etaklovchi val deb, bu valdan xarakatni qabul qilib ish bajaruvchi qismga uzatuvchi valni esa etaklanuvchi val deb ataladi.
Agar uzatma bir necha pog’anali bo’lsa, har bir pog’ananing energiya manbai tomonidagi birinchi val ikkinchi valga nisbatan etaklovchi, ikkinchi val esa pog’anadagi etaklanuvchi val bo’ladi.
Vallardagiquvvat va burchak tezliklar ma’lumbo’lganda ulardagi burovchi moment quyidagicha aniqlanadi. T= P / ω yoki T= 9550 P / n
Unda uzatmaning uzatish soni quyidagicha ifodalanadi: U = n1 / n2 = ω1 / ω2 . Energiya oqimining yo’nalishidan qat’iy nazar, istalgan ikki val burchak tezliklarining nisbatlari uzatish nisbati deyiladi. U1-2 = n1 / n2 = ω1 / ω2 yoki u2-1 = n2 / n1 = ω2 / ω1. Uzatish nisbati umumiy tushuncha bo’lib, birdan katta, birdan kichik yoki birga teng bo’lishi mumkin. Uzatish soni esa, n1 > n2 bo’lgani uchun doim birdan katta bo’ladi. Aylanish soni n bilanburchak tezligi ωorasida quyidagi bog’lanish mavjud, ω = π n / 30. Uzatmaning foydali ish koeffistienti quyidagicha aniqlanadi: η = P2 / P1 . Agarda T2momentni T1 momentga bo’lsak, T2 / T1 = ( P2 / ω2 ) / ( P 1 / ω1 )= η · U kelib chiqadi, bundan esa uzatish nicbati, U = T2 / T1 · η bo’ladi. Shunday qilib, uzatish sonini quyidagicha ifodalash mumkin: U= n1 / n2 = ω1 / ω2 = T2 / ( T1·η ). Agar uzatma bir necha pog’onali bo’lsa, uning umumiy uzatish soni: U um = U1· U2 ·…· U0 = U = n1 / n2 , bu erda U1, U2 va U0–birinchi, ikkinchi va oxirgi vallarning uzatish-lar soni; Ko’p pog’anali uzatmalar turli turdagi uzatmalardan (masalan, tasmali, chervyakli, tishli va boshqalar) tuzilgan bo’lishi mumkin Va bu ishqalanishning turiga ko’ra, podshipniklar sirpanish bilan dumalash podshipniklariga bo’linadi. Umuman podshipniklar yuklanishni qabul qilishiga ko’ra: radial -radial yuklanishni, tirak -o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishni va radial-tirak -bir vaqtda radial va o’q bo’ylab yo’nalgan yuklanishni qabul qiladigan turlariga bo’linadi. Sirpanish podshipniklarining hozirgi zamon mashinasozligida ishlatilishi kamaygan, (ular o’rniga qator afzalliklari bo’lgan dumalash podshipniklari ishlatilmoqda). Shunday bo’lsada, sirpanish podshipniklaridan quyidagi xollarda foydalaniladi: a) tez aylanuvchi vallarda; b) val va o’qlarni joylashtirishda katta aniqlik talab qilinsa; v) diametri katta bo’lgan vallarda; g) vallarni stapfalariga dumalash podshipniklarni o’rnatib bo’lmasa (masalan: tirsakli val); d) zarbli kuchlar ta’sir qiladigan va katta tebranish bo’lganda. Podshipniklar stapfalarga o’rnatish shakliga ko’ra stilindr-simon, konussimon hamda, sharsimon bo’lishi mumkin