Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə118/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

Mustaqil 
auditor 
Fond moliyaviy 
hisobotlarini 
tasdiqlaydi 


176 
Investitsiya fondi yangi yuridik shaxsni taʼsis etish yoki boshqa investitsiya 
fondini qayta tashkil etish yoʻli bilan tashkil etiladi. Investitsiya fondini 
investitsiya fondi boʻlmagan boshqa yuridik shaxsni qayta tashkil etish orqali 
tashkil etishga yoʻl qoʻyilmaydi. Investitsiya fondi tijorat tashkiloti boʻlib, u 
oʻzining alohida hisobga olinadigan mol-mulkiga, shu jumladan ustav kapitaliga 
berilgan mol-mulkka ega boʻladi.Yuridik va jismoniy shaxslar investitsiya 
fondining muassislari (aksiyadorlari) sifatida ish yuritishi mumkin. 
Investitsiya fondini davlat roʻyxatidan oʻtkazish Oʻzbekiston Respublikasi 
Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya fondini tashkil etishda uning aksiyalari qiymatini toʻlash pul 
mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, ulushlar, shuningdek koʻchmas mulk va boshqa 
mol-mulk, mulkiy huquqlar bilan amalga oshiriladi. Bunda uning ustav 
kapitalining kamida 75 foizi pul shaklida toʻlanishi kerak.Investitsiya fondining 
aksiyalarini joylashtirish fond birjasida amalga oshiriladi. 
Aksiyadorlarning umumiy yigʻilishi va kuzatuv kengashi, shuningdek 
vakolatlarini ishonchli boshqaruvchi amalga oshiradigan ijroiya organi investitsiya 
fondining boshqaruv organlaridir. 
Investitsiya fondi: 
- faoliyatni litsenziya olmasdan amalga oshirishga; 
- korporativ obligatsiyalar va infratuzilma obligatsiyalari, shuningdek 
imtiyozli aksiyalar chiqarishga; 
- investitsiya fondi sof aktivlarining 10 foizidan ortigʻini bir emitentning 
qimmatli qogʻozlariga yoki masʼuliyati cheklangan jamiyatning ulushiga 
investitsiya qilishga; 
- toʻlanishi lozim boʻlgan qarzlarning jami hajmi kredit va (yoki) qarz bitimi 
imzolangan sanadagi investitsiya fondi sof aktivlari qiymatining 15 foizidan oshib 
ketgan taqdirda, kredit va (yoki) qarz mablagʻlarini jalb etishga (bunda kredit va 
(yoki) qarz muddati uch oydan oshib ketmasligi kerak); 
- kafil boʻlishga, mol-mulkni yoki mulkiy huquqlarni garovga qoʻyishga; 
- tashkiliy-huquqiy shakli oʻz ishtirokchilarining qoʻshimcha javobgarligini 
nazarda tutadigan xoʻjalik jamiyatlarining qimmatli qogʻozlariga va ulushlariga 
investitsiyalarni amalga oshirishga; 
- ishonchli boshqaruvchi, auditorlik tashkilotlari tomonidan chiqarilgan 
qimmatli qogʻozlarga investitsiyalarni amalga oshirishga, shuningdek ularning 
ustav kapitalidagi ulushlarini olishga; 
- boshqa investitsiya fondlarining aksiyalarini olishga va ularga ega 
boʻlishga; 
- investitsiya faoliyati bilan bogʻliq boʻlmagan bitimlar tuzishga, opsionlar 
yoki fyucherslar olishga; 
- umumiy summasi fond sof aktivlarining 10 foizidan ortiq investitsiyalarni 
amalga oshirishga (bundan qimmatli qogʻozlarga qoʻyish mustasno) haqli emas. 
Investitsiya fondi investitsiya fondi sifatida oʻz faoliyatini tugatmasdan 
yuridik shaxsning boshqa tashkiliy-huquqiy shakllariga oʻzgartirilishga haqli emas. 


177 
Ishonchli boshqaruvchi boʻlmagan taqdirda, investitsiya fondining kuzatuv 
kengashi uch oy ichida ishonchli boshqaruvchi yollashi yoxud investitsiya fondini 
tugatish tashabbusi bilan chiqishi shart. 
Investitsiya fondlari tomonidan chiqarilgan va ularga tegishli qimmatli 
qogʻozlarga boʻlgan huquqlarni hisobga olish, shuningdek ularni saqlash, agar 
qonun hujjatlarida boshqacha qoida belgilanmagan boʻlsa, Qimmatli qogʻozlar 
markaziy depozitariysi tomonidan amalga oshiriladi. 
Investitsiya aktivlari ishonchli boshqaruvchida alohida balansda aks ettiriladi 
va u boʻyicha mustaqil hisob yuritiladi. Ishonchli boshqarish bilan bogʻliq faoliyat 
boʻyicha hisob-kitoblar uchun alohida bank hisobvaragʻi ochiladi. 
Investitsiya fondining buxgalteriya hisobini yuritish hamda moliya, soliq 
hisobotlarini va boshqa hisobotlarni tuzish ishonchli boshqaruvchi tomonidan 
amalga oshiriladi. 
Ishonchli boshqaruvchi fond investitsiya aktivlarining alohida hisobini 
yuritadi, ularning yaxlitligini va but saqlanishini taʼminlaydi, shuningdek 
investitsiya fondining moliya, soliq hisobotlari hamda boshqa hisobotlarining 
toʻgʻriligi va ishonchliligi uchun javobgar boʻladi. 
2018 yil 15 fevral holatiga mamlakatimizda 9 ta investitsiya fondi faoliyat 
koʻrsatmoqda. Ular tomonidan muomalaga chiqarilgan aksiyalar emissiya hajmi 
2,32 milliard soʻmni tashkil etadi (-rasm) 
-rasm. 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   114   115   116   117   118   119   120   121   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin