O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/39
tarix02.01.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#42714
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39
2019 Kurs ish qullanma tayyor 2

 

III. KURS ISHI REJASINI TUZISH 

 

Kurs  ishi  rejasini  talaba  asosiy  adabiyotlar  bilan  tanishib  chiqqandan 



so‘ng  tuzishi  maqsadga  muvofiq.  Reja  mavzuning  asosiy  savollarini  aks 

ettirib, qisqa bo‘lishi (oddiy reja) yoki har bir savolni aniqlashtirgan, kichik 

savollarga ajratgan holda, kengaytirilgan (murakkab reja) bo‘lishi mumkin.

 

Talabaga tavsiya! 



Hech qaysi adabiyotda tayyor 

kurs ishi bo‘lmaydi!  

Kurs ishi talabaning mustaqil 

izlanishlari mahsuli bo‘lishi kerak 


 

Reja  ilmiy  rahbar  bilan  kelishgan  holda  tuzilishi  kerak.  Rejaning 



savollari  ma’lum  bir  tartibda,  mantiqiy  ketma-ketlikda  qo‘yilishi  lozim. 

Rejada talabaning ijodiy yondoshuvini, ilmiy tahlillari va tashabbusini talab 

qiladigan  savollarning  qo‘yilishi  juda  muhim  bo‘lib,  bu  kurs  ishining 

qiymatini yanada oshiradi.

 

Kurs  ishi  ustida  ishlash  jarayonida  reja  talaba  tomonidan  birmuncha 



o‘zgartirilishi, aniqlashtirilishi va kengaytirilishi mumkin.

 

Kurs  ishi  rejasini  tuzishda 



biron-bir 

qolipning, 

yagona 

shaklning  bo‘lishi  mumkin  emas. 

Lekin  aksariyat  mavzular  uchun 

tuzilgan  rejalar  savollari  o‘rganila-

yotgan 

mavzuning 

nazariy 

va 


tashkiliy-huquqiy  asoslarini,  izlanish  ob’ektidagi  amaliyot  holati  tahlilini, 

izlanish 

uchun 

asos 


qilib 

tanlangan 

muayyan 

ijtimoiy-iqtisodiy 

munosabatlarni  takomillashtirish  va  samaradorligini  oshirish  yo‘llarini 

qamrab olishi kerak.  

Kurs  ishinig  mazmuni  va  hajmiga  ma’lum  chegaralar  qo‘yilgan,  ya’ni 

kurs ishi 3 – 3,5 ming so‘z birligi, yoki 35-40 varaq hajmida bajarilishi kerak, 

shunday ekan, rejada ham shu hajm doirasida yoritib berish mumkin bo‘lgan 

savollar qo‘yilishi maqsadga muvofiq. 

Xulosa  qilib  aytganda,  talabaning  qiziqishlaridan,  fikrlash  doirasining 

kengligidan,  to‘plangan  adabiyotlar  va  amaliy  ma’lumotlarning  ko‘lamidan, 

talabaning  ilmiy  izlanishlarga  bo‘lgan  layoqatidan  kelib  chiqqan  holda,  kurs 

ishi  rejalari  turli-tuman,  cheklanmagan  variantlarda,  ixtiyoriy  talqinda  bo‘lishi 

mumkin.  Muhimi,  ishlab  chiqilgan  reja  tanlangan  kurs  ishining  mazmun-

mohiyatini, maqsad va vazifalarini ochib berishi, o‘rganilgan muammo yuzasidan 

mustaqil 

xulosalarni 

shakllantirishga 

xizmat 


qilishi 

kerak. 


Ushbu 

Ko‘rsatmalardan  foydalanuvchilarga  amaliy  yordam  sifatida  bir  necha  mavzu 

bo‘yicha  tuzilgan  kurs  ishi  rejalari  namunalari  qo‘llanmaning  4-ilovada 

keltirilgan. 

 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin