O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti



Yüklə 0,67 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/39
tarix02.01.2022
ölçüsü0,67 Mb.
#42714
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39
2019 Kurs ish qullanma tayyor 2

UMUMIY QOIDALAR 

 

Kurs  ishi  ustida  ishlash  davomida  talaba  o‘quv  jarayonida  olgan  nazariy 



bilimlari va mustaqil tadqiqot natijalarini yozma ravishda bayon qilish uslubi, 

keltirilgan  fikrlarning  aniqligi,  materiallarning  joylashish  ketma-ketligi, 

rasmiylashtirishga  qo‘yiladigan  umumqabul  qilingan  talablarni  hisobga  olgan 



 

holda bayon qilish tajribasiga ega bo‘lishi juda muhimdir. Bo‘lajak iqtisodchi-



mutaxassis o‘z fikrlarini aniq va ravon bayon qila olishi, kiritayotgan takliflarini 

ilmiy va nazariy jihatdan asoslay bilishi, iqtisodiy terminlarni o‘z o‘rnida to‘g‘ri 

ishlata  bilishi,  kerakli  ma’lumotlarni  to‘play  olishi  va  qayta  ishlay  olishi, 

ularni  atroflicha  tahlil  qilish  va  umumlashtirish  ko‘nikmalariga  ega  bo‘lishi 

kerak. 

Kurs  ishi  talaba  tomonidan  mustaqil  ravishda  bajariladi  va  ma’lum 

ma’noda,  ilmiy  izlanish  olib  borishning  kichik  bir  shaklidir.  Ayrim  iqtidorli 

talabalar  kurs  ishini  bajarish  jarayonida  birmuncha  chuqur  va  keng  qamrovli 

ilmiy  izlanishlar  olib  boradilar,  ularning  mustaqil  ravishda  bajargan  kurs 

ishlari talabalar ilmiy to‘garaklarida, ilmiy konferentsiyalarda va  tanlovlarda 

ilmiy ma’ruza qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Kurs ishida tavsiya etilgan adabiyotlarni, ayniqsa, iqtisodiy ta’limotlar 

klassiklari asarlarini, prezident asarlari, iqtisodiy ta’limotning ko‘zga ko‘ringan 

horijiy va milliy namoyandalarining asarlari va ma’ruzalarini chuqur o‘rganish 

natajalari  (tegishli  havolalarda)  aks  ettirilsagina,  mazkur  kurs  ishi  unga 

qo‘ytladigan  zamonaviy  talablarga  javob  bera  oladi.  Shuningdek,  ishda 

nafaqat  mamlakat  ichki  institutsional  tuzilmalarining,  balki  tashqi 

kuzatuvchilar,  BMT,  Xalqaro  Valyuta  Fondi,  Jahon  Banki  kabi  xalqaro 

moliyaviy  tashkilotlarning,  xalqaro  va  umummilliy  tashkilotlarning  tegishli 

ma’lumotlarini  keltirish,  ularni  tahlil  qilish  natijalarini  aks  ettirish  yuqori 

baholanadi. 


Yüklə 0,67 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   39




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin