1.2. Tijonrat banklarida investitsion faoliyatni amalga oshirish
mezonlari
Investitsion loyihalarni moliyaviy tahlil etish ularning samaradorligi
ko’rsatkichlariga baho berishda asosiy o’rin egallaydi. Moliyaviy tahlil
investitsion loyihani amalga oshirishdan keladigan samara, uning har bir
ishtirokchisi maqsadlaridan kelib chiqqan holda, loyihani amalga oshirishda
erishilishi lozim bo’lgan natijalarni qo’lga kiritish imkoniyatlarini ochib beradi.
Bozor islohotlarigacha bo’lgan davrda, ya’ni markazlashtirilgan rejalashtirish
tizimi amal qilgan paytda kapital qo’yilmalarning samaradorligini baholashda
tarmoq me’yor koeffitsienti yordamida taqqoslama iqtisodiy samaradorlikni
hisoblash yo’li bilan absolyut va nisbiy ko’rinishlardagi ularning qoplanishini
hisoblash usullari yotardi.
Investitsiyalash variantlarini tanlashda ham ushbu uslublarning o’ziga xos
o’rni bor edi, lekin ular qattiq dogmatik andozalar tizimi bilan chegaralangandi.
Shuning uchun ushbu uslublarda zarur bo’lgan ko’rsatmalar yo’q edi, ya’ni
bular: bozor iqtisodiyoti uchun muhim bo’lgan investitsion loyihalarni amalga
oshirishdagi noaniqliklar va risklar, inflyatsiya sharoitidagi real va nominal
qiymatlarini baholash va shu kabilardir. Shuningdek kapital quyilmalarining
samaradorligini aniqlashda, baholashda iqtisodiy, ijtimoiy va ayniqsa, marketing
jihatlari hamda loyiha ishtirokchilarining manfaatlari etarlicha hisobga olinmas
edi, pul oqimi tahlili, balans tahlili, amortizatsiya hisobi va boshqalarga bo’lgan
e’tibor uning uchun xos emasdi.
Yuqoridagi holatlarni hisobga olmaslik ma’muriy boshqarish davriga mos
keladi, chunki unda davlat mulki hukmron hisoblanar va bu borada undan
boshqa manfaatdorlar yo’q edi. Bundan tashqari, har bir loyiha davlat tomonidan
belgilangan dasturlar orqali moliyalashtirilar, loyihalarning samaradorligi,
kreditning qaytarilishi kabi omillar unchalik ahamiyat kasb etmasdi. Shuningdek
xususiy tadbirkorlikning mavjud bo’lmaganligi, insonlarni mustaqil bir ish
qilishlariga va faoliyat olib borishlariga yo’l bermas edi.
22
Rivojlangan mamlakatlar tajribasi shuni ko’rsatadiki, investitsion loyiha,
eng avvalo, ma’lum bir maqsadni ko’zlagan holda ko’pchilikning manfaatlarini
e’tiborga olish bilan amalga oshirilishi lozim. Hozirgi iqtisodiy vaziyat,
mamlakatning iqtisodiy rivojlanishidagi vazifalar, investitsion loyihalarni
amalga oshirishda bir necha manfaatlarning o’zaro to’qnash kelishi jahon
iqtisodiyotidagi eng etuk tajribalarni O’zbekiston iqtisodiyotining o’ziga xos
xususiyatlarini hisobga olgan holda joriy etish barcha sohalardagi kabi
investitsion loyihalar tahlilida ham uslubiy o’zgarishlarga erishishni taqozo etdi
va uni muhim vazifa sifatida qo’ydi.
Ushbu vazifani echishda mualliflar V.V.Berens va P.M.Xavraneklarning
investitsion loyihalarning samaradorligini baholashda «YuNIDO» uslubiyoti
keng tadqiq etilgan bo’lib, bu uslubiyot loyihalarni tahlil etishda ahamiyatli
o’rin tutadi. Ushbu uslubda u yoki bu loyihani moliyalashtirishda qarorlar qabul
qilish, shuningdek investitsiya oldi tadqiqotlari uchun mo’ljallangan kapital
quyilmalari samaradorligini baholashning jahon tajribasida batafsil yoritib
berilgan. Bularning barchasi bozor tahlilining jihatlariga, shuningdek texnik-
iqtisodiy asoslashdagi savollarga, ya’ni xom ashyo bazasini baholash, qurilish
maydonini tanlash, loyihalashtirish va texnologiyalarni tanlash, investitsion
loyihalarni investorlarning o’z mablag’lari evaziga, shuningdek tashqi manbalar
evaziga moliyalashtirishni ta’minlash, investitsion loyihalarning iqtisodiy
samaradorligini aniqlash jarayonlariga tegishlidir.
Investitsiyalarni baholash uchun sharoitlar mavjud bo’lganda, loyihani
tayyorlash moliyaviy va iqtisodiy tahlillar talablariga muvofiq holda o’tkazilishi
kerak.
Agar moliyaviy tahlilda mutaxassis texnik-iqtisodiy asoslashni ishlab
chiqishning boshlang’ich bosqichlarida ushbu jarayonga qo’yilgan bo’lsagina,
tegishli mutaxassis orqali moliyaviy tahlil loyiha ishlab chiqilishining boshidan
boshlab kuzatib borish mumkin bo’ladi.
Investitsiyalash moliyaviy va iqtisodiy nuqtai nazardan kelgusida
investitsiyalarning umumiy boshlang’ich qiymatini oshiruvchi sof foydani hosil
23
qilish va olish maqsadida barcha turdagi moliyaviy, iqtisodiy resurslarning uzoq
muddatga qo’yilishi sifatida aniqlashi mumkin.
Ushbu quyilmaning asosiy jihati – bu moliviy resurslarni investitsiyalar
tomonidan ishlab chiqarish aktivlariga qo’yilgan asosiy va sof aylanma
kapitalga aylantirishdan iboratdir.
Kelgusida sof foydaga qiziqish loyihaga mablag’ soluvchi har bir
ishtirokchi tomon uchun umumiy bo’lsada, kutilayotgan foyda yoki daromad har
xil baholanishi va farq qilishi mumkin.
YuNIDO uslubi bo’yicha moliyaviy tahlilning muhim jihatlari bo’lib
quyidagilar hisoblanadi:
investitsiya qarorlarining asosiy mezonlari;
qo’yilmalarni baholash va loyiha qaytimi;
loyihaning hayotiylik davri va uni gorizont rejalashtirish;
risk, noaniqliklar va boshqalar.
Moliyaviy tahlilning maqsadlari va andozasi «investitsiyalash» so’zining
mazmuni bilan ma’lum bir ahamiyat darajasida aniqlanadi.
Investitsiyalash moliyaviy, iqtisodiy resurslarni kelgusida foyda olish yoki
uni yaratish va ijtimoiy samaraga erishish maqsadida uzoq muddatga iqtisodiy
resurslarni qo’yishdir.
Ushbu qo’yilmaning asosiy jihati investorning o’z mablag’larini
investitsiyalash asosida ishlab chiqarish aktivlariga, shuningdek ushbu
resurslarni ishlatish bilan yangi likvidlikni hosil qilishga o’zlashtirishda
namoyon bo’ladi.
Yuqoridagilarni hisobga olish bilan «investitsiyalash» tushunchasi o’ziga
xos aniqlik kasb etadi, moliyaviy tahlil va loyihani so’nggi baholash esa loyiha
bo’yicha talab qilinadigan qo’yilmalarni, kutilayotgan natijani, shuningdek
kelgusi sof foydani tahlil etish va baholashni (qiymatini) ko’zda tutadi.
Ushbu maqsad uchun qo’llaniladigan usullar quyidagilardir:
- loyihaning bashorat qilinish xususiyatlari haqqoniyligining tahlili;
24
- investitsiyaning amalga oshuvchanligiga sezilarli ta’sir ko’rsatuvchi jiddiy
o’zgarishlarni aniqlash bilan loyihalashtirilayotgan xarajat va daromadlarning
tarkibi va ahamiyatligini tahlil etish;
- investitsiyalardan keladigan daromad, ularning foydaliligi, samaradorligi
orqali aks ettirilgan har yillik hosil qilingan va jamg’arilgan sof moliyaviy
foydani aniqlik va baholash;
- vaqt omilining kapital qiymati, baholar va noaniqlik sharoitida (aniq
loyiha bilan bog’liq bo’lgan risklar) qabul qilinadigan qarorlar munosabatini
hisobga olish.
Shunday qilib, moliyaviy tahlilning maqsadi va andozasi shundan iboratki,
u investitsiyalash va moliyalashtirishdagi barcha savollarning echimi bilan
bog’liq omillarni, shuningdek loyihadagi barcha moliyaviy oqibatlarni tahlil
qiladi va aniqlaydi.
Moliyaviy tahlilning asosiy jihatlari quyidagichadir:
Birinchidan, sanoat investitsiya loyihalarining moliyaviy tahlili – bu
salohiyatli investorlar va loyiha yaratuvchilariga loyihadagi moliyaviy
oqibatlarni ko’rsatish uchun yoki asosiysi texnik xarajatlarni yoki loyiha
takliflarini tugallash uchun loyihani ishlab chiqarishning oxirgi bosqichlarida
amalga oshiriladigan ajratiluvchi faoliyat emas.
Moliyaviy
tahlil
texnologiya
va
ishlab
chiqarish
quvvati,
loyihalashtirilayotgan korxonaning joylashgan joyi, resurslar, loyiha andozasi,
marketing
strategiyalarning
mohiyati
jihatidan
aniqlanuvchi
loyiha
strategiyalarini ishlab chiqish va turli xil muqobillarini ko’zda tutishi lozim.
Ikkinchidan, moliyaviy tahlilni o’tkazish jarayonida qaror qabul qiluvchi
shaxs investitsiyalarni baholash uchun turli xil mezonlarni qo’llashni ham
hisobga olishi zarur. Bu analitikni shunday mezonlarni aniqlashga majbur qiladi
va u investorlar talab qiladigan axborotlarni tayyorlash uchun unga muvofiq
keluvchi
usullarni
tanlaydi.
Masalan,
investorlar
past
rentabellikda
tezlashtirilgan amortizatsiyani afzal ko’rishi mumkin yoki, hatto, kichik
daromadlar sharoitida bosh raqobatchiga nisbatan bozordagi o’z ulushini
25
kengaytirishni xohlashi mumkin, bunda uning strategiyasi mavjud firmaning
yuqori rentabelliligini ta’minlashga xizmat qilishi mumkin.
Bu erda nafaqat ishtirok etuvchi tomonlarning, balki jamiyatning ham
qiziqishini hisobga olish kerak. Jamiyatning qiziqishi shundaki, bunda ular
investitsiya jarayonida cheklangan resurslarning samarali ishlatilishi va
mamlakatning rivojlanishiga intiladilar.
Qiziqishlarni nazorat qilish uchun turli xil ma’muriy va fiskal tadbirlar
qo’llaniladi. Bu tadbirlar ham rag’batlantiruvchi, ham chegaralovchi bo’lib,
loyihani baholash va moliyaviy tahlil jarayonlariga kiritilishi va aniqlanishi
lozim.
Investitsion loyihalar tahlilida loyihalarni amalga oshirish ehtimoli jihatidan
ularni bir xillashtirish, tekshirish, batafsil ko’rib chiqish, ma’qullash va
kompleks ekspertizadan o’tkazish bosqichlarini nazarda tutadi. Kompleks
ekspertiza investitsion loyiha mahsulotlariga erishish imkoniyatlarini izlashga,
loyihani cheklangan resurslar bilan belgilangan vaqt mobaynida va makonda
ta’minlash, shuningdek tegishli texnik vazifalarni hal qilishga qaratiladi.
Investitsion loyihalar ekspertizasi bosqichida uni tatbiq etilishining asoslari
yaratiladi. Ekspertizaning vazifasi – jami ijobiy va salbiy oqibatlarni hisobga
olgan holda loyihaga baho berishdan hamda tanlovdan iborat bo’ladi. Ekspertiza
investitsion loyihaning bir necha muhim jihatlarini tahlil qilishni qamrab oladi.
Investitsion loyiha ekspertizasining texnik tomoni g’oyat muhim, chunki
loyiha muvozanatlangan muhandislik va texnik tamoyillarga asoslanishi kerak.
Ekspertizaning bu bosqichida investitsion loyihaning tatbiq etish jarayonlari,
loyiha uchun etkazib beriladigan materiallar, uskunalar va texnika tizimlarining
ishonchliligi, loyihani joylashtirish o’rnining asoslanganligi, loyiha uchun zarur
bo’lgan resurslarning mavjudligi va sifati, shu jumladan, ishchi kuchi va rahbar
kaddrlar malakasi, loyiha uchun foydalaniladigan infratuzilmaning mavjudligi,
shartnomalar tuzish tartiblari, ishlab chiqarish quvvatlari, xizmatlarni sotib olish
usullari, loyihani amalga oshirish jadvali muddatlari, natijalari tahlil qilinadi.
26
Texnik ekspertizani o’tkazishda investitsion loyihalarda foydalaniladigan
texnologiyaga alohida e’tibor qaratish kerak, bu esa o’z navbatida zamonaviy
texnologiyalar haqidagi axborotlarni yig’ish usullarini izlab topishni talab etadi.
Texnik ekspertiza investitsion loyihani joriy etishning ish rejasini tekshiradi
va xarajatlarni tartibga solish tizimini beliglaydi.
Yirik investitsion loyihalar ekspertizasi risklarni mukammal tahlil qilishni
ham o’z ichiga olishi zarur. Loyihada risklar darajasini kamaytirishga xizmat
qiladigan turli xil o’zgarishlar kiritish mumkinligi ko’rib chiqiladi va sug’urta
qilish yo’li bilan ularni kamaytirish imkoniyatlari aniqlanadi. Loyiha
ekspertizasining tijorat jihati zarur resurslar va xizmatlar ni sotib olish va ishlab
chiqarilgan mahsulotlarni sotish bo’yicha chora-tadbirlarni o’z ichiga qamrab
oladi.
6
Tijorat ekspertizasi resurslarni olish mumkinligi, sifati va ularning
kelajakdagi narxlarini baholash, mahsulotga talab, marketing bo’yicha tadbirlar
va mahsulotnig taxminiy narxi, loyihaning tijorat jihatining hayotiyligini
aniqlash uchun daromadlar va xarajatlar yo’nalishlari bo’yicha tahlil o’tkazishni
talab etadi.
Investitsion
loyihaning
tabiatiga
qarab,
uning
samaradorligini
ta’minlaydigan marketing tadbirlariga xaridorlar va sotuvchilar asosli qarorlar
qabul qilish uchun talab, taklif, narx bo’yicha bozor holati to’g’risida axborot
olish, sotib olishni moliyalashtirishga ajratilgan kreditlarning mavjudligi,
mahsulotni tashish, saqlash va sotish tadbirlarini kiritish mumkin.
Investitsion loyiha ekspertizasining moliyaviy jihatlari loyihaning moliya
rejasini tahlil qilishdan iborat bo’lib, unda investitsion loyihaning rentabelligi,
moliyaviy risklarni baholash, zaruriy tashkiliy o’zgarishlar kabi omillar hisobga
olinadi. Moliyaviy ekspertizada yillik moliyaviy natijalar, loyihaga mas’ul
bo’lgan tashkilotning prognoz bahosi, ta’mirlash xarajatlari, amortizatsiya
ajratmalari, kreditlar bo’yicha foizlarlarga aniqliklar kiritiladi. Shu bilan birga
6
Брук Н. Банковское дело и финансирования инвестицией. Институт Экономического развития
Всемирного банка, 1 том, 1,2 часть, 1995 г
27
moliyaviy ekspertizada naqd pul harakati prognozlarini belgilash maqsadlari
ham nazarda tutiladi. Naqd pul harakati esa kapital qo’yilmalar, aylanma kapital,
moliyalashtirish manbalarini ko’rsatadi.
Moliyaviy ekspertizaning asosiy vazifalari moliyaviy prognozlarning
qanchalik asoslanganligi, xarajatlarni kamaytirish yoki ishlab chiqarish faoliyati
ko’rsatkichlarini yaxshilash mumkinligi, zarur aylanma kapital miqdori, qarzlar
bo’yicha to’lovlar qoplanishining ta’minlanganligi, boshqa majburiyatlarning
bajarilishini aniqlashdan iborat.
Iqtisodiy ekspertiza investitsion loyihani tatbiq etishda milliy resurslardan
foydalanish imkoniyatini aniqlaydi. Ushbu resurslardan foydalanishda, raqobat
muhitining mavjudligini hisobga olgan holda, foydalanishning to’g’ri yoki
noto’g’riligiga javob beradi. Shu bilan birga investitsion loyiha rejasini
yaxshilash, uning samaradorligini ko’tarish imkoniyatlarini aniqlaydi.
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007 yil 7 iyundagi
110-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Investitsiya loyihalari hujjatlarini ishlab
chiqish, ekspertizadan o’tkazish va tasdiqlash tartibi to’g’risidagi Nizom”
talablari quyidagi investitsiya loyihalarida tadbiq etiladi:
1) markazlashtirilgan manbalar resurslari (Davlat byudjeti va byudjetdan
tashqari jamg’armalar mablag’lari, ayrim tarmoqlar va korxonalarning hukumat
qarorlari bilan tashkil etilgan maxsus jamg’armalari mablag’lari, O’zbekiston
Respublikasi kafolati ostida yoki uning nomidan jalb etiladigan xorijiy kreditlar,
O’zbekiston Respublikasi tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi mablag’lari)
hisobidan amalga oshiriladigan investitsiya loyihalariga;
2) O’zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlari asosida soliqlar
va
boshqa
majburiy
to’lovlar
bo’yicha
imtiyozlar
berishnazarda
tutilayotganinvestitsiya loyihalariga;
3) mahsulot taqsimotiga oid bitimlarga muvofiq amalga oshirilayotgan
investitsiya loyihalariga;
28
4) ustav fondida davlat ulushi 50 foizdan ortiq bo’lgan korxonalar
tomonidan markazlashtirilmagan manbalar hisobidan amalga oshiriladigan,
qiymati 10 mln. AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalariga;
5) moliyalashtirish manbalari va loyiha qiymatidan qat’iy nazar, engil
sanoat korxonalarini qurish, qayta ixtisoslashtirish va modernizatsiya qilishni
nazarda tutuvchi investitsiya loyihalariga;
6) moliyalashtirish
manbalaridan
qat’iy nazar, strategik foydali
qazilmalarni qazib olish va qayta ishlashni nazarda tutuvchi, qiymati 10 mln.
AQSh dollaridan ortiq bo’lgan investitsiya loyihalariga.
Kapital qo’yishda foyda investitsiya qarorlarining bosh mezoni bo’lsada, u
sanoat investitsiyalarining birdan-bir yo’li hisoblanmaydi, chunki moliyaviy
resurslarni turli xil qimmatli qog’ozlarga ham joylashtirish mumkin.
Biroq sanoat loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslashlaridagi maqsadlar
yo’lidagi investitsiyalash, nafaqat resurslarning uzoq muddatga qo’yilishi foyda
olishga yo’naltirilganligi sifatida, balki likvidlilikning ishlab chiqarish
aktivlarida o’zgartirilishi sifatida aniqlanadi.
Sanoat investitsiyalari bo’yicha qabul kilinadigan har qanday qarorlar
investitsion loyihalarning umumiy amalga oshirilishi bilan bog’liq bo’lgan
quyidagi mezonlarga asoslanadi:
1. Ijtimoiy-iqtisodiy muhitga taalluqli loyihalarning asosiy maqsadi bilan
rivojlantirish maqsadlari o’rtasida hozirgi va keyingi davr mobaynida yuzaga
kelishi mumkin bo’lgan qarama-qarshilik mavjudmi?
2. Loyihaning maqsadiga erishish uchun taklif qilingan loyiha va
marketing strategiyalari qanchalik muhimligi, nima uchun taklif qilingan
strategiya tanlandi, muqobil strategiyalar ham e’tiborga olinganmi?
3. Loyihaning tarkibi, ya’ni loyiha andozasi marketing kontseptsiyasi,
shuningdek korxona tanlagan joylashish joyi qanchalik loyiha strategiyasiga va
talab qilingan resurslarning mavjudligiga mos keladi?
4. Loyiha iqtisodiy resurslarni ishlata oladimi, loyiha uchun talab
qilinadigan asosiy resurslarni ishlatishning eng yaxshi variantlari bormi?
29
5. Loyihalashtirilayotgan barcha investitsion ishlab chiqarish va marketing
xarajatlari ishonchlilik darajasidami va muvofiq keladigan chegaraga egami?
6. Loyiha hayotiyligining har qanday davrida to’lanadigan moliyaviy
majburiyatlarni bajarish uchun milliy va xorijiy valyuta bilan etarlicha
ta’minlanganmi - barcha investitsiya xarajatlari kapitalning mavjudligi bilan
aniqlanuvchi moliyaviy chegaralarda yotadimi?
7. Jamg’arilgan har yillik va diskontlashtirilgan foyda gorizont
rejalashtirishga loyiha tarkibi va ma’lumotlarni baholashdagi xatolarga,
inflyatsiyaga, narxlarning nisbiy o’zgarishiga, shuningdek ishga aloqador
muhitning o’zgarishiga (raqobatchilar, iste’molchilar, bozor, mol etkzib
beruvchilar va jamoat siyosatiga) qanchalik sezgir, real pul kirim-chiqimlari va
tegishli sof foyda tarkibi investorlar va moliyachilarning ko’zlagan maqsadlari
minimal talablariga mos keladimi?
8. Risklar mavjud sharoitda ularni nazorat kilish yoki boshqarish uchun
qanday strategiya amal qiladi?
9. Risklarning moliyaviy natijalari qanday, ya’ni ular o’zi bilan birga
investitsion, marketing, ishlab chiqarish va moliyaviy xarajatlarga qo’shimcha
xarajatlar olib keladimi yoki yo’qmi, yo bo’lmasa, kutilayotgan ishlab chiqarish,
sotish hajmini, sotish narxlarini pasaytiradimi?
Investitsion faoliyat sub’ektlari investitsiyalash haqida qarorlar qabul
qilayotganda loyihalarning riskliligini, manbalarning joriy qiymatini, muqobil
imkoniyatlarga ko’ra loyihaning jozibadorligini e’tiborga olishi lozim. U bunday
qarorga riskning maqbul darajasida kutilayotgan daromadlilikning tahlili asosida
keladi. Shu narsa muhimki, investitsiyalash haqida qaror qabul qilinar ekan,
asosiy e’tibor risklarni va kelgusi investitsiya daromadliligini hisobga ola
bilishga qaratilishi zarur.
Investitsiyalash to’g’risida qaror qabul qilish uchun o’rganilayotgan
ma’lumotlar majmuasi quyidagilardan tashkil topgan bo’lish lozim:
Loyiha maqsadlari, uning mo’ljali, iqtisodiy muhit;
30
Marketing ma’lumotlari (sotish, raqobat muhiti, sotish dasturi va narx
siyosati);
Moddiy xarajatlar;
Mehnat, ob-havo, ijtimoiy va boshka omillarni hisobga olgan holda
korxonaning joylashuv joyi;
Qurilish ishlari to’g’risida ma’lumot;
Ishlab chiqarishni tashkil kilish va boshqarish;
Kadrlar masalasi;
Loyihani tashkil qilish jadvali;
Loyihani amalga oshirish davri bo’yicha moliyalashtirish hajmi;
loyihani samaradorligini baholash.
Moliyaviy tahlil xarajatlar va daromadlar, aktivlar va passivlar bo’yicha
tegishli tijorat ma’lumotlarni (shuningdek tegishli moliyaviy resurslar, xizmatlar
va tovarlar oqimi haqidagi ma’lumotlarni) tizimli tasavvur etish va qayta
ishlashga asoslanadi. Xo’jalik faoliyati tahlili tizimi har doim korxonaning
moliyaviy holatini, ya’ni balans hisobotlaridagi aktiv va passivlari, xarajatlar,
majburiyatlar (hisobot davridagi) va sof daromad bo’yicha hisobotda
ko’rsatilgan daromadlarni aks ettiradi. Bundan tashqari, bu hisob tizimi ishlab
chiqarish va marketing xarajatlarini aniqlash uchun ham muhimdir, ya’ni sof
daromad bo’yicha hisobot tuzishda, shuningdek samarali moliyaviy
rejalashtirish, mahsulotga bo’lgan narx kalkulyatsiyasi va xarajatlarni nazorat
kilish uchun zarur.
7
Loyiha bo’yicha iste’mol etiladigan resurslar va ishlab chiqarilgan
mahsulotlar fizik shaklga ega va bunda narxlar ularning qiymatlarini
ko’rsatishda ishlatiladi.
Umuman olganda, texnik-iqtisodiy asoslashdagi maqsadlar uchun narxlar
barcha gorizont rejalashtirishdagi ishlab chiqariladigan mahsulot va iste’mol
etiladigan resurslarning real iqtisodiy qiymatini ko’rsatib berishi lozim.
7
Жўраев А.С. ва бошқалар. Инвестиция лойиҳалари таҳлили. –Т.: Шарқ, 2003 й., -
256 б
31
Narxlar (baholar) turli xil yo’llar bilan aniqlanishi mumkin, bu
quyidagilarga bog’liq holda yuz beradi:
- bozor (aniq) yoki xufyona (noaniq) baholar bilan;
-absolyut yoki nisbiy baholar bilan.;
- joriy va doimiy baholar bilan;
Bu narsalar nimani anglatadi va ular moliyaviy tahlilda qanday ishlatiladi?
Bozor baholari yoki aniq narxlar – talab va taklif yoki davlat tomonidan
aniqlanilishidan qat’iy nazar bozorda yuzaga chiqqan narxlar, boshqacha so’z
bilan aytganda, bu shunday narxlarki, bunda korxona ishlatiladigan rusurslarni
sotib oladi va mahsulotni sotadi.
Moliyaviy tahlilda bozor narxlari ishlatiladi. Lekin xarajat va daromadlarni
iqtisodiy tahlil etish bosqichida bozor narxlari ishlab chiqarilgan mahsulot va
ishlatiladigan rusurslarning real iqtisodiy qiymatini aks ettira oladimi? Agar
shunday bo’lmasa, ya’ni bozor narxlari buzib ko’rsatilgan bo’lsa, bunday holda
iqtisodiy tahlil etish uchun xufyona (noaniq) narxlar ishlatiladi.
Absolyut narxlar – bir mahsulot qiymatini absolyut pul miqdorida qo’rsatib
beradi, bu vaqtda nisbiy narxrlar uning qiymati orqali boshqa mahsulotning
qiymatini ko’rsatib beradi. Absolyut narx darajasi ishlab chiqaruvchanlikning
o’zgarishi yoki inflatsiya natijasida loyihaning amal qilish muddati davomida
o’zgarishi mumkin. Bu o’zgarish nisbiy narxning o’zgarishiga olib kelmasligi
ham mumkin Boshqacha so’z bilan aytganda, nisbiy narxlar ayrim hollarda
absolyut narxlar qzgarganda ham o’zgarishsiz qolishi mumkin. Moliyaviy tahlil
uchun esa absolyut narxlar ham, nisbiy narxlar ham juda muhim. Joriy va
doimiy narxlar inflyatsiya natijasida vaqt mobaynida o’zgaradi, bu esa
iqtisodiyotdagi narx darajasining umumiy o’sish deb ham tushuniladi. Agar
inflyatsiya resurslari qiymatiga bir qancha ahamiyatli ta’sir etsa va narxlar
mahsulotlarga ta’sir etsa va narxlar mahsulotga ta’sir ko’rsatsa, bunday ta’sirni
texnik-iqtisodiy asoslashda ko’zda tutilgan moliyaviy tahlilda ko’rib chiqish
lozim bo’ladi. Agar absolyut narxlar keltirilayotgan resurslarga va mahsulotga
nisbatan barqarorligicha qolsa, bunda doimiy naxlarda investitsiyalardan
32
keladigan daromad va foydani etarlicha aniq hisoblash mumkin bo’ladi. Agarda
nisbiy narxlar o’zgarib tursa va mahsulot narxlariga nisbatan ishlab chiqarishga
kiritilayotgan resurslar bahosi oshsa yoki aksincha bo’lsa, u holda ularning sof
real pul oqimiga va foydaga tegishli ta’sirlari moliyaviy tahlilga kiritilishi
mumkin.
Inflyatsiya loyihani amalga oshirish fazasida, ayniqsa, yillik yirik
miqdordagi inflyatsiya darajasini jilovlash maqsadida qo’shimcha aktsiyadorlik
yoki qarz mablag’lari hisobiga moliyalashtirish talab etilishi mumkin bo’lgan
sabablarda, xatto nisbiy baholar o’zgarmas bo’lib qolganda ham moliyaviy
rejalashtirishda hisobga olinishi lozim bo’ladi.
Aylanma kapitalni loyihalashtirishda mahalliy va import materiallarga,
kommunal xizmatlarga, mehnat resurslariga va h.k.larga nisbatan turli xil risk
darajalarini qo’llash mumkin. Sotish bashorati, istiqboli, sotish hajmining
etarlicha loyihalashtirilmaganligiga kelsak, bunga narxlarning o’zgarishini
oldindan ko’ra olmaslik sabab bo’ladi.
Qaror qabul qiluvchi shaxs uchun loyihani gorizont rejalashtirishni o’zining
loyiha bilan bog’liq xo’jalik faoliyati sohasini boshqarish va nazorat qilish
bo’yicha qarorlar qabul qilish yoki o’zining investitsiya yoki moliyaviy
faoliyatini yo’lga qo’yishga nisbatan vaqt oralig’i sifatida aniqlash mumkin.
Qaror qabul qiluvchi shaxs tomonidan aniqlanadigan gorizont rejalashtirish
loyiha xayotiyligini hamhisobga olishi lozim. Iqtisodiy hayot, ya’ni loyiha sof
foydani yaratadigan davr, asosan korxonaning asosiy texnik va texnologik xayot
tsikliga, ushbu sanoat tarmog’i va mahsulotning xayot tsikliga, shuningdek
korxonaning
o’z faoliyatida ishga aloqador muhitning o’zgarishiga
moslashuvchanligiga bog’liqdir.
Loyihaning iqtisodiy hayotiy davrini aniqlashda turli xil omillarni
baholashga to’g’ri keladi, bular quyidagilardir:
- Talabning davomiyligi;
- xom ashyoni saqlash va etkazib berishning davomiyligi;
- texnik yuksalish darajalari;
33
- bino va uskunalardan foydalanishningdavomiyligi;
- muqobil investitsiyalash imkoniyatlari;
- boshqaruvdagi chegaralanishlar;
8
Shu narsa ravshanki, loyihaning iqtisodiy hayoti xech qachon uning texnik
va yuridik hayotidan ko’p bo’lmaydi, u bundan kam bo’lishi lozim yoki unga
teng bo’lishi kerak.
Loyihani rejalashtirishda faqat iqtisodiy hayoti ahamiyatli hisoblanadi.
Investitsiya loyihalarini baholash jarayonida gorizont rejalashtirish bilan
loyiha hayotiyligi o’rtasidagi aloqadorlik, albatta, hisobga olinishi lozim.
Xulosa tarzida shuni qayd etish joizki, investitsion qarorlar qabul qilishda
investitsiya loyihalarini baholash, tahlil qilish, tanlash va amalga oshirishning
ilmiy asoslangan uslubiyotidan foydalanish muhim sanaladi.Shuningdek
investitsiyalar xususida qarorlar qilinishida ularning moliyaviy mablag’lar bilan
ta’minlash jarayonlarini shunday tashkil qilish kerakki, bunda ularning
qiymatini minimallashtirish va joylashtiriladigan kapitalning foydaliligini
oshirishga qodir manbalardan foydalanish yo’llarini baholash kerak bo’ladi.
Investitsion qarorlarning qabul qilishi investitsiya kapitalining tuzilishi, uning
muayyan vaqt davomida taqsimlanishi hamda pulning joriy qiymatini
hisoblashga imkon beruvchi diskontlash koeffitsientlarini qo’llashni talab etadi.
8
Маматов Б., Носиров Э., Хўжамқулов Д., Шарифхўжаева К. Кичик бизнес ва хусусий тадбиркорлик
лойиҳаларини молиялаштириш. Т.: “Иқтисод-молия”, 2007 й, 152 б
|