121
«O‘zbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasiga nomzodlar ko‘rsatish va ularni
saylash bo‘yicha O‘zbekiston ekologik harakatining konferensiyasida hozir bo‘lish».
Bu qo‘shimcha orqali mamlakatimizda 2008 yilda tashkil
etilgan va Oliy Majlis
Qonunchilik palatasida o‘zining 15 nafar deputatlik o‘rniga ega bo‘lgan O‘zbekiston ekologik
harakati saylovlarini ham ochiq, oshkora tarzda o‘tayotganligini
keng jamoatchilikka, xususan
xalqaro kuzatuvchilarga bildirish, ularni O‘zbekiston ekologik harakatining
konferensiyasida
ishtirok etishiga sharoit yaratish kabi maqsadlar mujassam.
Albatta, saylov jarayonlarini xalqaro me’yorlarga mosligini ko‘rsatadigan muhim mezon
bu – unda kuzatuvchilarning ishtirok etishi hisoblanadi. O‘zbekiston ekologik harakatining
Qonunchilik palatasi deputatlarini saylash bo‘yicha konferensiyalarida kuzatuvchilarning
ishtirok etishini huquqiy ta’minlanishi mazkur tanlovning yanada adolatli bo‘lishiga
xizmat
qiladi. Mamlakatimizdagi saylov qonunchiligiga asosan barcha saylov jarayonlarida
kuzatuvchilarning ishtirok etishi uchun huquqiy asos yaratilgan, o‘tkazilayotgan saylovlarda bir
qator xorijiy mamlakatlarning ekspertlari ishtirok etib, saylovlarni ijobiy baholashmoqda.
Mazkur me’yorning qonunchilikka kiritilishi bu boradagi kichik bo‘shliqni to‘ldirdi va
saylovlarni yanada adolatli o‘tishiga xizmat qiladi.
Amalga oshirilayotgan bu kabi islohotlarning barchasi milliy
saylov tizimining izchil va
bosqichma-bosqich liberallashuvini, ikki palatali parlament saylovlarining qonun talablari va
umume’tirof etilgan xalqaro tamoyil va me’yorlarga to‘la mos holda o‘tkazilishini
ta’minlaydigan mukammal qonunchilik bazasining shakllanishiga olib keldi. Ushbu qonunlarda
davlat hokimiyati vakillik organlariga saylovlarning faqat ko‘ppartiyaviylik asosida o‘tkazilishi
qat’iy belgilab qo‘yildi.
Mamlakat Prezidenti lavozimiga, Qonunchilik palatasi deputatligiga
nomzodlarni siyosiy partiyalar tomonidan, mahalliy Kengashlar deputatligiga nomzodlarni esa –
siyosiy partiyalarning joylardagi tegishli organlari tomonidan ko‘rsatilishi to‘g‘risidagi
tamoyilial qoida mustahkamlandi. Deputatlikka nomzodlarning davlat hokimiyati ijro organlari
tomonidan ko‘rsatilish amaliyoti bekor qilindi va bu mamlakatimizda
amalga oshirilayotgan
demokratik o‘zgarishlarni chuqurlashtirish yo‘lidagi tamoyilial qadam bo‘ldi
136
.
Saylov qonunchiligimizga saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazish bilan bog‘liq
bo‘lgan, eng rivojlangan demokratik davlatlar tajribasida ham kamdan-kam uchraydigan mutlaq
vakolatlarning Markaziy saylov komissiyasiga berilishini ko‘zda tutadigan o‘zgartishlarning
kiritilishi o‘ta muhim ahamiyatga molik ulkan voqea bo‘ldi. Amaldagi qonunchiligimizga ko‘ra,
saylov kampaniyasi jarayoniga davlat va hokimiyat tuzilmalari, jamoat birlashmalari tomonidan
aralashishga qaratilgan har qanday urinish qonun bilan taqiqlanishi ham buni yaqqol ko‘rsatib
turibdi.
Dostları ilə paylaş: