Kurs ishi ustida ishlash davomida talaba o‘quv jarayonida olgan nazariy
keltirilgan fikrlarning aniqligi, materiallarning joylashish ketma-ketligi,
rasmiylashtirishga qo‘yiladigan umumqabul qilingan talablarni hisobga olgan
4
holda bayon qilish tajribasiga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bo‘lajak iqtisodchi-
mutaxassis o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini
ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri
ishlata bilishi, kerakli ma’lumotlarni to‘play olishi va qayta ishlay olishi,
ularni atroflicha tahlil qilish va umumlashtirish ko‘nikmalariga ega bo‘lishi
kerak.
Kurs ishi talaba tomonidan mustaqil ravishda bajariladi va ma’lum
ma’noda, ilmiy izlanish olib borishning kichik bir shaklidir. Ayrim iqtidorli
talabalar kurs ishini bajarish jarayonida birmuncha chuqur va keng qamrovli
ilmiy izlanishlar olib boradilar, ularning mustaqil ravishda bajargan kurs
ishlari talabalar ilmiy to‘garaklarida, ilmiy konferentsiyalarda va tanlovlarda
ilmiy ma’ruza qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishida tavsiya etilgan adabiyotlarni, ayniqsa, iqtisodiy ta’limotlar
klassiklari asarlarini, prezident asarlari, iqtisodiy ta’limotning ko‘zga ko‘ringan
horijiy va milliy namoyandalarining asarlari va ma’ruzalarini chuqur o‘rganish
natajalari (tegishli havolalarda) aks ettirilsagina, mazkur kurs ishi unga
qo‘ytladigan zamonaviy talablarga javob bera oladi. Shuningdek, ishda
nafaqat mamlakat ichki institutsional tuzilmalarining, balki tashqi
kuzatuvchilar, BMT, Xalqaro Valyuta Fondi, Jahon Banki kabi xalqaro
moliyaviy tashkilotlarning, xalqaro va umummilliy tashkilotlarning tegishli
ma’lumotlarini keltirish, ularni tahlil qilish natijalarini aks ettirish yuqori
baholanadi.
Dostları ilə paylaş: