1
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA
MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI
KREDIT-IQTISOD FAKULTETI
“BANK ISHI ” KAFEDRASI
ЗОКИРОВ НОДИРБЕК ФАРҲОД ЎҒЛИ
ТИЖОРАТ БАНКЛАРИНИ ИНВЕСТИЦИОН ФАОЛИЯТИНИ
ТАКОМИЛЛАШТИРИШ
5230700 – “Bank ishi” ta’lim yo’nalishi bo’yicha
Bakalavr darajasini olish uchun
BITIRUV MALAKAVIY ISHI
Ilmiy rahbar:
ўқ. Мамасобиров Д.
“___” _____________ 2015 y.
“Himoyaga tavsiya etiladi”
“Bank hisobi va auditi”
Kafedrasi mudiri v.v.b.
___________T.Boltayev
“___” _____________ 2015y.
TOSHKENT - 2015
“TASDIQLAYMAN”
“Kredit-iqtisod” fakulteti dekani,
v.v.b. i. f. n. prof. Qoraliyev T.M
_______
“____”
________________2015 y.
2
MUNDARIJA:
KIRISh .......................................................................................
3
I BOB. TIJORAT
BANKLARINING
INVESTITSION
FAOLIYATI VA UNING AHAMIYATI
7
1.1. Banklarning investitsion faoliyatining nazariy-huquqiy
asoslari ........................................................................................
7
1.2. Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish
mezonlari ....................................................................................
20
II BOB. Respublikamiz tijorat banklarining investitsion faoliyati
tahlili ...........................................................................................
33
2.1. O’zbekiston tijorat banklarining real investitsiyalari tahlili .
33
2.2. Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bilan investitsion
operatsiyalarini amalga oshirish tartibi va tahlili ...................
44
III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI ........................................
57
Xulosa .........................................................................................
66
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati ........................................
69
3
Kirish
Malakaviy bitiruv ishi mavzusining dolzarbligi. Har qanday jarayon
yoki faoliyat borki o’z-o’zidan bo’lmaydi bunga ma’lum bir sharoit, eng birinchi
o’rinda qonuniy huquq va erkinlik va mukammal ishlangan reja va g’oya talab
etiladi, shundan keyin qolgani mehnat bilan amalga oshirish mumkin. Shuning
uchun ma’lum bir faoliyat turlari borki ularni rivojlantirmasdan iqtisodiyotni
rivojlantirib bo’lmaydi, bunday masalalarni markazida albatta banklar turadi,
chunki har qanday masalani yechimi bozor iqtisodiyoti sharoitida moliyaviy
qo’llab quvatlash yotadi. Bunda ijtimoiy masalalarni ijobiy hal qilishning asosiy
vazifalaridan biri banklarning investitsion faoliyati barqarorligini ta’minlash,
rivojlantirish va islohatlar o’tkazish va yangiliklar joriy qilish natijasida
iqtisodiyotni shu jumladan, moliya bozorini ham rivojlantirishga erishish
mumkin.
Bank investitsiya faoliyatini amalga oshirish uchun bu ishdan ko’zda
tutilgan maqsadlarni aniqlab olishi zarur. Tijorat banklari uchun bu vazifa
odatda mablag’larni saqlash, diversifikatsiyalash, daromad va likvidlikni
ta’minlashdan iborat. Amaliy jihatdan olganda, tijorat bankining barcha
depozitlarini bir xil ssudalarga joylashtirish mumkin emas. Bunday holat
investitsiyalashning asosiy qoidasi - diversifikatsiyalashga zid kelgani uchun
ham mumkin emas va noshudlik hisoblanadi. Diversifikatsiyalash deganda
majmuada turli-tuman ko’rinishdagi qimmatli qog’ozlar borligi tushuniladi.
Diversifikatsiyalash (tabaqalashtirish) siyosatida qaytarish muddatlari, jug’rofiy
taqsimlanishi, majburiyatlar turi va emitent hisobga olinishi lozim.
Diversifikatsiyalash yo’li bilan tavakkalchilik xavf-xataridan butunlay qochib
qutulib bo’lmaydi, ammo uni bir muncha pasaytirish mumkin. Investitsiya
siyosatining asosiy ustivorliklari va yo’nalishlari haqidagi hujjatlar bo’lishi
maqsadga muvofiq hisoblansada, banklarning hammasi ham unga ega emas, gap
shundaki, tavakkalchilik xavf-xatari faqat investitsiya faoliyati bilangina
cheklanib qolmaydi, qimmatli qog’ozlarda faol operatsiyalar o’tkazish bilan
4
bog’liq tavakkalchilikni boshqa sohalarda ehtiyotkorona siyosat o’tkazish bilan
muvozanat holiga keltirsa bo’ladi. Albatta, iqtisodiyotni erkinlashtirish
sharoitida tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiyalarni
keng qo’lamda eng foydali tarzda joylashtirish yangi mijozlarni jalb qilish
sohasidagi raqobat kurashi kuchayadi. Sog’lom raqobat kurashida faol
qatnashish uchun tijorat banklari o’z faoliyatlarini takomillashtirishi, shu
jumladan, qimmatli qog’ozlar bozorida faol investitsiya siyosatini olib borishlari
lozim. Investitsiya faoliyati tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi
imkoniyatlaridan foydalanishni kengaytirish, muayyan daromad olish, bank
likvidligini ta’minlashda muhim rol o’ynaydi.
2014 yilda iqtisodiyotimizga jalb qilingan investitsiyalar hajmi 10,9 foizga
o’sdi va AQSh dollari hisobida 14 milliard 600 million dollarni tashkil etdi.
Bunda jami kapital qo’yilmalarning 21,2 foizdan ortig’i yoki 3 milliard
dollardan ziyodini xorijiy investitsiya va kreditlar tashkil qildi. Ularning to’rtdan
uch qismi to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalardir.
Investitsiya dasturini amalga oshirishda korxonalarning o’z mablag’lari
hisobidan yo’naltirilgan to’g’ridan-to’g’ri xususiy investitsiyalarning yildan-
yilga faol ishtirok etayotgani barchamizga alohida mamnuniyat bag’ishlaydi.
Birgina o’tgan yilda bunday investitsiyalar hajmi 10,3 foizga o’sib, 4 milliard
300 million dollarni yoki jami investitsiyalar hajmining qariyb 30 foizini tashkil
etdi.
O’tgan yili tijorat banklarining investitsiyaviy faoliyati ham kengaydi. Ular
tomonidan 1 milliard 700 million dollar yoki 2013 yilga nisbatan 20 foiz ko’p
investitsiyalar yo’naltirildi.
Jami investitsiyalarning 73 foizdan ortig’i ishlab chiqarish sohasiga va
qariyb 40 foizi mashina va uskunalar xarid qilishga sarflandi
1
.
1
Каримов И.А. «2015 йилда иқтисодиётимизда туб таркибий ўзгаришларни амалга
ошириш, модернизация ва диверсификация жараёнларини изчил давом эттириш ҳисобидан
хусусий мулк ва хусусий тадбиркорликка кенг йўл очиб бериш – устувор
вазифамиздир”.Тошкент.: “Ўзбекистон”, 2015 й. 6-7 б.
5
2014 yil mobaynida korxonalarni modernizatsiya qilish, texnologik va
texnik jihatdan qayta jihozlash maqsadlariga tijorat banklari tomonidan jami 8,5
trln. so’m yoki 2013 yilga nisbatan 1,2 barobar ko’p investitsion kreditlar
ajratildi. Bunda banklarning investitsion kreditlari ustuvor ravishda «2011-2015
yillarda sanoatni rivojlantirish», «2014 yilgi Investitsiya dasturi» hamda
tarmoqlarni modernizatsiya qilish, mahalliylashtirish va hududlarni rivojlantirish
Davlat dasturlariga kiritilgan loyihalarni moliyaviy qo’llab-quvvatlashga, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlik sub’ektlari tomonidan ishlab chiqarish
texnologiyalarini sotib olishga yo’naltirilmoqda
2
Mamlakatimizda banklarning kredit portfeli tarkibida uzoq muddatli
investitsiyaviy moliyalashning ulushiga qarab tabaqalashtirilgan foyda solig'i
stavkalarining joriy etilishi tijorat banklarining investitsiyaviy faolligini
oshirishga xizmat qilayotgani alohida qayd etildi. Milliy iqtisodiyotni
modernizatsiya qilish va raqobatbardoshligini oshirish borasida amalga
oshirilayotgan ichki va tashqi investitsiyalarni jalb etishni yanada faollashtirish,
mamlakat investitsion jozibadorligini oshirish, investitsiyalar samaradorligini
baholash va investitsiya faoliyatini moliyalashtirishni takomillashtirish,
iqtisodiyotning real sektoriga investitsiyalarni jalb etishda tijorat banklari
ishtirokini yanada qo'llab-quvvatlash, investitsiya faoliyatini moliyalashtirishda
qimmatli qog'ozlar vositalaridan foydalanish masalalari bo'yicha ilmiy taklif va
amaliy tavsiyalar ishlab chiqilyapti.
Dostları ilə paylaş: |