O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “ ijtimoiy fanlar



Yüklə 8,04 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə72/169
tarix17.07.2023
ölçüsü8,04 Mb.
#136717
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169
Fuqarolik jamiyati

Beshinchidan,
saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa 
tashviqot materiallarini chiqarish hamda tarqatish orqali olib borishni tartibga solish maqsadida 
«O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunga yangi 27
3
-modda, 
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunga yangi 
25
3
-modda, shuningdek, saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali saylovoldi tashviqotini 
olib borishning huquqiy asosi sifatida yangi27

va 25
4
-moddalar ham qo‘shimcha sifatida 
kiritildi. 
Mazkur yangi huquqiy mexanizmlarning joriy etilishi avvalambor, partiyalararo 
raqobatning kuchayishi, saylovoldi tashviqotining shakl va usullari tobora turli-tuman va keng 
miqyosga ega bo‘lib borayotgani bilan izohlanadi. Bu kabi yangi qoidalar saylov 
kampaniyasining ushbu muhim bosqichini amalga oshirish jarayonida deputatlikka nomzodlar va 
siyosiy partiyalarga teng sharoitlar yaratish mexanizmlarining samaradorligini oshirishga xizmat 
qiladi. 
Saylovoldi tashviqotini bosma, ko‘rgazmali, audiovizual va boshqa tashviqot materiallarini 
chiqarish hamda tarqatish orqali olib borish yoki saylovchilar bilan uchrashuvlar o‘tkazish orqali 
saylovoldi tashviqotini olib borish tartibining qonunchilikda aniq belgilanishi bu jarayondaga har 
bir harakatni qonun asosida amalga oshirilishiga, saylovlarning adolatli o‘tishiga xizmat qiladi. 
Oltinchidan,
yangi qonunga asosan «qamoqda saqlash joylarida» saqlanayotganlar ham 
ovoz berish jarayonlarida ishtirok etish huquqiga ega bo‘lmoqda. Xususan, «O‘zbekiston 
Respublikasi Oliy Majlisiga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 8, 32, 33, 38-moddalariga hamda 
«Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida»gi qonunning 8, 29, 
30, 35-moddalariga «qamoqda saqlash joylarida» saqlanayotganlarning ovoz berish jarayonida 
ishtirok etish huquqini beruvchi qo‘shimchalar kiritildi. 
Bu avvalo, milliy qonunchiligimizni saylovlarga oid xalqaro andozalarga yanada 
muvofiqlashtirilishini namoyon etsa, ikkinchidan, mamlakatimizda inson huquqlarini himoya 
qilish borasida izchilislohotlar amalga oshirilayotganini ko‘rsatadi. CHunki, aybsizlik 
prezumpsiyasiga asosan, shaxs sud xukmi bilan aybdor deb topilmagunga qadar, aybsiz 
hisoblanadi. Aybi isbotlanmagan, qamoqda saqlash joylarida saqlanayotgan shaxslar ham ovoz 


120 
berish huquqiga ega. Qonunchilikka kiritilgan yuqoridagi qo‘shimchalar ushbu huquqni 
ta’minlashga, shuningdek, insonparvarlik tamoyillarini amalga tatbiq etishgaxizmat qiladi. 

Yüklə 8,04 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   68   69   70   71   72   73   74   75   ...   169




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin