10
Asosiy qism mazmunini yoritishda amaliyot ma’lumotlarini jadvallar,
diagrammalar, rasmlar shaklida ifodalash, ularni batafsil tahlil etish talab etiladi.
Tahlil jarayonida davriy nashrlarda chop etilgan ilmiy maqolalarga, hukumat
idoralarining rasmiy Internet saytlarida keltirilgan ma’lumotlarga asoslanish
tavsiya etiladi.
Kurs ishining so‘nggi savollari, odatda o‘rganilgan kategoriyaning amal
qilishini, u yoki bu iqtisodiy munosabatlarini zamonaviy bozor iqtisodiyoti
talablaridan, sohada olib borilayotgan islohotlar talablaridan kelib chiqqan
holda takomillashtirish, rivojlantirish masalalariga bag‘ishlangan bo‘ladi. Bunda
talaba, izlanishlar natijasida olgan bilimlari, kuzatishlari, tahlillari asosida o‘rga-
nilgan soha yohud ob’ektning faoliyatini yaxshilash, samarasini yanada
oshirish bo‘yicha o‘zining yoki shu sohada izlanishlar olib borgan iqtisodchi-olim-
lar va amaliyotchilarning taklif va mulohazalarini ilmiy tarzda bayon qilishi, ularni
har tomonlama asoslab berishi, xulosalarini bir tizimga solib keltirishi lozim.
Shuningdek, kurs ishi asosiy qismining tegishli reja savollarida
o‘rganilayotgan sohaga taalluqli bo‘lgan ilg‘or xorijiy tajribalarni bayon etish
va ularni mamlakatimizda qo‘llash imkoniyatlari bo‘yicha takliflar kiritish
kurs ishining nazariy va amaliy ahamiyatini yanada oshiradi va uni yuqori
darajada baholash uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Kurs ishining xulosa qismida olib borilgan izlanishlar asosida shakllangan
xulosalar va taklif-mulohazalar tizimli ravishda keltiriladi. Ishning xulosa qismida
bayon etilgan fikrlar o‘rganilgan muammolarning yechimini yoritib berishi,
o‘rganilgan soha yoki iqtisodiy voqelikning mavjud holatini yaxshilash va
amaldagi mexanizmlarini takomillashtirishga qaratilgan va berilgan takliflarning
aniq, lo‘nda va qisqa mazmunini aks ettirishi, ishni yakunlangan ilmiy ish sifatida
tan olish uchun asos bo‘lib xizmat qilishi lozim.
Kurs ishining so‘nggida foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati keltiriladi. Shuni
alohida ta’kidlash muhimki, muallif tomonidan keltirilgan adabiyotlar ro‘yxati
uning kurs ishini yozishda oxirgi 3-5 yil ichida chop etilgan maxsus adabiyotlardan
(klassik ta’limotlar namoyandalarining asarlari bundan mustasno) foydalanish
tavsiyasiga rioya qilganligini ko‘rsatib turishi kerak.
Dostları ilə paylaş: