ettirib, qisqa bo‘lishi (oddiy reja) yoki har bir savolni aniqlashtirgan, kichik
7
Reja ilmiy rahbar bilan kelishgan holda tuzilishi kerak. Rejaning
savollari ma’lum bir tartibda, mantiqiy ketma-ketlikda qo‘yilishi lozim.
Rejada talabaning ijodiy yondoshuvini, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab
qiladigan savollarning qo‘yilishi juda muhim bo‘lib, bu kurs ishining
qiymatini yanada oshiradi.
Kurs ishi ustida ishlash jarayonida reja talaba tomonidan birmuncha
o‘zgartirilishi, aniqlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin.
Kurs ishi rejasini tuzishda
biron-bir
qolipning,
yagona
shaklning bo‘lishi mumkin emas.
Lekin aksariyat mavzular uchun
tuzilgan rejalar savollari o‘rganila-
yotgan
mavzuning
nazariy
va
tashkiliy-huquqiy asoslarini, izlanish ob’ektidagi amaliyot holati tahlilini,
izlanish
uchun
asos
qilib
tanlangan
muayyan
ijtimoiy-iqtisodiy
munosabatlarni takomillashtirish va samaradorligini oshirish yo‘llarini
qamrab olishi kerak.
Kurs ishinig mazmuni va hajmiga ma’lum chegaralar qo‘yilgan, ya’ni
kurs ishi 3 – 3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak,
shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan
savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq.
Xulosa qilib aytganda, talabaning qiziqishlaridan, fikrlash doirasining
kengligidan, to‘plangan adabiyotlar va amaliy ma’lumotlarning ko‘lamidan,
talabaning ilmiy izlanishlarga bo‘lgan layoqatidan kelib chiqqan holda, kurs
ishi rejalari turli-tuman, cheklanmagan variantlarda, ixtiyoriy talqinda bo‘lishi
mumkin. Muhimi, ishlab chiqilgan reja tanlangan kurs ishining mazmun-
mohiyatini, maqsad va vazifalarini ochib berishi, o‘rganilgan muammo yuzasidan
mustaqil
xulosalarni
shakllantirishga
xizmat
qilishi
kerak.
Ushbu
Ko‘rsatmalardan foydalanuvchilarga amaliy yordam sifatida bir necha mavzu
bo‘yicha tuzilgan kurs ishi rejalari namunalari qo‘llanmaning 4-ilovada
keltirilgan.
Dostları ilə paylaş: