III BOB. TIJORAT BANKLARINI INVESTITSION FAOLIYATINI
TAKOMILLASHTIRISH YO’LLARI
Xususan mamlakatimiz prezidentining 2010 yil 16 noyabrdagi “ 2011-
2015 yillarda respublika moliya – bank tizimini yanada isloh va
barqarorlashtirishni oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatgichlariga
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi PQ – 1438 sonli Qaroriga
muvofiq moliya bank barqarorligini baholash tizimini barqarorlashtirish, tijorat
banklar investitsion faolligini oshirish, mamlakatning kredit reytingi aniqlash
uslubiyatlarini takomillashtirish, qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirish,
banklarning xorijiy investitsiyalarni jalb qilishdagi rolini oshirish borasida bir
qator ishlarga erishildi. Jahon tajribasidan ma’lumki, tijorat banklarning
investitsion jarayonlarida faol qatnashishi iqtisodiyotni modernizatsiya qilishda
va mamlakatning iqtisodiy salohiyotini yuksaltirishda muhim o’rin tutadi. Ya’ni,
“Barchamiz oddiy bir haqiqatni anglab olishimiz darkor - investitsiyalarsiz
modernizatsiya ham, yangilanish ham bo’lmaydi. Bu o’rinda nafaqat korxonalar
tomonidan investitsiya loyihalarini oshirish jadallashtirishni, balki bundan
tijorat banklari qanchalik manfaatdor ekani va ular bu loyihalarni o’z kredit
resuruslari bilan nechog’lik faol ishtirok etayotganligini ham ko’zda tutamiz.
Buning uchun tijorat banklar yetarli kapitalga ega, moliyaviy barqaror bo’lishi
lozim., bir so’z bilan aytganda ular yirik investitsiya institutlariga aylanishi
darkor ”
19
. Tijorat banklarning yirik investitsiya institutlariga aylanishi o’z
navbatida, iqtisodiy barqarorlikkaa erishish muhim o’rin tutadi. Tijorat banklari
tomonidan investitsion faoliyat olib borishdan asosiy maqsad ularning
daromadligi va likvidligini taminlashdan iborat. Rivojlangan mamlakatlar
iqtisodiyoti tijorat banklar investitsion siyosati bank faoliyatining asosiy
yo’nalishlaridan biri hisoblanadi va banklarning likvidligini taminlashda asosiy
rol o’ynaydi. Banklarning investitsion faoliyati turli xil qimmatli qog’ozlar:
19
Krimov.I.A Asosi maqsadimiz- vatanimiz taraqqiyoti va xalqimiz farovonligini yanada yuksaltirish.
Toshkent “O’zbekiston” 2010-B. 57
60
oddiy va imtiyozli aksiyalar, obligatsiyalar, dipozit serfikatlari h.k mablag’larni
qo’yish orqali amalga oshiriladi. Qimmatli qog’ozlar bozori zamonaviy bozor
iqtisodiyotining ajralmas qismi sifatida, bo’sh moliyaviy resurslarni foydali
joylashtirishni xohlovchi investorlarning hamda investitsiyalarga ehtiyoj sezgan
va jozibali investitsiya loyihalarga ega bo’lgan emitentlarning manfaatlarini
uyg’unlashtirishga yordam beradi.
Bank tizimi va qimmatli qog’ozlar bozori milliy iqtisodiyotning yetakchi
sohalaridan hisoblanib, davlat tomonidan qabul qilinayotgan qonunlar, farmonlar,
qarorlar va amalga oshirilayotgan chora-tadbirlari ushbu sohalarni rivojlantirishga
qaratilgan.
Qimmatli qog’ozlar bozorini rivojlantirishda davlat tomonidan amalga
oshirilgan asosiy chora tadbirlardan biri, bir qator qonunlar qabul qilinishi bilan
qimmatli qog’ozlar bozorining davlat boshqaruvidagi vakolatli nazorat idorasi sifatida
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoni va Respublika Vazirlar
Mahkamasining qaroriga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk
Qo’mitasi huzurida qimmatli qog’ozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va
nazorat qilish Markazining tashkil etilishi hisoblanadi. Markaz O’zbekiston
Respublikasi Prezident Farmoni va Respublika Vazirlar Maxkamasining
qaroriga asosan tasdiqlangan Nizomiga binoan Respublikada qimmatli qog’ozlar
bozorini shakllantirishi, rivojlantirish, nazorat qilish va boshqarish sohasida
davlatning iqtisodiy siyosatini amalga oshirib kelmoqda.
Tijorat banklarining eng muhim vazifalari an’anaviy tarzda
quyidagilardan iboratdir:
Vaqtinchalik bo’sh pul mablag’lari jamg’armalar va yig’malarni
mujassamlashtirish;
hisob-kitob to’lov mexanizmi faoliyat ko’rsatishini ta’minlash, xalq
xo’jaligida hisob-kitobni amalga oshirish va tashkil etish, to’lov
muomalasini yo’lga qo’yish;
61
Alohida xo’jalik birikmalari, yuridik va jismoniy shaxslarni
kreditlash, ichki va tashqi xo’jalik aylanmasiga kredit-moliya xizmati
ko’rsatish;
Veksellarni hisobga olish va ular bilan operatsiyalar o’tkazish;
Moliyaviy va moddiy boyliklarni saqlash;
Mijozlarning mulkini ishonchli tarzda boshqarish
( trast operatsiyalari) .
Tijorat banklari tobora o’zlariga xos bo’lmagan operatsiyalarini
amalga oshira borib banklar uchun noan’anaviy hisoblangan moliya
tadbirkorligini joriy etmoqda, jumladan, qimmatli qog’ozlar operatsiyasi,
lizing va faktoring hamda kredit-moliya xizmatining boshqa turlari bilan
shug’ullanmoqda, taqdim etiladigan xizmatlar doirasini tinmay kengaytirib,
sifatini yaxshilamoqda, Yangi istiqbolli mijozlarni jalb qilish uchun
raqobatlashmoqda.
O’zbekistonda qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining
faoliyat mexanizmlari va ularni tartibga solishni yanada takomillashtirish
maqsadida quyidagi tahliliy natijalarga kelindi;
qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining davlat va o’z-o’zini
muvofiqlashtirish
institutlari
tomonidan
tartibga
solish
tizimining
takomillashtirish darajasini oshirish maqsadga muvofiqdir;
banklar qimmatli qog’ozlar bozorida passiv va aktiv operatsiyalarni
sust olib bormoqdalar;
banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsiya, emissiya va
dividend siyosatlari talab darajasida emas;
banklar qimmatli qog’ozlar bozorida professional ishtiroksi sifatida
sust faoliyat yuritmoqda;
banklarda korporativ boshqaruv va menejment masalalari passiv hal
etilmoqda;
62
banklarning kredit va qimmatli qog’ozlar bozoridagi siyosatlari
balansi past samara bermoqda.
Yuqorida ko’rsatilgan tadbirlar natijasida O’zbekistonda tijorat
banklari faoliyatini qimmatli qog’ozlar bozorida faollashtirishda asosiy
e’tibor quyidagi yo’nalishlarga qaratilishi maqsadga muvofiq.
tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi faoliyatining
huquqiy va me’yoriy asoslarini takomillashtirish;
o’z-o’zini muvofiqlashtiruvchi tashkilotlarning roli va vazifasini
takomillashtirish ;
tijorat banklarida korporativ boshqarish va menejmentni yaxshilash.
Ushbu yo’nalishlarni amaliyotga chuqurroq tadbiq etilishi qimmatli
qog’ozlar bozorida tijorat banklari investitsion faoliyatini yanada
jadallashtirishga olib kelishi mumkin.
Hozirda
banklarning
investitsion
faoliyatini
samarali
amalga
oshirishda quyidagi muammolar mavjud:
Banklarning ustav fondidagi davlatning ulushi kattaligi emissiya qilingan
aksiyalarning 79% past aksiyalar taklifi, muomalada faqatgina emissiya qilingan
aksiyalarning 13% mavjud.
Aksiyalarni kichik lotlar bilan joylashtirilmaydi, bu esa aksiyalarni
yoyilishiga yo’l qo’ymaydi va ikkilamchi bozorda banklarning investitsiya
faoliyatini rivojlanishiga halaqit beradi.
Qimmatli qog’ozlar likvidliligini yo’qligi banklarning investitsion
faoliyatini yuritishda riskning yuqori ekanligini bildiradi.
Emitentlar faoliyatini shaffof emasligi banklarning faol investitsion
faoliyat yuritish o’rniga qimmatli qog’ozlar bozorida passivligiga olib keladi.
Listingni rivojlanmasligi va banklarni bozor kotirovkasida manfaat
yo’qligi bildiradi.
Banklarning qimmatli qog’ozlar bozorida investitsion va emission
siyosatining sifatini pastligi va ularda qimmatli qog’ozlar bozorida vositachilik
63
faoliyatini rivojlantirish bo’yicha strategiyani yo’qligi.
O’zbekistonda banklarning investitsion faoliyatini rivojlanish istiqbollari
quyidagicha:
banklarning investitsion riskini sug’urtalash tizimini ishlab chiqish va
qo’llash, investitsiya va risklarni sug’urtalash fondini tashkil etish;
Market – meyker institutini rivojlanishiga soliq imtiyozlarini yaratish
qimmatli qog’ozlar likvidliligini va bozor kotirovkasini ta’minlaydi, bu esa fond
bozorida banklarning investitsion faolligini oshiradi.
Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar faoliyatini reyting baholashini
ishlab chiqish va qo’llash.
Qimmatli qog’ozlar bozorida banklar va sug’urta kompaniyalarning
investitsion faoliyatini faollashtirish.
Milliy qimmatli qog’ozlar bozorini xalqaro fond birjalar bilan
integratsiyalashuvini ta’minlash, bu esa banklarning investitsion faoliyatiga ijobiy
ta’sir ko’rsatadi.
Respublika qimmatli qog’ozlar bozorida tijorat banklarining investitsion
faoliyatini rivojlantirish va istiqbollarini belgilashda davlat tomonidan bir qator
tadbirlar amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyoti talablariga javob bera
oladigan bank tizimini shakllantirish, banklarni moliya bozorlarida, jumladan
qimmatli qog’ozlar bozoridagi rolini faollashtirish, ularning faoliyatini Jahon
banklari amaliyotiga yaqinlashtirish va pirovard natijada, banklarning ichki va
xalqaro moliyaviy bozorlarda raqobatbardoshligini yuqori darajasiga erishish
davlat tomonidan bank tizimininig isloh qilishning strategik maqsadi
hisoblanadi. Bu maqsadga erishish uchun, banklarni xususiylashtirish va davlat
tasarrufidan chiqarish jarayonlarini chuqurlashtirish, tijorat banklarini yanada
aksiyadorlashtirish, banklarga rahbarlik qilishda aksiyadorlarning rolini oshirish
yo’li bilan korporativ boshqarish tizimini mustahkamlash lozim.
O’zbekiston Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozoridagi tijorat
banklarining investitsiya faoliyatini jadallashtirish yo’lidagi asosiy vazifalardan
biri – bu bozorning axborot shaffofligi darajasini oshirishdan iboratdir, ya’ni
64
tegishli axborotga qiziqishi paydo bo’lgan shaxslar uni olishda teng huquqqa ega
bo’lishlaridir. Ushbu masalani yechishda qimmatli qog’ozlar bozoriga oid
axborot shaffoflik tizimini yaratish muhim ahamiyatga ega. Investorlar
tomonidan qo’yilgan asosiy shartlardan biri bo’lib emitentlar va ularning
qimmatli qog’ozlar haqidagi axborot sifat darajasining oshishidir. Har bir
investor qimmatli qog’ozlarga mablag’ ajratishdan oldin emitent va qimmatli
qog’ozlar harakati to’g’risidagi ma’lumotlarni tahlil qilib riskga baho beradi.
O’zbekiston Respublikasi Davlat mulk qo’mitasi qoshidagi qimmatli qog’ozlar
bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi faoliyati aynan
shunga qaratilgan.
Tijorat banklari investitsiya faoliyatining indikatorlari quyidalar
hisoblanadi
20
:
investitsion resuruslar real qiymati indeksi;
bank investitsiyalar hajmi;
banklar umumiy aktivlarining investitsion qo’yilmalarning ulushi;
ob’yektlar bo’yicha bank investitsiyalar tarkibiy ko’rsatgichlari;
banklar ivvestitsion faoliyatining samaradorlik ko’rsatgichlari,
jumladan investitsiya hajmi hisobiga aktivlar va foydaning qo’shimcha
ulushi;
foydaning moliyaviy aktivlarga kapital qo’yilmalar bilan ishlab
chiqarish
tarmoqlariga
investitsiyalashni
taqqoslash
daromadlik
ko’rsatkichlar.
investorlarning milliy qimmatli qog’ozlar bozoriga bo’lgan qiziqishi
o’sishini ta’minlash maqsadida quyidagilarni amalga oshirishni shakillantirish
(rivojlantirish) lozim:
investorlar emitent-zayom oluvchining taxminiy loyihasidan bo’lgan
risk va investitsiya rejalarini to’liq yoritib beruvchi asosiy hujjat bo’lmish
qimmatli qog’ozlar emissiyasining standartlashtirilishi;
20
A.V. Belikova. Metodicheskiy jurnal «investitsionniy banking» №3(3)/2006
65
investorlarga emitent-zayom oluvchi tomonidan jamg’armalarni
boshqarish samaradorligi va investitsiya daromadliligini istiqbollarining
ishonchliligini nazorat qilish borasida emitentlarning joriy hisobotini
standartlashtirish.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-
1438-sonli “2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh
qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga
erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida”gi Qaroriga ko’ra 2011 yilda
respublika bank tizimi barqarorligini ta’minlash va iqtisodiyotning yuqori o’sish
sur’atlarini rag’batlantirishga qaratilgan quyidagi qator muhim chora-tadbirlar:
Iqtisodiyotga yo’naltirilgan kreditlar hajmini oshirish va banklarning
investitsion jarayonlaridagi ishtirokini yanada kengaytirish borasida:
iqtisodiyotning real sektori korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik
va texnologik jihatdan qayta jihozlash bo’yicha investitsion loyihalarini,
jumladan hududlarni rivojlantirish dasturlariga kiritilgan loyihalarni kreditlash
hajmlarini yil mobaynida 30 foizga ko’paytirish;
investitsiya maqsadlari uchun uzoq muddatli kreditlar ajratish
mexanizmlarini yanada takomillashtirish;
O’zbekiston banklar assotsiatsiyasi qoshida tijorat banklari bilan
hamkorlikda investitsiya loyihalari bo’yicha loyiha hujjatlari tayyorlashni
moliyalashtirish jamg’armasini tashkil qilish;
tijorat banklarining ustav kapitaliga yo’naltirilgan maqsadli mablag’lar
hisobidan iqtisodiyotning real sektori korxonalarini imtiyozli kreditlash bo’yicha
amalga oshirilayotgan chora-tadbirlarni davom ettirish;
"Inqirozga qarshi choralar dasturi"da 2012 yil uchun belgilangan chora-
tadbirlarni to’liq amalga oshirish, xususan:
to’lanmay qolgan qarzlari tufayli banklarning balansiga o’tkazilgan
bankrot korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish, ishlab chiqarish faoliyatini
tiklash, yangi mahsulotlarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va zamonaviy
66
boshqaruv usullarini tadbiq etish hamda ularni yangi investorlarga sotish bilan
bog’liq ishlarni davom ettirish;
barqaror eksport salohiyatiga ega korxonalarni imtiyozli kreditlar
ajratish yo’li bilan moliyaviy qo’llab-quvvatlashga doir ishlar amalga oshiriladi.
Respublikamizda
investitsiyalar
hajmining
o’sishi
va
ularni
moliyalashtirish manbalari tarkibidagi o’zgarishlar sifat jihatdan istiqbolini
belgilash hamda rivojlanishini belgilab beradi. Banklar tomonidan bankrot
korxonalarni moliyaviy sog’lomlashtirish va qayta tiklash, ularni texnik va
texnologik jihatdan monidernizatsiyalash hamda qayta jihozlashni taminlash,
ichki va tashqi bozorlarda raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqarishni tashkil
etish ishlar etish bo’yicha 2013 yilning 1-sentabr holatiga ko’ra tijorat banklar
tomonidan korxonada modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan qayta
jihozlash uchun banklar tomonidan 442,6 mlr.so’m miqdorida investitsiyalar
kiritildi. Iqtisodiy nochor korxonalarni sog’lomlashtirish mexanizmi yangi
mahsulotlar ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish, boshqaruvning zamonaviy
usullarini joriy etish, yangi ish o’rinlarini yaratish bozorida, bankrotlik tufayli
xizmatchilarga o’z vaqtida berilmagan oylik ish haqlarini, ta’til pullarini
qoplashdek muhim iqtisodiy vazifani ham bajaradi.
Yuqoridagi ko’rsatgichlarga asosan xulosa qilish mumkinki, tijorat
banklarning sanoat korxonalarning moliyaviy jihatdan qo’llab – quvvatlash
jarayonida faol ishtirok etayotganligi, iqtisodiy nochor korxonalar banklar
balansiga olgan holda ular faoliyatini tiklayotganligi nafaqat investitsion
faollikning oshishiga, balki yuqori sifatli va raqobatdosh mahsulotlar ishlab
chiqarish hamda yangi ish o’rinlari yaratilishi muhim o’rin tutmoqda.
67
Xulosa
Tijorat banklarida investitsiya jarayoni asosan quyidagi 3 yo’nalishda
amalga oshiriladi: Investitsiya maqsadida mablag’lar mobilizatsiyasini amalga
oshirish (jamlash); Investitsion hususiyatga ega bo’lgan kreditlar taqdim etish;
Mablag’larni qimmatli qog’ozlarga joylashtirish (ham bank hisobidan, ham
mijoz topshirig’iga ko’ra);
Banklar tomonidan loyihaviy moliyalashtirish bu investitsiya loyihalarini
kreditlashtirishning bir turi bo’lib, kreditor bu loyihani amalga oshirish bilan
bog’liq risklarni qisman yoki to’liq o’z zimmasiga oladi . Agar banklarning
oddiy kredit operatsiyalarida eng avvalo qarzdorning kreditga qobiliyatliligini
o’rganishga, uning moliyaviy va iqtisodiy holatini, shuningdek garov sifatida
foydalanadigan mol mulklarni baholashga asosiy ahamiyat berilsa, loyihaviy
moliyalashtirishda esa loyihaviy tahlilga asosiy e’tibor qaratiladi.
Xulosa qilib aytish mumkinki, hozirda tijorat banklaridan iqtisodiyot
tarmoqlari va biznes sohalari bo’yicha keng investitsiya imkoniyatlari
tadqiqotlarini o’tkazish, ularning natijasiga asosan tarmoqlar va biznes sohalari
bo’yicha investitsiyalarni yo’naltirish talab etilmoqda. Hukumatimiz tomonidan
yaratilib berilayotgan imtiyozlar banklarning investitsion faoliyatini yanada
rivojlantirishga imkon yaratmoqda. Sababi, banklarning likvid qimmatli
qog’ozlarga qilgan investitsiyalari bank ichki boshqaruvida bir qator muhim
funktsiyalarni bajarishga va uning faoliyatini yaxshilashga katta rol
o’ynamoqda. Bu qimmatli qog’ozlar, kreditlardan farqli ravishda, qo’shimcha
daromad manbaini tashkil qilmoqda. Bu esa bank va aktsionerlar uchun juda
muhimdir. Shuningdek bu operatsiya yuqorida aytib o’tilganidek, bank
likvidligini ushlab turishini ta’minlaydi va o’z vaqtida bankning moliyaviy
mablag’larga bo’lgan talabini qondiradi. Bu operatsiyaning yana bir hususiyati
shundaki, soliqdan ozod qilingan qimmatli qog’ozlarga investitsiyalash orqali
bankning soliq majburiyatlarini kamaytirishga hizmat qiladi.
68
Tijorat banki qimmatli qog’ozlarni sotib olishda, albatta, ayrim faktorlarni
inobatga olishi zarur. Bu omillarga kutilayotgan daromad me’yori, bankning
soliq majburiyatlari, foiz riski, kredit riski, likvidlilik riski, inflyatsiya riski va
boshqalar mansubdir.
Tijorat banklarining qimmatli qog’ozlar bozoridagi investitsiya faoliyatini
takomillashtirishdagi muammolardan biri - portfelni boshqarishdan ko’zlangan
maqsadni aniqlash hisoblanadi. Ushbu muammo portfelni shakllantirish statistik
ma’lumotlardan, portfelni boshqarishdan dinamik masalalarga o’tish jarayonida
ba`zi modellarini modifikatsiyalash zarurligi bilan bog’liq.
Bank amaliyoti ko’rsatishicha, shartnomaning amal qilish muddati
bo’yicha mijoz o’z investitsiya manfaatlarini o’zgartira olmaydi. Ushbu vazifani
amalga oshirish investitsiya portfeli prognozini aniqlash imkonini beradi.
Maqsadlarga ko’ra, banklarning investitsiya faoliyati aktivlar o’rtasida
portfel investitsiyalarini samarali taqsimlanishidan iboratdir. Ushbu portfel
shakllanishida xavfsizlik, daromadlilik kabi jihatlarga e’tibor qaratish lozim.
Investitsiya nazorati portfelining ikki turini, ya’ni daromad va o’sish
portfelini alohida ajratish lozim. Ushbu portfellar asosida daromad shakllanadi.
Har bir portfel kam risklilik, yuqori likvidlilik va daromadlilik tamoyillariga
asosan shakllanadi.
Investitsiya portfeli jismoniy yoki yuridik shaxsga tegishli bo’lgan
qimmatli qog’ozlar majmui hisoblanadi. Ushbu portfelni boshqarishdan maqsad
portfelning investitsiya xususiyatini saqlab qolishdir. Portfelli investitsiyani
boshqarishda investor o’zi uchun shart - sharoit yaratishi, banklar esa, qimmatli
qog’ozlarni optimal tuzulmasini aniqlashi zarur.
Demak, yuqorida keltirilgan ma’lumotlardan kelib chiqib, banklarning
investitsion faoliyatining samaradorligini oshirish uchun quyidagi takliflarni
keltirish mumkin:
1. Tijorat banklarining investitsiya faoliyati kengaytirilishini yanada
rag’batlantirish, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va
69
texnologik qayta jihozlashga yo’naltirilgan uzoq muddatli investitsiya
loyihalarini moliyalash hajmlarini oshirish uchun ularning resurs bazasini
mustahkamlash;
2. Tijorat banklarida investitsion portfelni diversifikatsiyasini yanada
takomillashtirish lozim.
3. Banklarimiz uzoq muddatli resurlarini ko’paytirish vositasida uzoq
muddatli samarador loyihalarga investitsiyalarni yo’naltirish lozim. Uzoq
muddatli resurslarni ko’paytirish uchun avvalambor, banklarni kapitallashuv
darajasini oshirish, keyin banklar tomonidan uzoq muddatli depozit
sertifikatlarini chiqarish, aholi va yuridik shaxslarning muddatsiz depozitlari
o’rniga uzoq muddatli depozitlarini ko’proq jalb qilish lozim. Bunga har xil
imtiyozlarni joriy qilish, jozibador omonat turlarini tashkil qilish orqali erishish
mumkin.
4.
Xorijiy
banklarda
investitsion
risklarni
boshqarishda
keng
qo’llaniladigan usullardan foydalanishni mahalliy banklar amaliyotida joriy
etish maqsadga muvofiq.
6. Tijorat banklarida qimmatli qog’ozlar bilan operatsiyalarni kengaytirish
lozim, xususan, ikkilamchi qimmatli qog’ozlar bozorida. Jami aktivlarda
qimmatli qog’ozlarning ulushi 1 foizga ham etmaydi. Vaholanki, rivojlangan
mamlakatlarda uning ulushi kreditlardan so’ng ikkinchi o’rinda turadi va ulushi
20-30 foizni tashkil etadi.
|