50
Industrial rivojlangan mamlakatlar jamiyatlari sotsial strukturasini tahlili shuni
ko‘rsatadiki, bu struktura tarkibiga turli tuman guruhlar va qatlamlar kirib, ular qator
ko‘rsatkichlar bo‘yicha bir-birlaridan farqlanadi. Hozirgi davrdagi bu ko‘rsatkichlarni va
sinflarning o‘zaro chegaralarini aniqlash uchun sotsial stratifikatsiyaning har xil mezonlaridan
foydalanishga to‘g‘ri keladi. Ular quyidagilardir: mehnatning ijtimoiy taqsimoti tizimidagi
ahvoli, oladigan daromadining hajmi va yo‘llari, kasbiy funksiyasining xususiyatlari, hayot
kechirish uslubining xususiyatlari, ma’lumotlilik darajasi va boshqalar.
Rivojlangan mamlakatlar jamiyatlarining sotsial toifalashuvi quyidagilar bilan tavsiflanadi:
bir necha sinflarni belgilarini o‘zida ifodalaydigan ko‘p sonli guruhlarni paydo bo‘lishi;ichki
sinfiy tabaqalanishlarni faollashuvi; struktura unsurlari harakatchanligini o‘sishi; moddiy hayot
darajasining oshib borishi. Bu jaranlar ko‘p jihatlardan rivojlangan mamlakatlarni barqaror
rivojlanishi va
Dostları ilə paylaş: