8
Prezident qarorlari, farmonlari, farmoishlari, Vazirlar Mahkamasining
qarorlari, Kodekslar, amaliyotda qo‘llanilayotgan yo‘riqnomalar va me’yoriy
hujjatlarni o‘rganib chiqish va kurs ishining u yoki bu savolini yoritishda
ulardan foydalanish kurs ishini yozishga qo‘yiladigan asosiy talablardan
hisoblanadi. Shu bilan birga, Prezident asarlari, ma’ruzalari va nutqlaridan
foydalanish, ularda belgilab berilgan vazifalarning bajarilish darajasini
mavzuga bog‘lab o‘rganish va kurs ishida maqsadga muvofiq aks ettirish
tavsiya etiladi.
Kurs
ishida
bahs-munozarali,
muammoli masalalarga alohida o‘rin ajratish
kerak. Bu boradagi vazifa shundan iboratki,
turli mualliflarning u yoki bu iqtisodiy
kategoriya yoki iqtisodiy voqelik xususidagi
qarashlarini,
ularning
qay
tarzda
asoslanayotganligini o‘ylab ko‘rib, ishda
to‘g‘ri aks ettirib, talaba bu boradagi o‘z nuqtai-nazarini bayon qilishi va
asoslab berishi ayniqsa muhimdir. Bu maqsadlarda vaqtli matbuotda chop
etilgan maqolalarni, ilmiy anjumanlarning materiallarini, shuningdek,
iqtisodchi olimlarning mavzuga taalluqli ilmiy monografiyalarini o‘rganib
chiqish lozim.
Bajarilgan kurs ishi, agar unda tegishli amaliy, raqamli ma’lumotlar
keltirilmasa va ularning tegishli tartibdagi tahlili berilmasa, bunday ishlar
ijobiy
baholanmaydi,
chunki,
iqtisodiy
jarayonlarning
o‘zgarish
qonuniyatlarini, o‘sish yoki sustlashish tendentsiyalarini, muayyan
ko‘rsatkichlarning o‘zgarishiga ta’sir etuvchi omillarni faqat raqamlar
orqali, ularni solishtirish, baholash, monitoring va tahlil qilish orqali ko‘rsatish
mumkin. Bu maqsadda statistik to‘plamlar, iqtisodiy jurnallardagi iqtisodiy
jarayonlarning yillar va choraklar bo‘yicha o‘zgarishini aks ettiruvchi statistik
ko‘rsatkichlardan, davlat organlarining (masalan, Davlat statistika qo‘mitasi,
Moliya vazirligi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, kabi)
rasmiy Internet-saytlaridagi ma’lumotlaridan foydalanish va ularni
jadvallar, diagrammalar, grafiklar, chizmalar tarzida jamlab, kurs ishida aks
ettirish lozim. Shuningdek, mavzuga mos ravishda alohida olingan moliya va
soliq organlari, davlat boshqaruvi idoralari va budjet tashkilotlari va
muassasalarining hisobot ma’lumotlaridan foydalanib, o‘rganilayotgan
mavzuning mohiyatini, uning samaradorlik darajasini ochib berish mumkin.
Bu ma’lumotlarni so‘nggi 3-5 yil bo‘yicha keltirish maqsadga muvofiq.
Agar tanlangan mavzu nazariy xususiyatga ega bo‘lsa, keltirilgan raqamli
ma’lumotlar nazariy xulosalarning ishonarli ko‘rgazmasi va isboti bo‘lib
xizmat qilishi shubhasiz.
Dostları ilə paylaş: