54
fuqarolik davlat bilan fuqaro o‘rtasida amal qiladigan bir qator huquq va burchlar bilan
mustahkamlangan.
Turli ijtimoiy sub’ektlarning o‘zaro ta’sirlashuvi ro‘y beradigan va manfaatlari amal
qiladigan jamiyat munosabatlariga fuqaroviy ong kirib boradi va ularni aks ettiradi.
SHuningdek, u kishilararo munosabatlarga ta’sir ko‘rsatgan holda ularga aniqlik, mazmun va
shakl bag‘ishlaydi. Kishilarning ijtimoiy hayot hamda davlatga nisbatan, shaxs bilan davlat
o‘rtasida haqiqiy va me’yoriy munosabatlar to‘g‘risidagi tasavvurlari fuqaroviy ongda
mujassamlashgan.
Ijtimoiy-siyosiy, diniy, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy va boshqa me’yorlar, talablar,
tamoyillir, qoidalar umumiy fuqaroviy dunyoqarash shaklida fuqaroviy ongning tarkibiy
elementlari sifatida namoyon bo‘ladi.
Demokratik jamiyatning barqarorligi demokratik qadriyatlar bilan boyishni taqozo etadi.
Bu jarayon jamiyatdagi fuqarolarning ijtimoiy erkin sharoitda yashashga qanchalik tayyor
ekanliklari, ya’ni shaxslarning fuqaroviy etukligi va faolligiga bog‘liq. O‘z navbatida fuqaroviy
etuklik va fuqaroviy mus’uliyat jamiyat a’zolarining fuqaroviy ongi darajasi bilan belgilanadi.
Aynan fuqaroviy ong jamiyatning ma’naviy, intellektual hamda ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatini
shakllantiradi.
Fuqaroviy ong jamiyatni birlashtirishga xizmat qiladi, umumiy manfaatlar yo‘lida
fuqarolar o‘rtasida kelishuv bo‘lishiga xizmat qiladi. Jamiyatda ro‘y beradigan turli ijtimoiy-
madaniy omillar ta’sirida fuqaroviy ong o‘zgarib boradi va fuqaroviylik to‘g‘risidagi g‘oyalar
taraqqiyotida o‘z aksini topadi.
Davlat va jamiyat, davlat va shaxs o‘rtasidagi munosabatlarning tabiati haqidagi
bilimlarning kengayishi “fuqaroviylik” tushunchasini qayta qayta tafakkur qilishni taqozo etadi.
Ijtimoiy jarayonlar natijasida sayqallangan fuqaroviy madaniyat va fuqaroviy ong kishilarni
iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, axloqiy jihatdan shakllantiradi.
Dostları ilə paylaş: