O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent viloyati kasbiy ta`limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi parkent tuman 2-son kasb-hunar maktabi


Matematika fanining mashg'ulot turlari bo'yicha semestrlar kesimida



Yüklə 383 Kb.
səhifə2/15
tarix16.06.2023
ölçüsü383 Kb.
#131414
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
1 kurs iwci oqu dastur

Matematika fanining mashg'ulot turlari bo'yicha semestrlar kesimida
quyidagicha soatlar miqdori taqsimlanadi.





Mashg‘ulot turlari

Ajratilgan
soat

Shundan semestrlar kesimida

I

II

III

IV


Jami auditoriya yuklamasi

220

60

50

80

30


Nazariy mashg‘ulot

110

16

16

16

16


Amaliy mashg‘ulot

110

39

39

39

39


Laboratoriya ishi

















Seminar

















Kurs ishi

















Mustaqil ta’lim

77

20

19

19

19

Tuzuvchi: Abdihalilov Abdurahim- Parkent tuman 2-son kasb-hunar
maktabi matematika fani o'qituvchisi
KIRISH

Hozirgi ilm fan, texnika va sanoat jadal rivojlanayotgan, ijtimoiy, iqtisodiy munosabatlari o‘rganilib borilayotgan vaqtda kasb-hunar maktablarida matematika fanini mazmun jihatdan zamon talablariga mos holda o‘qitish (STEAM yondashuvi) hozirgi kun talabidir.


Matematika fanining ahamiyati uning fan-texnika va texnologiya taraqqiyotida, ishlab chiqarish sohalari va kundalik hayotda tutgan o‘rni bilan belgilanadi. Kasb- hunar maktablarida matematika fanini o‘qitish o‘quvchilarning hayotiy tasavvurlari bilan amaliy faoliyatlarini umumlashtirish orqali matematik bilimlarni amalda qo‘llay olish salohiyatini shakllantirish va rivojlantirishdan iborat.

- ta’lim berishning zamonga xos texnik vositalaridan- slaydlar, kinofilmlar, o’rgatuvchi va nazorat qiluvchi kompyuterlardan hamda ularning dasturlaridan (qo’llanmalaridan) foydalanish kerak.


-ta’lim jarayonida o’quvchilarni mustaqil fikrlash, muammolarni hal etish, axborot-kommunikastiya texnologiyalari vositalari va internet ma’lumotlaridan foydalanish ko’nikmalarini shakllantirish lozim.
Ishchi dastur tarkibi:

  • Matematika o`qitishdan ko`zda tutilgan asosiy maqsadi;

  • Matematika ta`limining vazifalari;

  • O`quvchilar bilim, malaka va ko`nikmalariga qo`yiladigan talablar;

  • Matematika fanining mashg’ulot turlari bo’yicha mavzular rejasi va mazmuni

  • O’quv fanining moddiy-texnik ta’minoti;

  • Fanning o’zlashtirish darajasini nazorati va baholash mezonlari;

  • Mustaqil ish topshiriqlari;

  • Tavsiya etilgan (foydalanilgan) adabiyotlar va internet saytlari ro’yxati.



Matematika fanining maqsadi

O’quvchilarda matematika fani bo’yicha bilim va ko’nikmalarni hosil qilish.




Matematika fanining vazifalari

1. O`quvchilarda matematika fani haqida umumiy tushunchalarni hosil qilish.


2. O`quvchilarda matematik modellashtirish ko`nikmalarini hosil qilish
3. Matematika fanining inson hayotidagi va texnikadagi o`rni haqida xulosa chiqarish.
O`quvchilarning bilim, malaka va ko`nikmalariga talablar:
fanni o`rganish natijasida o`quvchilar:



  • Elementar funksiyalar:funksiyaning berilish usullari,funksiyaning aniqlanish sohasi va qiymatlar to`plami;

  • Murakkab funksiya,teskari funksiya,davriy funksiyalar va ularning xossalari,grafiklari;

  • Ratsional tenglama va tengsizliklar,irratsional tenglamalar;

  • Elementar funksiyalar monotonligi, eng katta va eng kichik

  • qiymatlari haqida tushuncha.

  • Chiziqli va kvadratik modellar.

  • y = sinx, y = cosx funksiyalari va ular yordamida modellashtirish.

  • y = tgx, y = ctgx funksiyalari va ular yordamida modellashtirish.

  • Eng sodda trigonometrik tenglamalar.

  • Eng sodda trigonometrik tengsizliklar.

  • Grafiklarni almashtirish.

  • Parametrik ko‘rinishda berilgan sodda funksiyalar grafiklari.

  • Ko‘rsatkichli funksiya va uning grafigi.

  • Bevosita yechiladigan ko‘rsatkichli tenglamalar va tengsizliklar.

  • Logarifm haqida tushuncha. Logarifmik funksiya. Eng sodda

  • logarifmik tenglama va tengsizliklar.

  • Ehtimollar nazariyasi elementlari:tasodifiy hodisalar,ehtimollikning ta`rifi;

  • Planimetriyaning mantiqiy tuzilishi; geometrik masalalar va ularni

  • yechish metodlari; amaliy mashq va tatbiqlar.

  • Stereometriya bo`limiga kirish,aksoimalar va ulardan kelib chiqadigan natijalar;

  • Fazoviy geometrik shakllar; ko‘pyoqlar; prizma, piramida va

  • ularning elementlari; aylanish jismlari: silindr, konus va shar; amaliy

  • mashq va tatbiqlar.

  • Fazoda to‘g‘ri chiziqlar va tekisliklar,ularning parallelligi va perpendikulyarligi;

  • Ko‘pyoqlar va ularning xossalari;

  • Aylanish jismlari va ularning xossalari;



Ko'nikmalar



  • Elementar funksiyalar:funksiyaning berilish usullari,funksiyaning aniqlanish sohasi va qiymatlar to`plami va ular ustida amallarni bajara oladi;

  • Murakkab funksiya,teskari funksiya,davriy funksiyalar va ularning xossalari,grafiklari chiza oladi;

  • Ratsional tenglama va tengsizliklar,irratsional tenglamalarni yecha oladi;

  • sodda vaziyatlarda ratsional, irratsional, ko‘rsatkichli, trigonometrik tenglamalarni va sistemalarni aniq va taqribiy yecha oladi;

  • funksiyalar va ularning xossalariga doir misollarni yecha oladi.

  • y = sinx, y = cosx funksiyalari va ular yordamida modellashtira oladi;

  • y = tgx, y = ctgx funksiyalari va ular yordamida modellashtira oladi;

  • Fazoda to’g’ri va tekisliklarga doir masalalarni yecha oladi.

  • Integral va uning tadbiqlariga doir masalalrni yechaoladi

  • Sodda differetsial tenglamalarni yecha oladi

  • sodda statistik ma’lumotlarning o‘rta qiymati, moda va medianasini standart chetlashishini, dispersiyani hisoblay oladi va ularning ma’nosini tushuntira oladi;

  • sodda tasodifiy hodisalarning ehtimollarini topa oladi

  • fazoda dekart koordinatalar sistemasiga doir masalalarni yecha oladi

  • Fazoda vektorlarga doir masalalani yecha oladi

  • Ko’pyoqlarga doir masalarni yecha oladi

  • Aylanish jismlariga doir masalalarni yecha oladi.


Yüklə 383 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin