Xalqaro tashkilotlar- Mejdunarodnыe organizatsii-International organizations
Xalqaro tashkilotlar – mustaqil davlatlar yoki milliy jamiyatlar (assotsiatsialar) ming siyosiy,
iqtisodiy-ijtimoiy maqsadlarga erishish uchun tuzilgan birlashmalar, mamlakatlar o‘rtasida ko‘p
tomonlama xamkorlik qilishning eng muxim turlaridan biri. Xalqaro tashkilotlarning umumiy
xususiyatlari shundan iboratki, ularning vazifalari va faoliyati xar bir davlat chegarasidan chetga chiqadi.
Xalqaro tashkilotlar BMT terminologiyasida “Xukumatlararo tashkilotlar” deb yuritiladi. Xozirgi kunda
jaxonda 350dan ortiq xukumatlararo tashkilotlar mavjud.
Sivilizatsiya- Sivilizatsiya- Civilization
Sivilizatsiya – (lotincha “Civilis” fuqaroviy, ijtimoiy, ya’ni xarbiylar va dindorlar
xukmronligisiz) jamiyatning o‘z taraqqiyoti jarayonida yaratgan moddiy va ma’naviy boyliklarni xamda
ularni yanada ko‘paytirib, takomillashtirib borish usullarining majmui.
Sivilizatsiyaning tarixiy urushlar va diniy jaxolatlar astllika qarshi, dunyoviy jamiyat uchun
kurash tarixidir.
SHovinizm- SHovinizm- Chauvinism
SHovinizm – (fransuzcha “CHauvinisme” – ashaddiy millatchilik, milliy ustunlik g‘oyasi va
siyosatning ifodasi.
XIX asrning boshlarida Fransiyada paydo bo‘lgan shovinizm atamasi oddiy askar N.
SHavenning nomidan kelib chiqqan. Endilikda milliy ekstremizmning namoyon bo‘lishi ma’nosida xam
ishlatilmoqda.
Buyuk davlatchilik shovinizmni muayyan siyosiy kuchlarning, ko‘pmillatlik davlatlardagi
etakchi millatlarning boshqa millatlarga nisbatan afzalligi ustuvorligi g‘oyasi asosida mafkuraviy, siyosiy
va iqtisodiy xukmronligini anglatadi.
Ma’rifat (rus.- prosvetlenie; ing.-enlightenment) – ta’lim tarbiya, iqtisodiy, siyosiy, falsafiy,
diniy va ma’naviy boyliklarning, ularni yanada ko‘paytirib hamda takomillashtirib borish usullarining
majmui.