nazariyasi” fani dasturiga muvofiq tarzda kafedra tomonidan ishlab chiqildi va
kafedra yig‘ilishida ko‘rib chiqilib, yig‘ilish bayonnomasi bilan tasdiqlandi.
familyasining bosh harfiga mos harf qatoridan istalgan mavzuni tanlab olish
huquqi beriladi. Ayrim hollarda talaba, kurs ishiga rahbar etib tayinlangan
professor-o‘qituvchi va kafedra mudiri bilan kelishilgan holda, kurs ishi
mavzulari ro‘yxatiga kirmagan mavzuni tanlashi (agar bunga asos bo‘lsa)
guruhdagi kurs ishini bajaradigan talabalar sonidan 2 barobar ortiq bo‘ladi. Shu
sababli bir akademik guruhdan bir necha talaba bitta mavzuni tanlamagani
5
maqsadga
muvofiq.
(kurs
ishlarining
namunaviy
mavzulari
ushbu
Ko‘rsatmaning 1-ilovasida keltirilgan).
Kurs ishi mavzusini to‘g‘ri tanlash muhim ahamiyatga ega, u yoki bu
mavzuni tanlab olish tasodifiy bo‘lmasligi lozim. Ayrim talabalar mavzu
tanlashdek muhim bosqichga jiddiy yondoshmaydilar, natijada tasodifiy biror
mavzuni olib, bir qancha vaqt o‘tgach, qator qiyinchiliklarga uchrab, qimmatli
vaqtlarini behuda sarflab, so‘ng kafedraga mavzuni o‘zgartirishni so‘rab
murojaat qiladilar. Shuningdek, ba’zi talabalar duch kelgan mavzuni tanlab,
mavzu ustida yuzaki, hech bir tashabbus va izlanishsiz ishlaydilar. Bunday
sovuqqonlik va loqaydlikdan, e’tiborsizlik va sustkashlikdan umumiy ish faqat
zarar ko‘radi, kurs ishini bajarishdan ko‘zlangan maqsadga erishilmaydi.
Mavzuni tanlashga har bir talaba u yoki bu mavzuga ilmiy va amaliy
qiziqishlarini, ilmiy to‘garaklardagi avvalgi ishtirokini hisobga olib, maxsus
adabiyotlar bilan tanishuvi yoki oliy ta’lim muassasasigacha orttirgan ish
tajribasiga tayangan holda yondoshgani ma’qul.
Bundan tashqari, kurs ishi mavzusini talaba kelgusida yozajak bitiruv-
malakaviy ishining mavzusi va yo‘nalishini hisobga olgan holda tanlagani
maqsadga muvofiq, chunki kurs ishi, ma’lum ma’noda, malakaviy ishda
ko‘tariladigan masala va muammolarning nazariy asosini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: