Kurs ishini bajarishdan maqsad - kurs ishi ustida ishlash davomida
talaba “Iqtisodiyot nazariyasi” fandan olgan nazariy bilimlarini mustaqil
ravishda kengaytirish va chuqurlashtirishga erishadi, maxsus adabiyotlardan
olingan, iqtisodiyot, moliya, bank, soliq va agrar sohadagi ma’lumotlar,
hisobotlari materiallarini hamda ilmiy tezis va maqolalarni o‘rganish asosida
to‘plangan, shuningdek, Internet resurs manbalaridan olingan ma’lumotlarni
qayta ishlash, umumlashtirish, tahlil qilish va muayyan bir tizimga keltirish
bo‘yicha dastlabki bilim va ko‘nikmalarni hosil qiladi.
Qo‘yilgan maqsadning muvaffaqiyatli bajarilishi uchun kurs ishlarini
bajarishga quyidagi talablar qo‘yiladi:
- kurs ishida mavzuga taalluqli O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
farmonlari, qarorlari, ma’ruzalari va Prezident asarlaridan ma’lumotlar, Oliy
Majlis sessiyalari materiallari va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining qarorlari sharhi o‘z aksini topishi lozim;
- kurs ishini yozish jarayonida tadqiq etilayotgan mavzu va
o‘rganilayotgan amaliy ma’lumotlarning nazariy asoslarini chuqur o‘rganish va
mavzu bo‘yicha samaradorligini oshirish imkoniyatlarini ko‘rsatish,
iqtisodiyotni modernizatsiyalash va yangilashning bugungi sharoitida
iqtisodiyotni rivojlantirishning turli dastak va vositalaridan foydalanish
shakllari va usullarini takomillashtirish nuqtai nazardan ilmiy, ijodiy
yondoshish zarur;
- kurs ishi mazmunini ravon adabiy tilda bayon qilish, tadqiqotlar va
izlanishlar natijalarini rasmiy hujjatlarga qo‘yiladigan asosiy talablarga rioya
qilgan holda aks ettirish lozim.
Dostları ilə paylaş: |