12
ettirish kifoya. Kirish qismi bayoni 3-betdan boshlanadi va bu betga “3” raqami
qo‘yiladi va hokazo. Tartib raqami varaqning pastki tomonining o‘rtasiga
qo‘yiladi.
Kurs ishi bo‘lim (savol) larining har biri yangi varaqdan boshlanadi va
bo‘limning nomlanishi rejada qanday bo‘lsa, o‘zgartirishsiz shundayligicha varaq
satrining o‘rtasiga yoziladi. Sarlavhalarni yozishda so‘zlarni bo‘g‘inlab ko‘chirishga
ruxsat berilmaydi, shuningdek, sarlavha oxirida nuqta qo‘yilmaydi. Sarlavhaning tagiga
chizib yozishga ruxsat etilmaydi. Har bir sarlavhadan oldin bo‘limning tartib raqami
arab raqami bilan belgilanadi va raqamdan so‘ng nuqta qo‘yiladi. Agarda rejada
belgilangan savollar kichik savollarga bo‘lingan bo‘lsa, u holda bu savolchalar
sarlavhasi ko‘p pog‘onali raqamlash qoidasiga ko‘ra “1.1.”, “1.2.” shaklida
raqamlanadi.
Kirish, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati ham yangi varaqdan boshlab
yoziladi va raqamlanmaydi. Kurs ishining asosiy qismi bo‘limlari nomlari, shuningdek,
“Kirish”, “Xulosa”, “Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati” so‘zlari bir xilda varaqning
yuqori qismining o‘rtasiga, matn esa sarlavhadan keyin bir qator tashlab, keyingi qator
xatboshidan katta harf bilan boshlab yoziladi.
Illyustrativ materiallar, masalan, rasmlar, diagrammalar ko‘rish uchun qulay
tarzda joylashtirilishi kerak. Kurs ishiga PowerPoint dasturida tayyorlangan tayyor
slaydni joylashtirishga ruxsat berilmaydi, slayddagi materialni Word dasturida
tayyorlab, so‘ngra kurs ishi matniga kiritish maqsadga muvofiq, chunki
PowerPoint dasturida tayyorlangan slaydlar taqdimot qilish uchun mo‘ljallangan,
unda qisqa ma’lumotlar, bog‘langan blok-chizmalar, rasmlar, boshqa rangli
tasvirlar bo‘ladi, kurs ishi esa ma’lum talablar asosida tayyorlangan jiddiy ilmiy
ish bo‘lib, agar kafedra tomonidan kurs ishi himoyasi taqdimot ko‘rinishida amalga
oshirilishi talab etilsagina, PowerPoint dasturida tayyorlangan taqdimotni printerda
chop etib, kurs ishiga ilova qilishingiz mumkin.
Barcha surat (grafik, chizma, diagramma)lar bo‘lim bo‘yicha ketma-ket arab
raqamlari bilan “1-rasm”, “2-rasm” shaklida raqamlanadi (kurs ishining ilovalarida
keltirilgan suratlar bundan mustasno) va rasmga izoh beruvchi yozuvdan nuqta
bilan ajratiladi (grafik, chizma, diagrammalarni rasmiylashtirish tartibi 6-ilovada
ko‘rsatilgan).
Raqamli materiallar jadval ko‘rinishida rasmiylashtirilishi lozim. Har bir
jadval sarlavhaga ega bo‘lishi kerak. Sarlavha bosh harf bilan boshlanadi,
sarlavahaning tagiga chizilmaydi.
Jadvalning sarlavhasi uning yuqorisiga, o‘rtaga yozilishi tavsiya etiladi.
Jadval ustunlarining sarlavhalari bosh harflar bilan, sarlavhachalar esa, agar ular
sarlavhadagi gapning davomidan iborat bo‘lsa, kichik harflar bilan, agar ular
mustaqil bo‘lsa, katta harflar bilan boshlanishi kerak.
Ko‘plab ustunlardan iborat bo‘lgan jadvalni qismlarga bo‘lish va bir qismni
ikkinchi qismdan keyin joylashtirishga ruxsat etiladi.
Kurs ishining bo‘limlari tarkibidagi jadvallar izchil, ketma-ket arab
raqamlari bilan belgilanadi. Masalan: “1-jadval”, “2-javdal” va h.z.
13
Jadvalning biror qismi ishning keyingi betiga o‘tish holatlarida “jadval”
so‘zi, uning tartib raqami va sarlavhasi bir marta jadvalning bosh qismi ustida
ko‘rsatilib, keyingi betga o‘tgan qismlar ustiga “davomi” degan so‘z yoziladi.
Kurs ishini yozish davomida foydalanilgan manbalarga havola(“snoska”)-
larni satr osti eslatmalarida keltirish lozim. Havola har bir betda 1 raqamidan
boshlab tartib bilan, sanoq ketma-ketligida, arab raqamida keltirilishi lozim.
Havolalar quyidagi holatlarda qo‘llaniladi:
- matnda qo‘llanilgan hujjat yoki ta’rifni tasdiqlash uchun;
- foydalanilgan adabiyotlar va birlamchi manbalarni ko‘rsatish uchun;
- matnda keltirilgan biror muammo, xulosa yoki taklifning olingan
adabiyoti yoki boshqa manbasini ko‘rsatish uchun;
- davlat arboblari, olimlar va mutaxassislar fikrlaridan iqtibos keltirilganda;
- statistik ma’lumotlar va to‘plamlardan iqtibos keltirilganda;
- me’yoriy-huquqiy hujjatlardan iqtibos keltirilganda va boshqa holatlarda.
Har bir betda havolalar ko‘payib ketmasligi, iloji bo‘lsa, bir betda uchtadan
ko‘p havola ishlatmaslikka harakat qilish kerak. Rasmlar va jadvallarga qilingan
havolalar sarlavhaning oxirgi so‘ziga qo‘yiladi (6-ilovalarga qarang).
Adabiyotlarni rasmiylashtirish tartibi, ya’ni foydalanilgan manbaning nomi,
muallifi, nashriyotning nomi, nashr etilgan yili va hajmi kabi ma’lumotlarni
adabiyotlar ro‘yxatida qanday tartibda keltirish lozimligi quyida ko‘rsatilgan
2
:
Dostları ilə paylaş: