Innovatsion rivojlanish talablaridan kelib chiqqan holda talaba, kurs
ishiga rahbar etib tayinlangan professor-o‘qituvchi ilmiy rahbarligida o‘zi
tanlagan dolzarb mavzuda ilmiy mqaola tayyorlashi va kurs ishi himoya
muddatigacha respublikamizdagi va dunyodagi nufuzli, impakt faktori
yuqori bo‘lgan yoki OAK tomonidan ilmiy maqolalar nashr qilish taklif
etilayotgan jurnallar ro‘yxatiga kiritilgan jurnallarda maqola chop etilgan
bo‘lsa kurs ishi himoyasida ijobiy baholanadi. Ilmiy maqola yozishga
qo‘yilgan talablar va maqola na’munasi (2, 8-ilovalarda keltirilgan).
Xulosa qilib aytganda, kurs ishining mavzusini tanlashda qanday omil
asos bo‘lishidan qat’i nazar, bu tasodifiy emas, asoslangan va to‘g‘ri qabul
qilingan qaror bo‘lishi kerak. Talaba o‘z ilmiy rahbariga nafaqat o‘zi tanlagan
kurs ishining mavzusini, balki aynan shu mavzuni tanlash sababini ham
etkazishi tavsiya etiladi.
Kurs ishi mavzusini tanlashda kafedra
pedagog-xodimlarining
yordami
katta
ahamiyatga ega. Mazkur fandan amaliy
mashg‘ulotlar
olib
boruvchi
kafedra
o‘qituvchilari bu ishda talabalarga yaqindan
yordam beradilar. Bu maqsadda pedagog-
xodimlarning yakka tartibda va guruh
bo‘yicha maslahat soatlari uyushtirishi maqsadga muvofiq. Unda o‘qituvchi
talabalarni dolzarb mavzular bilan yaqindan tanishtiradi, ayrim mavzularning
dolzarbligi va mazmuni haqida axborot beradi, shuningdek, talabalarni tavsiya
etilayotgan mavzularning muammoli jihatlarini yoritishga yo‘naltiradi,
talabalarga jiddiy va har tomonlama o‘ylab mavzu tanlash maqsadida tegishli
adabiyotlarning tegishli boblari bilan tanishib chiqish, me’yoriy-huquqiy
manbalarni o‘rganish, amaliyotdagi mavjud holatni tahlil qilish kabi
Dostları ilə paylaş: |