Kurs ishi qo‘lyozma tarzida
rasmiylashtirilgan bo‘lishi shart.
Kurs ishi A4 o‘lchamdagi oq
qog‘ozda, ko‘k rangli ruchkada
yozilishi tavsiya qilinadi, boshqa
rangdagi ruchkalarni ishlatishga yo‘l
qo‘yilmaydi. Matnda ajralib tursin deb, reja savollari, jadvallar, rasmlar raqamini
va nomlarini ham boshqa rangli ruchkada yozishga yo‘l qo‘yilmaydi. Ishda
foydalanilgan jadvallar, diagrammalar, chizmalar va rasmlar komputer grafikasida
tayyorlanib, printerda chop etilgan (A4 o‘lchamdagi oq qog‘ozda) holda keltirilishi
mumkin. Kurs ishini kafedraning ruxsati bilan faqat ayrim ob’ektiv sabablarga
ko‘ra komputerda bajarishga ruxsat beriladi. Kurs ishida qo‘pol texnik
tuzatishlarga yo‘l qo‘yilmagani ma’qul.
Kafedraning tavsiyasiga binoan kurs ishi chet (ingliz) tilida bajarilishi
mumkin. Chet tilda bajarilgan ishga davlat tilidagi annotatsiya ilova etiladi va kurs
ishini himoya qilish vaqtida tarjima ta’minlanadi.
Dostları ilə paylaş: |