9
V. KURS ISHINI YOZISH VA RASMIYLASHTIRISH
Kurs ishini yozish. Kurs ishi odatda, kirish qismi, 4-5 ta savol va
xulosa qismlaridan iborat bo‘ladi. Kirish qismida mavzuning dolzarbligi,
maqsadi va vazifalari, kurs ishini
yozishga
asos
bo‘lgan
amaliy
ma’lumotlarning
axborot
manbalari, izlanishning ob’ekti,
predmeti va amaliy ahamiyati aks
ettiriladi.
Mavzuning
dolzarbligini
yoritish, barcha ilmiy ishlar kabi, kurs ishi uchun ham majburiy talabdir. Talaba
mavzuni tanlagan ekan, uning ilmiy salohiyati va nazariy jihatdan tayyorgarligi,
albatta, bu mavzuning mazmunini tushunib yetishi va uni zamon talabiga mosligi
hamda ijtimoiy muhimligini baholay olishi uchun etarli bo‘lishi kerak. Mavzuning
dolzarbligini yoritishda quruq, asossiz gaplarga o‘rin bermaslik, gapni uzoqdan
boshlab, mavzuning mohiyatiga etib kelganda, xalq so‘zi bilan aytganda “aravani
quruq obqochish”larga yo‘l qo‘ymaslik lozim.
Mavzuning dolzarbligini asoslashda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti
asarlaridan, ma’ruzalaridan, shuningdek, xorijiy va milliy iqtisodchi-olimlar
asarlaridan mavzuga taalluqli bo‘lgan fikrlarni keltirish ayniqsa muhim.
Ishning kirish qismida kurs ishi mavzusining maqsadi o‘zining aniq ifodasini
topishi, ushbu maqsadga erishish yo‘lida qo‘yilgan vazifalar aniq ko‘rsatilishi
kerak, chunki, kurs ishini baholashda qo‘yilgan maqsadga erishilganlik va
belgilangan vazifalarning bajarilganlik darajasiga baho beriladi. Kurs ishining
kirish qismini ko‘pi bilan 2-3 varaq hajmda yozish tavsiya etiladi.
Birinchi
savol
odatda
o‘rganilayotgan soha yoki iqtisodiy
kategoriyaning nazariy jihatlarini ochib berishga bag‘ishlanadi. Unda u yoki bu
iqtisodiy kategoriyaning iqtisodiy mazmuni, uning iqtisodiyotda va ijtimoiy
hayotda tutgan o‘rni, bozor iqtisodiyoti sharoitida jamiyat taraqqiyotidagi
ahamiyati ko‘rsatib beriladi. Biron bir iqtisodiy kategoriyaning mohiyatini
ochib berish - bu mazkur kategoriyaning mohiyati va zarurligi nimada,
zamonaviy
bozor
iqtisodiyotida
u
qanday
o‘rin egallaydi, uning
rivojlanishining ob’ektiv omillari nimalardan iborat, qanday iqtisodiy-
ijtimoiy munosabatlarni aks ettiradi, ahamiyati nimalarda namoyon bo‘ladi? -
degan savollarga javob berishdir. U yoki bu iqtisodiy kategoriyaning jamiyat
taraqqiyotidagi o‘rni va ahamiyatini aniq raqamli ma’lumotlar asosida ochib
berish mumkin.
Ma’lumotlar dunyo bo‘yicha, mamlakat bo‘yicha yoki mavzu oldiga
qo‘yilgan vazifalardan kelib chiqqan holda, hududlar (viloyat, shahar, tuman)
bo‘yicha keltirilishi va bir necha yil ko‘rsatkichlarini solishtirish asosida tahlil
natijalari aks ettirilishi kerak.
Ikkinchi savol odatda amaliy faoliyat bilan bog‘liq bo‘ladi. Unda u yoki
bu iqtisodiy kategoriyaning amal qilish mexanizmi, uning dastak va
vositalaridan amaliyotda foydalanish holatlari aks ettiriladi.
Dostları ilə paylaş: