3. Fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalari va ularning o‘ziga xos jihatlari
Jamiyatni rivojlantirish, huquqiy davlatga asos solish, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish va
ijtimoiy-siyosiy jarayonlardagi ishtirokini faollashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tish, davlat hokimiyati
organlarini tizimini nomarkazlashtirish natijasida fuqarolik jamiyati qurish uchun shart-sharoitlar yaratiladi.
Fuqarolik jamiyati rivojlanib borgani sayin sotsial strukturalar ham takomillashadi, uning yangidan-yangi
funksiyalari paydo bo‘ladi. Fuqarolik jamiyati sharoitida sotsial strukturalarga tasnif berish ijtimoiy
tuzilmasi to‘g‘risidagi bilimlarnitahlil etishda unga doir kategoriyalar to‘g‘risida tasavvurlarga ega bo‘lish
muhim ahamiyat kasb etadi. SHuning uchun fuqarolik jamiyati klassik darajada rivojlangan Evropa
namunasidagi fuqarolik jamiyati konsepsiyasining mohiyati nimada?, degan savolga javob berishga zarurat
tug‘iladi.
Bu konsepsiyada fuqarolik jamiyatining muhim mezoni sifatida erkin fuqarolik jamoalarning teng
huquqli, avtonom va faol xatti-harakat qilayotgan individlarning mavjudligi yaqqol ajratib ko‘rsatilgan.
Fuqarolik jamiyati uchun eng muhim mohiyat kasb etuvchi jihatlar – bu alohida olingan individlar o‘z
shaxsiy xohishlariga bo‘ysungan holda, «ijtimoiy manfatlardan» mustaqil holda shaxsiy ehtiyojlaridan kelib
chiqib shunchaki o‘z oldiga qo‘yilgan maqsadlarga erishishga intilishni emas, balki o‘zining mavjud
bo‘lgan qonuniy manfaatlari va ehtiyojlarini chindan ham qondirishi hisoblanadi.
Bu soha, ya’ni «byurger» xususiy shaxs sifatida o‘zini o‘zi aniqlagan individuallik o‘z xohishlari va
shaxsiy avtonomligini qondirishga qaratilgan o‘z talablarini ilgari surgan shaxsiy manfaatlari va ehtiyojlarini
amalga oshiriadi. Fuqarolik jamiyatida o‘zaro ta’sir va bog‘lanishlar shuning uchun hamijtimoiy (sotsial)
kenglik deyiladiki, ular xususiy individ sifatida sotsial aktorlardan ham mustaqil ajralgan holda ham faoliyat
yuritishi mumkin.
G‘arb namunasidagi fuqarolik jamiyatining strukturasi quyidagilardan iborat:
–jamiyatning asosiy birligi – siyosiy qaramlikdan holi bo‘lgan, o‘z huquqlaridan foydalanishga qobil
bo‘lgan shaxs;
–turli tuman manfaatlarni ifodalash va amalga oshirish zaruriyati asosida shakllanadigan jamoat
tashkilotlari va harakatlar;
–nodavlat ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar va institutlar (xususiy mulk, mehnat, tadbirkorlik va
hokazo);
–davlatdan mustaqil bo‘lgan ishlab chiqaruvchilar (xususiy firmalar va boshqalar);
–jamoat birlashmalari va tashkilotlari;
–saylovchilar uyushmalari, turli klublar va to‘garaklar;
–munitsipal, ya’ni o‘zini o‘zi boshqarish organlari;
–ta’lim va tarbiyaning nodavlatsohasi;
–nodavlat ommaviy axborot vositalari;
–siyosiy partiyalar, qonun chiqaruvchi va vakillik organlari atrofidagi davlat bilan fuqarolik
jamiyatini (bog‘lovchi bo‘g‘in» sifatidagi) turli lobbi tashkilotlari;
–tadbirkorlar, fermerlar tashkilotlari, kasaba, iste’molchilar uyushmalari, ilmiy va madaniy
tashkilotlar, sport jamiyatlari va boshqalar.
–oila;
–diniy tashkilotlar va boshq. (3.1.-rasm).
Sotsial struktura ichidagi fuqarolik jamiyatining asosi - davlat va siyosiy tashkilotlarning
barqarorligiga zaruriyat sezadigan o‘rta sirnf hisoblanadi. «O‘rta sinf»ning vakillari yuqori darajada sotsial
va iqtisodiy mustaqillikka ega bo‘ladi.Aristoteldan boshlab Russo va Gegelgacha bo‘lgan barcha
mutafakkirlar xususiy mulkni mustaqil fuqarolar yaratishdagi o‘rnini e’tirof etgan.
SHuningdek, qator tadqiqotchilar fuqarolik jamiyatini rivojlanishiniquyidagi isbot talab qilmaydigan
jihatlarini ajratib ko‘rsatdi:
–fuqarolik jamiyati davlatgacha yoki davlatdan tashqarida mavjud bo‘lmaydi;
36
Қаранг: Основы политической науки. Часть I. Под.ред. В.П.Пугачева.-М.: МГУ им. М.В.Ломоносова, 1996. –Б.219-221.
42
–ayni davlat, qaysiki fuqarolik jamiyati uning chegarasi ichida mavjud bo‘ladigan davlat
fuqarolarning farovonligi va ularning alohida maqsadlariga (agar bu maqsadlar qonunga xilof bo‘lmasa)
mansub jihatlarni himoya qiladi;
–fuqarolik jamiyati davlatdan fuqarolarning hayotini, sog‘lig‘ini, xavfsizligini va boshqa ijtimoiy
manfaatlarini himoya qilishni talab qilishga haqlidir;
–bir tomondan moddiy mo‘l-ko‘lchilikda yashayotgan, ikkinchi tomondan muhtojlikda turmush
kechirayotgan o‘rtasidagi ziddiyatlarni yumshatuvchi ijtimoiy dasturlarni amalga oshirish majburiyati davlat
zimmasiga klanadi;
–davlat o‘zining tashqi siyosati va mudofaa qudrati bilan fuqarolik jamiyatini yashashini ta’minlaydi.
Hozirgi davrda jamiyatshunos olimlar tomonidan fuqarolik jamiyatini strukturalashning uchta asosiy
yondashuvini ilgari surdi: institutsional, tizimli va sektorli. Ularni ichida institutsional yondashuv kengroq
tarqaldi. Bu yondashuv asosi sifatida tarixiy rivojlanish jarayonidaodamlarning sotsial xatti-harakatlari va
sotsial aloqalarini muvofiqlashtirish maqsadi zaruriyati sifatida paydo bo‘lgan ijtimoiy hayot birligi
(uyushmasi) sifatida shakllangan «sotsial institut» tushunchasi qabul qilingan. Bu tavsifga tayangan holda,
institut sifatida ham bir butun holdagi fuqarolik jamiyatini, ham uni tarkibiy qismlarini alohida-alohida
tarzda ko‘rib chiqish mumkin. Bunda fuqarolik jamiyati bozor munosabatlari asoslari, demokratik davlat,
asosan – davlatdan mustaqil ravishda yashash (avvalambor, moliyaviy) manbalari mavjud bo‘lgan sotsial
sinflar va qatlamlar mavjudligi bilan tavsiflanadigan ijtimoiy munosabatlarning yaxlit tizimi sifatida
namoyon bo‘ladi. Bu fuqarolik institutlarbir butun jamiyatga mansub bo‘lgan, uning biron-bir qismi yoki
tizim ostiga taalluqli bo‘lmagan, balki uning rivojlanishining muayyan bosqichida turishi bilan
ifodalanadigan institutlardir.
37
Institutsional yondashuvning muhim tomoni shundaki, u fuqarolik jamiyatining u yoki bu
manfaatlarni amalga oshirayotgan alohida olingan omillarini ajratish va tavsiflash imkonini beradi.
SHuningdek,fuqarolik jamiyatini strukturalashning tizimli yondashuvi ham o‘zining qator
afzalliklariga egadir. SHuning uchun ham turli jamiyatga doir adabiyotlarda ko‘pincha «struktura»
tushunchasi «tizim» sinonimii sifatida ishlatiladi.
38
Bu kabi nuqtai nazardan kelib chiqilsa, har bir
mamlakatdagi fuqarolik jamiyati quyidagi tizimiy belgilarga ega bo‘ladi: u biron-bir sotsiallik turiga
mansub (keng ma’noda) bo‘lib, boshqaruvchi va boshqariluvchi tizimlarga bo‘linish, muayyan darajadagi
suverenlik, ierarxiyalik, barqarorlik, rivojlanib va o‘zgarib borish, ochiqlik, turli moslashuvlar, organik birlik
(yaxlitlik) vadifferensyalashish
39
kabi sifatlarga ega bo‘ladi.
Fuqarolik jamiyati o‘z ichiga qator ostki tizimlarni oladi: iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy va ma’naviy. Bu
ostki tizimlarning funksiyalaridan kelib chiqib ularning har biri doirasida alohida-alohida ravishda
shakllanadigan fuqarolik jamiyatining uyushmalarini strukturalash mumkin.
SHuningdek, fuqarolik jamiyati strukturasini uch sektorlik nazariya asosida ham ko‘rib chiqish
mumkin (3.2.-rasm). Uning muhim jihati - bu fuqarolik jamiyatini gorizontal tekislikda (uch sektorga
bo‘lingan holda), shu bilan birga, uni vertikal, ya’ni ijtimoiy tizimdagi holatini yaxlit tarzda tahlil qilish
mumkinligidadir. Gorizontal bo‘lish deganda faoliyatlari ustuvorligidan kelib chiqib jamiyatni uchta teng
huquqli sektorlarga bo‘lish tushuniladi. Dastlabki ikki sektor davlat va siyosiy institutlar va ishbilarmon
xususiy tashkilotlar va korxonalar. Hozirgi davrda uchinchi – foyda olishni ko‘zlamaydigan sektor ham
paydo bo‘ldi. Bu sektor aholining o‘z oldiga shaxsiy daromad olishni qo‘ymaydigan guruhlari va
tashkilotlarini o‘z ichiga oladi. Uchinchi sektorga oila bilan hukumat va foyda keltiruvchi biznes
vakillaridan iborat sektor o‘rtasida rivojlangan faollashuv sektori sifatida qaraladi. Bu qarashlarga muvofiq
vertikal ravishda bo‘linishda uchta daraja –faoliyatga oid bo‘lgan fuqarolik faolligi (xususan, fuqarolik
jamiyati) vanofuqaroviy hamjamiyat (jinoiylikka taalluqli bo‘lgan) darajalari mavjudligini ifodalaydi.
Faoliyatga oid daraja o‘z ichiga siyosiy institut sifatida davlat, iqtisodiy va biznes-strukturalar, foyda
olishni ko‘zlamaydigan tashkilotlar doirasida amalga oshadigan barcha yuridik jihatdan rasmiylashgan
aloqalar va munosabatlarni oladi. Nofuqarolik jamiyati – bu barcha uchta sektordagi norasmiy (yashirin) va
jinoiy faoliyatga moyil guruhlardir. Bu darajalar orasiga jamiyat faoliyati sohasining o‘rta holati sifatida, bir
37
Резник, Ю.М. Формирование институтов гражданского общества (социоинженерный подход) / Ю.М. Резник // Социс. – 1994. – №10. –
С. 21 – 30.
38
Карташов, В.Н. Гражданское общество как система (социально-правовой аспект) / В.Н. Карташов // Вестник Ярославского
государственного университета им. П.Г.Демидова.–2009.–№1.–С. 37-43.
39
Дифференциация [фр. differentiation < лот. differentia фарқ қилиш, тафовут] - 1)бир бутуннинг турли қисмлар, шакллар ва даражаларга
бўлиниши, ажралиши, парчаланиши.
43
tomondan, huquqiy maydon doirasida, ikkinchi tomondan, davlat tomonidan muvofiqlashtirilmaydigan
fuqarolik jamiyati joylashadi.
Albatta, fuqarolik jamiyatining sotsial strukturalarini o‘rganishda uchchala yondashuvning har biriga
ehtiyoj seziladi. Fuqarolik jamiyatida ishtirok etayotgan har qanday omil institutlashadi, o‘zining ustuvor
maqsadlariga bog‘liq holda sektorlarga bo‘linadi, o‘ziga xos muayyan muhitda faoliyat yuritadi. Ularning
hammasini bir doiraga jamlanishi ostki tizimlarga bo‘linadigan fuqarolik jamiyatini tashkil etadi.
Aksariyat jamiyatshunos olimlarning fikricha, fuqarolik jamiyatining strukturalari quyidagi belgilar
bilan tavsiflanadi:
–sotsiallik (sotsial manfaatlar va intilishlarni artikulyasiya qilish, odamlar va buyumlar o‘rtasidagi
emas, balki, odamlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar va aloqalar;
Dostları ilə paylaş: |