12.06.2023
ölçüsü258,5 Kb.
#128896
1   2   3   4   5   6   7   8
7tayyor

2. Banklarning zamonaviy xizmatlar ko’rsatishi
va innovatsion rivojlanishi
XXI asr - axborot texnologiyalari asrida iqtisodiyotning barcha sub’ektlari bir-biri bilan tezkor aloqa o’rnatish hamda yangiliklarni zudlik bilan faoliyatda joriy qilish masalalarini ko’ndalang qo’ymoqda. Iqtisodiyotning tadbirkorlik sohasida band bo’lganlar esa bunday holatda tijorat banklari tomonidan tezkor, sifatli, arzon va xavfsiz to’lovlarni amalga oshirilishni xohlashadi. Ayni shunday bir vaziyatda tijorat banklari faoliyatida bank mahsulotlari va sifatini oshirishda innovatsion yondashuv talab etiladi.
Innovatsion bank mahsuloti – bu tijorat banklari tomonidan taklif etilayotgan ilgari yaratilmagan, zamonaviy texnik-texnologik yangiliklarni qo’llagan holatda ishlab chiqilgan maxsus yangi bank mahsulotlaridir. Innovatsion bank xizmati esa ushbu tijorat bankida avval ko’rsatilmagan, bugungi kun talabidan kelib chiqqan holda maxsus shartlarni va imtiyozlarni o’zida qamrab olgan, ko’proq axborot texnologiyalarining keng imkoniyatlaridan foydalanilgan holatda yaratilgan xizmat turlaridir. Yuqoridagi ta’riflardan kelib chiqqan holda tijorat banklarining innovatsion faoliyati bu innovatsion mahsulotlar va innovatsion xizmatlarni amaliyotga tatbiq etgan holda yuritilayotgan faoliyat sanaladi.
Bugungi kunda iqtisodiyot va bank tizimining rivojlanganlik darajasiga qarab davlatlarda bank faoliyatidagi innovatsion mahsulotlar turli mamlakatlarda turlicha hisoblanadi. Masalan, Yevropaning ba’zi davlatlari uchun onlayn xizmatlarning biometrik parol va kalitlariga o’tishi innovatsion yangilik sifatida qaralsa, Afrikaning ayrim mamlakatlari uchun plastik kartochkalarning qo’llanilishi innovatsion mahsulot sifatida qaralishi mumkin. Bunday holatda mamlakatimizda yaratilayotgan innovatsion bank mahsulotlarining ko’pchilik qismi ham ba’zi davlatlar uchun nisbatan yangilik, ba’zilari uchun esa hali qo’llanilmagan voqelik sifatida ko’rilishi tabiiy. Biroq, aynan qanday ko’rinishda bo’lsa ham banklar faoliyatida innovatsion mahsulotlarning ko’proq joriy qilinishi ushbu sohadagi rivojlanish darajasini belgilab beruvchi asosiy ko’rsatkich hisoblanadi. Shunday ekan, tijorat banklari faoliyatidagi joriy qilinayotgan innovatsion mahsulotlar va xizmatlar eng dolzarb masaladir.
O`zbekistonda bugungi kunda asosiy innovatsion bank xizmatlaridan bo’lmish Internet banking hamda SMS-banking va Mobile-Banking xizmatlaridan foydalanish darajasini tahlil qilsak.
Shuni aytish mumkinki, qayd etilgan davr mobaynida Internet-bankingdan foydalanuvchilar soni 5 baravarga, SMS-banking va Mobile-Bankingdan foydalanuvchilar soni deyarli 15 baravarga ortgan. Natijada, SMS-banking va Mobile-Bankingdan foydalanuvchilar soni 207,851 ming kishini tashkil etgan bo’lsa, Internet-bankingdan foydalanuvchilar soni 56,539 ming nafarga etgan.
Markaziy bank ma’lumotlariga asosan TIF Milliy banki (63,5 ming), ATIB “Ipoteka-banki”da 37,7 ming, AT “Asakabank”da 28,3 ming nafar mijozi bilan masofaviy bank xizmatlari foydalanuvchilari soni bo’yicha yetakchilik qilmoqda. Yuqoridagi tijorat banklarining ko’pchilik mijozlari Bank-mijoz xizmati vakillari sanaladi. Yangi Internet-banking xizmati joriy etilgach, ularning ko’pchiligi unga ulanishni boshlashdi4.
Aytish joizki, yuqoridagi xizmatlarning rivojlanish holati kun sayin ortib bormoqda. Endi xorijiy mamlakatlarda bank tizimidagi yangiliklar bo’yicha fikr yuritsak.
Bugungi kunda rivojlangan xorij mamlakatlarining bank amaliyoti Shuni ko’rsatadiki, tijorat banklari faoliyatidagi yangiliklarning kundan kun takomillashib borayapti. Bank faoliyatida onlayn xizmatlarning keng tatbiq etilishi u uchun odatiy hol sifatida qaraladi. Albatta, onlayn xizmatlar sifatida internet-banking, mobile-banking, sms-banking, TV-banking, ATM-banking va boshqa ko’plab xizmatlarni keltirishimiz mumkin. Ushbu xizmatlarning ko’pchiligi mahalliy banklarimiz faoliyatida ham anchadan beri qo’llanilayotir. Biroq, innovatsion bank mahsulotlari sifatida virtual kartalarning keng qo’llanilishi, NFC to’lovlarning joriy qilinishi bank faoliyatimizda hali mavjud emas. Endi yuqoridagi yangiliklar bo’yicha alohida to’xtalsak.
Virtual kartalar – bu sodda qilib aytganda tijorat banklari tomonidan emissiya qilinadigan virtual ko’rinishdagi mijozlar uchun plastik kartalar vazifasini bajaruvchi, tizim orqali ishlovchi kartalardir. Ushbu kartalar yordamida siz internet orqali barcha to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin yoki agar joylardagi terminallar tizimga ulangan holda operatsiyalarni amalga oshirish imkoniga ega bo’lsa ularda to’lovlarni amalga oshirishingiz mumkin. Ushbu kartalarning qulayligi uni yo’qotib qo’iysh mumkinmasligi, uning eskirmasligi, umuman, uning universalligidir. Kamchilik jihatlari sifatida albatta, xavfsizlik darajasining bank tomonidan ta’minlanish darajasi va barcha joyda ham ishlatib bo’lmasligini keltirish mumkin. Lekin, taraqqiy etgan mamlakatlar bank faoliyatida ushbu kartalar shu qadar ommalashmoqdaki, undan xohlagan joyda to’lovlarni amalga oshirish, istalgan bankomatdan naqd pul echib olish va o’ta yuqori darajadagi xavfsizlik nazorati yo’lga qo’yilgan. Bunday kartalardan foydalanishda albatta, davlatlar ko’plab axborot texnologiyalari bo’yicha ishlovchi tashkilotlar IBM, Apple, Windows singari kompaniyalarning professional xizmatlaridan foydalanishmoqda. Tijorat banklari o’zaro raqobatda va yangiliklarni joriy qilishda yetakchi bo’lishlari uchun maxsus ishchi guruhlar, ilmiy laboratoriyalar va tegishli bank axborot tizimlari bo’yicha yangiliklar bilan ishlovchi bo’limlar tashkil qilishganki, har bir bo’layotgan dunyo bo’yicha yangilikni o’z faoliyatida qo’llashni va o’zining yangi mahsulotlarini yaratishni faol olib borishmoqda.
NFC (Near field communication) to’lovlar – bu 5-10 sm oralig’ida ishlaydigan radiotarmoq orqali foydalaniladi. Bunda maxsus chip sotuvchining terminaliga joylashtiriladi va mijoz to’lovini o’tkazmoqchi bo’lganida o’z mobil telefonini ushbu terminalga yaqinlashtiradi, maxsus identifikatsion raqamlarni teradi va to’lovni amalga oshiradi. Ushbu kontaktsiz to’lovlarni amalga oshirish xizmati xuddi do’konlarda mahsulotlarni shtrix kodi orqali o’qib, kompyuterda narxini ko’rsatgani singari sizning hisobingizdagi mablag’dan ham narxining kerakli qismini echib olishga mo’ljallangan bo’ladi. NFC to’lovlar juda qulay hisoblanib, unda mijozlar tezkor to’lovlarni amalga oshirish imkoniga ega bo’ladilar. Bu ma’lum vaqt navbatda turish, parolni birovga aytib qo’yish hamda plastik kartaning yo’qotib qo’yilishi singari kamchiliklarning oldini oladi.
“Osiyo taraqqiyoti investitsion banki (AIIB) va Yangi rivojlanish banki (NDB) uch yil ilgari to’liq ishga tushirilgan yangi ko’p tomonlama rivojlanish banklari aslida o’zlarining tuzilishlarini yakunladilar va yirik loyihalar portfellarini yaratdilar. Shunga qaramasdan, rivojlanayotgan mamlakatlarning ehtiyojlari va yangi banklarning xalqaro moliya institutlari orasida katta rol o’ynashga bo’lgan intilishlari qator muammolarni keltirib chiqaradi. Ushbu maqola yangi institutlarning yo’nalishlarini baholash va global moliya tizimini ularning asosiy aksiyadorlari - rivojlanayotgan bozorlar va rivojlanayotgan davlatlar manfaatlariga muvofiq ravishda o’zgartirishga hissa qo’shishi mumkinligini aniqlashga qaratilgan. Mualliflar ko’p tomonlama banklar tizimida NDB va AIIB ta’sirini oshirish, ikkala bankning erishgan yutuqlarini baholash va ikki institutning pozitsiyalarini yanada mustahkamlash uchun xavf va istiqbollarni aniqlash uchun asosiy kanallarni ko’rib chiqadi. Mualliflar ko’p tomonlama banklar tizimida NDB va AIIB ta’sirini oshirish, ikkala bankning erishgan yutuqlarini baholash va ikki institutning pozitsiyalarini yanada mustahkamlash uchun xavf va istiqbollarni aniqlash uchun asosiy kanallarni ko’rib chiqadi.”5
Albatta, yuqoridagi singari innovatsion bank mahsulotlarini qo’llash uchun avvalambor, maxsus tizimning joriy qilinishi, axborot resurslarining moslanishi, maxsus moslamalarning sotib olinishi, maxsus dasturlarning bank faoliyatiga moslashtirilishi singari bir qancha masalalarni hal qilishni talab etadi. Shuning uchun, avvalo, biz mamlakatimizda tijorat banklari faoliyatida mahalliy axborot texnologiyalari mutaxassislarining faolligini oshirishimiz zarur.
Tijorat banklari o’zaro raqobatda va yangiliklarni joriy qilishda yetakchi bo’lishlari uchun maxsus ishchi guruhlar, ilmiy laboratoriyalar va tegishli bank axborot tizimlari bo’yicha yangiliklar bilan ishlovchi bo’limlar tashkil qilishganki, har bir bo’layotgan dunyo bo’yicha yangilikni o’z faoliyatida qo’llashni va o’zining yangi mahsulotlarini yaratishni faol olib borishmoqda. Sizga ma’lumki har qanday davlatda tijorat banklari va milliy bank tizimi iqtisodiyotning yuragi yoki qon tomiri sifatida qaraladi va shuning uchun bank tizimini yanada erkinlashtirish yoki kapitallashuv darajasini oshirish ham nafaqat bir iqtisodiy tizimning rivojlanishi, balki jamiyat va mamlakat aholisi farovonligining oshishi, pirovardida, oddiy bir fuqaroning turmush sharoiti yaxshilanishiga olib keladi. Yurtimiz iqtisodiyotining erkinlashuvi sharoitida tijorat banklari muassasalarining keng tarmoqqa ega boʻlayotganligi, oʻz navbatida, mijozlarga sifatli bank xizmatlari koʻrsatish, ularning bank xizmatiga boʻlgan ehtiyojlarini toʻliq qondirish va tijorat banklari oʻrtasidagi raqobat muhiti kuchayishiga imkon bermoqda. Hozirgi kunda banklarning investitsiya jarayonlaridagi ishtiroki yanada faollashib bormoqda. Banklar tomonidan ajratilayotgan investitsion kreditlar ustuvor ravishda iqtisodiyotning sanoat tarmoqlarini modernizatsiya qilish, zamonaviy infratuzilmani shakllantirish va rivojlantirish, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan yuksaltirish hamda yangi ish oʻrinlari tashkil etishga qaratilgan dasturlar doirasidagi investitsion loyihalarni moliyalashtirishga yoʻnaltirilmoqda. 2017-yilda korxonalarni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 10,2 trln. soʻmyoki 2016-yildagiga nisbatan 1,2 barobar koʻp investitsion kreditlar ajratildi. Shubhasizki, koʻrsatib oʻtilgan investitsion vositalarni muvaffaqiyatli qoʻllash – bu tarmoqdagi ishlab chiqarish oʻrtacha rentabelligiga qarab iqtisodiyotning har bir tarmogʻi uchun kredit boʻyicha foizlarni aniqlash uchun zarur hisob-kitoblarni, shuningdek, ishlab chiqarish tarmoqlariga berilgan kreditlar koʻlamiga qarab banklar uchun mukofot bonusi hajmini baholashni talab qiladi. Bank faoliyatida strategik rejalashtirishni ishlab chiqish, ustuvor maqsad va vazifalar, ularga erishish yoʻllarini aniqlashni koʻzda tutadi. Bank strategiyasini ishlab chiqishning asosiy elementi raqobat tahlili hisoblanadi. U bank faoliyat yuritayotgan bozorlarning rivojlanish tendensiyalarini aniqlash va uning bu bozorlardagi raqobatchilarga nisbatan egallagan pozitsiyalarini aniqlash, ularning kuchli va kuchsiz tomonlari, shuningdek, potensial imkoniyatlarini topishni oʻz ichiga oladi. Tijorat banklari rivojlanish strategiyasida asosiy yo’nalish sifatida yangi bank mahsulotlari bilan xizmatlarini ishlab chiqish yoki ularni modernizastiya qilishga e’tiborlarini qaratadilar. Iqtisodiyotni modernizastiyalash sharoitida moliya-bank tizimini isloh qilishni yanada chuqurlashtirish va barqarorligini oshirish hamda bank tizimiga aholi va korxonalarning ishonchini yanada mustahkamlash maqsadida axborot-kommunikastiya texnologiyalarini keng qo’llagan holda ko’rsatilayotgan bank xizmatlarining turi va ko’lamini kengaytirish bo’yicha tizimli chora-tadbirlarni amalga oshirish zarur. Binobarin, tijorat banklari yangi bank mahsulotlari va xizmatlarini o’zlarining iqtisodiy o’sishi bilan raqobatbardoshligini, barqarorligini ta’minlashda muhim vosita sifatida baholaydilar. Chunki banklar bozorda yangi mahsulotlarni joriy etish va sifatini yaxshilamasdan samarali faoliyat ko’rsata olmaydilar. Bank xizmatida chakana va ulgurji faoliyat nimadan iborat Banklar ulgurji xizmati deganda mijozlarning turli guruxlariga xizmatni nazarda tutadilar. Ularga xazinachilik va yirik korparastiyalarga xizmat kursatish, xatto ayrim mijozlarnining maishiy xizmatlarga tulovlari, valyutalarni almashtirish, depozitlar shu bilan birga boshqalar bu xizmat turiga kiritiladi. Bundan mijozlarning katta kichikligiga qarab xizmatlar ulgurji va chakana buladi deb xulosa chiqarish mumkin. Bundan tashqari aholi urtasida banklarga nisbatan bo’lgan ishonchi usib borayotganligi va ularning moliyaviy faoliyatlari bevosita banklar bilan uzviy bog’liqligini xam hisobga olish dakor. Banklar va aholi urtasidagi Bank-mijoz tizimi bugungi kunda tug’ri amalga oshayotgani bu borada Respublika bosh banki Markaziy Banki tug’ri va istiqbolli siyosat olib borayotganligidan dalolat bermoqda. Mamlakatimizda keyingi yillarda internet va mobil banking tizimlarini joriy etish borasida muayyan ishlar olib borilmoqda. Ushbu turdagi bank xizmatlari tadbiq etish bank uchun ham, mijoz uchun ham qo’shimcha qulayliklar yaratadi. Jumladan, mijoz o’z hisobvarag’i bo’yicha bank amallarini bankka bormasdan, Internet orqali hohlagan joyidan, hohlagan vaqtda bajarish imkoniyatiga ega bo’lib, hisobvarag’ining holati, mablag’ning kelib tushishi, to’lovlarning aks ettirilishi kabi amallar haqida ma’lumotlarni olishi mumkin. Bu esa mijozni o’z vaqti va mablag’ini tejashga, manzilning uzoq-yaqinligiga qaramasdan bankni ixtiyoriy ravishda tanlashi va o’z mablag’larini tezkor boshqarish afzalliklarini yaratadi.Bundan tashqari aholi urtasida banklarga nisbatan bo’lgan ishonchi usib borayotganligi va ularning moliyaviy faoliyatlari bevosita banklar bilan uzviy bog’liqligini xam hisobga olish dakor. Banklar va aholi urtasidagi Bank-mijoz tizimi bugungi kunda tug’ri amalga oshayotgani bu borada Respublika bosh banki Markaziy Banki tug’ri va istiqbolli siyosat olib borayotganligidan dalolat bermoqda. Bank mahsulotialohida ko’rinishdagi bank faoliyatining mijozlar talabini qondirishga qaratilgan, o’zaro bog’liq bo’lgan bank xizmatlari va operastiyalarining majmui. Bizga ma’lumki mahsulot – bu faoliyat natijasidir. Shunday ekan mijozlar talabini qondirishga yo’naltirilgan xizmatlar va operastiyalar natijasi bank mahsulotini tashkil etadi. To’lov tizimini ishlash samaradorligini oshirish uchun samarali to’lov instrumentlaridan foydalanish zarur. O’zbekistonda to’lov instrumentlaridan, shu jumladan, plastik kartochkani muomalaga kiritish nafaqat banklar darajasida, balki davlat darajasida ko’rilmoqda. O’zbekiston bank tizimiga yangi texnologiya va yangi mahsulotlarni kiritish bu – xizmat turini takomillashishigagina emas, balki axborot bazasini unumli boshqarish, aholining o’sib borayotgan ehtiyojlarini qondirishdan ham iboratdir.

Yüklə 258,5 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin