57
normativ hujjatlarda qimmatli qog’ozlar bozorida har qanday funksiyalarni
bajarish uchun biron-bir cheklashlar yo’q. Demak banklar emitent, investor,
investitsiya muassasasi sifatida ham ish olib borishlari mumkin.
Banklarning
barqaror moliyaviy ahvoli va bank operatsiyalarining yuksak darajadagi
daromadliligi banklarga katta hajmdagi resurslarni qimmatli qog’ozlar bilan
operatsiyalarga yo’naltirish imkonini beradi. An’anaviy bank operatsiyalari
bo’yicha daromadlilik darajasi pasayishi banklarni
boshqa muqobil daromad
manbalari ustida yanada faolroq ishlashga majbur qilmoqda. Mijozlarning
moliyaviy-xo’jalik faoliyati to’g’risida keng ko’lamli axborotga ega bo’lgan
banklar yirik emitentlar sifatidagina emas, ayni paytda yirik investorlar sifatida
ham faoliyat yuritmoqda. Banklar o’z salohiyatidan faol tarzda foydalanib,
qimmatli qog’ozlar bozorida bevosita ishtirokchi va shu bilan birga umuman
qimmatli qog’ozlar bilan savdo-sotiqni rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitni
yuzaga keltiradigan fond bozori infratuzilmasining
muhim yordamchi
muassasasi sifatida ham tobora kattaroq ahamiyatga ega bo’lib bormoqda.
Banklarda o’z qimmatli qog’ozlarini chiqarish asosida o’zlarining ustav va
aylanma jamg’armalariga qo’shimcha resurslarni jalb etish ehtiyoji borligi
qimmatli qog’ozlar bozorida banklarni faollashtirishning eng muhim omillaridan
biridir.
O’zbekiston Respublikasi fond bozori faoliyat yuritib kelayotgan davr
mobaynida mamlakat tijorat banklari uning faol ishtirokchilari bo’libgina
qolmasdan, bozor infratuzilmasini shakllantirishga doir vazifalarning bir qismini
ham o’z zimmalariga oldilar. Bu borada O’zbekiston
Respublikasi Tashqi
iqtisodiy faoliyat milliy banki haqli ravishda etakchi o’rinlardan birini egallab
turibdi. Respublikadagi eng katta universal bank hisoblanuvchi O’zmilliybank
fond bozorida avvalo investor sifatida ishlamoqda. Bunda u korxonalarning
ishlab chiqarish salohiyatini kengaytirishga qaratilgan milliy investitsiya
dasturiga tayanib ish ko’rayapti.
O’zR Prezidentining “Iqtisodiyot real sektori
korxonalarining moliyaviy
barqarorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to’g’risida” 2008 yil 18
58
noyabrdagi PF-4053 sonli Farmonini bajarish, shuningdek O’zbekiston
Respublikasida qimmatli qog’ozlar bozori infratuzilmasini rivojlantirish
maqsadida Bank tomonidan ikki boshqaruvchi kompaniya – “NBU INVEST
GROUP” OAJ va “NBU Investment” OAJ tashkil etildi. Bu kompaniyalarning
ustavida belgilangan asosiy vazifalar
xorijiy investitsiyalarni, investitsiya
fondlarini tashkil qilish, konsalting, anderrayting, depozitar xizmatlar ko’rsatish
hamda iqtisodiy nochor korxonalarning mulki negizida tashkil etilgan shu’ba
korxonalarning aktivlarini samarali boshqarishdan iboratdir.
Qimmatli qog’ozlar bozoridagi bank operatsiyalari bo’yicha asosiy moliya
vositalari quyidagilardan iborat:
• davlat qimmatli qog’ozlari va O’zbekiston Respublikasi Markaziy
bankining obligatsiyalari;
• depozit sertifikatlari va depozit (jamg’arma) sertifikatlari;
• korporativ obligatsiyalar;
• aktsiyalar.
Bank qimmatli qog’ozlardan dividendlar, foizlar, kurs (bozor)
qiymati
o’sishi ko’rinishida, shuningdek yangi mijozlarni hisobiga faoliyat sohasi
kengayishidan daromad olish istiqbollari mavjud bo’lgan hollarda, aktivlar
likvidligi talablarini
hisobga olgan holda, qimmatli qog’ozlarga mablag’larni
investitsiyalaydi. Bankning o’z mablag’lari mamlakat iqtisodiyoti va/yoki Bank
uchun strategik ahamiyatga ega bo’lgan emitentlarning qimmatli qog’ozlariga
ham yo’naltirilishi mumkin.