35
Investitsion kreditlash sub’ekti – davlat, Banklar va boshqa huquqiy va
jismoniy shaxslar, shu jumladan chet el huquqiy va jismoniy shaxslari va boshqa
sub’ektlar bo’lishi mumkin. Shu bois investitsion kreditni amalga oshiradigan
davlat, banklar va boshqa huquqiy yoki jismoniy shaxslarni jumladan chet el
huquqiy yoki jismoniy shaxslarini ham investorlar
deb atash maqsadga
muvofiqdir.
“Investitsiya faoliyati to’g’risidagi” qonunda investitsion faoliyat ob’ektlari
– moddiy va nomoddiy ne’matlar ishlab chiqarish ob’ektlari investitsion
faoliyatning obektlaridir deb qayd etilgan. Shuning uchun investitsion kredit
sifatida yo’naltirilayotgan mablag’lar hamda ushbu mablag’lar yo’naltirilgan
yoki tushgan joyni investitsiya ob’ekti sifatida qarash mumkin.
Investor investitsion kreditlashni amalga oshirish uchun ma’lum
miqdordagi mablag’ yoki investitsiya resurslariga ega bo’lishni yoki
jamg’arishni talab etadi. Jamg’arma omonatlari, kredit resurslari kengaytirilgan
takror ishlab chiqarishni uzluksiz davom ettirish maqsadida zaruriy asosiy,
aylanma va boshqa mablag’lar olinadi va ular ishlab chiqarishga sarflanishi
natijasida kapital qo’yilmalar shaklida namayon bo’ladi. Natijada esa olingan
mahsulot kapital mulkga aylanadi va uni investitsion jarayonda sotish orqali
ma’lum miqdor foydaga yoki iqtisodiy samaraga erishiladi. Ushbu bosqichlarni
ilmiy nuqtai nazardan investitsion jarayon sifatida ifoda etishimiz mumkin. Shu
munosabat bilan investitsion jarayonni 4
bosqichga, ya’ni dastlabki bosqich,
investitsion kreditni amalga oshirilayotgshan davr, investitsion kreditlash
tugagan davr va investitsion kreditlash natijasi davrlariga bo’lish mumkin.
Ushbu bosqichlarda investitsiya resurslari mos ravishda - jamg’armalar, kapital
qo’yilmalar, kapital mulk va iqtisodiy samara ko’rinishlariga ega bo’ladi.
Demak, investitsion kreditlash jarayonida bank, investitsion kredit resurslarini
sarf qiladigan sohalarga o’zi ko’zlagan maqsadni,
asosan foyda olish yoki
samaraga erishish uchun joylashtiriladi va bank amalga oshirgan bunday faoliyat
investitsion kreditlash faoliyat ko’rinishda ifodalanadi.
36
Hozirda, ichki va tashqi investitsion kreditlarni rag’batlantirishga
qaratilgan qator imtiyozlar joriy etilganiga qaramay, ushbu faoliyatni
jozibadorligini ta’minlash etarli darajada bo’lmaganligi sababli banklar va
boshqa investorlar tomonidan o’zining mablag’ini ishlab chiqarishdan ko’ra
muomala sohasiga qo’yishni daromadliroq hisoblanmoqda.
Bozor
iqtisodiyotinin
xo’jalik sub’ektlarida moliyaviy resurslar
etishmasligi sarmoya qo’yish darajasini oshirishning chegaralab turuvchi asosiy
sabablardan biri bo’layotganligi bois, bugungi kunda nafaqat xo’jalik
sub’ektlariga balkim iqtisodiyotga investitsion kreditlar jalb qilishni banklari
orqali amalga oshirishni jadallashtirish asosiy muammolardan biri bo’lib
qolmoqda.
Investitsion faoliyat va uning manbalari iqtisodiyot rivojining jadal
suratlarini belgilab berish bilan birga u har qanday tizimda ko’p
jihatdan
mintaqa va mamlakat iqtisodiyotining barqaror o’sib borishini va taraqqiy etish
darajasini ham ifoda etishi lozim.
Jahon amaliyotida davlatning investitsion jarayonlarga aralashuvining
qo’yidagi shakillari keng qo’llaniladi:
- Byudjet hisobidan subsidiyalar berish;
- Xorijiy kreditlarning bir qismini ajratish;
- Imtiyozli kreditlash;
- Asosiy fondlarni tezlashtirilgan amortizatsiya siyosati;
- Reinvestitsion foydaga, chetdan olib kelishdan uskuna, materiallar, xom
ashyoga va chetga eksport qilinadigan tayyor mahsulotga imtiyozli soliqlar
belgilash.
Iqtisodiy
islohotlarni
chuqurlashtirish
va
iqtisodiyotni
modernizatsiyalashning muhim omillaridan biri — iqtisodiyotga xorijiy
investitsiyalarni
jalb
etishdan
iborat.
Xorijiy
investitsiyalarni
jadal
harakatlanishiga mamamlakatda qulay investitsion muhit yaratilgan bo’lishi
lozim. Bu borada mamlakatda amalga oshirilayotgan investitsiya siyosati
quyidagi tamoyillarga asoslanadi:
37
tashqi iqtisodiy faoliyatni erkinlashtirish;
xorijiy investitsiyalarni jalb etishning huquqiy va me’yoriy
asoslarini
takomillashtirish;
xorijiy investorlarga nisbatan “ochiq eshiklar” siyosatini izchillik bilan
olib borish;
xorijiy investitsiyalarni raqobatbardosh mahsulot ishlab chiqariladigan
ustuvor tarmoqlarga yo’naltirish.
Xorijiy investitsiyalarni milliy iqtisodiyotga keng miqyosda jalb etish
o’tish davrining strategik va joriy vazifalarini hal etish zaruriyati bilan bog’liq.
Ushbu vazifalarni bajarish natijasida o’tgan yillarda investitsiyalarni o’sishi
jadallashdi.
Bank samarali investitsiya faoliyatining asosiy maqsadi, eng samarali va
xatarsiz moliyaviy dastaklarni tanlab olish orqali investitsiya strategiyasining
amalga oshirilishini ta’minlash hisoblanadi. Asosiy maqsaddan kelib chiqib,
tanlab olingan strategiya hamda uning amaliy investitsiya
faoliyatini amalga
oshirish
xususiyatlarini
hisobga
olib,
bank
investitsiya
portfelini
shakllantirishning aniq maqsadlari tizimi quriladi.
2014 yilda respublika bank tizimini yanada isloh qilish va rivojlantirish
bo’yicha chora-tadbirlar O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2013 yilda
respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2014 yilgi iqtisodiy
dasturning
eng
muhim
ustuvor
vazifalariga
bag’ishlangan Vazirlar
Mahkamasining majlisidagi dasturiy ma’ruzasi, 2010 yil 26 noyabrdagi PQ-
1438-sonli Qarori bilan tasdiqlangan «2011-2015 yillarda respublika moliya-
bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini
oshirish hamda yuqori
xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari bo’yicha
kompleks chora-tadbirlar» Dasturi hamda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti
va Vazirlar Mahkamasining respublika moliya-bank tizimini rivojlantirishga oid
boshqa qarorlarida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda amalga
oshirildi.