Oʻzbеkiston rеspublikasi oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi toshkеnt moliya instituti



Yüklə 2,26 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə121/128
tarix30.07.2023
ölçüsü2,26 Mb.
#138018
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128
O zbеkiston rеspublikasi oliy va o rta maxsus ta lim vazirligi t

XV bob. KRIPTOVALYUTALAR BOZORI
 
 


186 
XVI bob. MOLIYA BOZORINI TARTIBGA SOLISH 
 
16.1. Moliya bozorini tartibga solishning zarurligi va nazariy jihatlari
Moliya va uning alohida segmentlari hisoblangan qimmatli qogʻozlar bozori, 
valyuta bozori, hosilaviy qimmatli qogʻozlar bozori boʻyicha yangiliklar, mish-
mishlar, dunyo miyosida yoki alohida mamlakatdagi siyosiy yoki iqtisodiy 
holatlarning oʻzgarishi, fors-major holatlari (katastrofalar, avariyalar, ob-havo 
bilan bogʻliq holatlar) moliyaviy intrumentlar bahosida ham oʻz aksini koʻrsatadi. 
Oʻz navbatida bu jihatlar bozor ishtirokchilari, investorlar, emitentlar moliyaviy 
holatiga bevosita taʼsir qiladi. Baholardagi bunday keskin reaksiya 
yuqoridagilardan tashqari qonunchilikka zid xatti-harakatlar, turli koʻrinishdagi 
moliyaviy firibgarliklar uchun asos hisoblanadi.
Moliya bozoridagi holat nafaqat alohida kompaniya va investorlar, balki 
yaxlit iqtisodiyot, davlatlar, mintaqalar, butun jahondagi holatga bogʻliq. Moliya 
bozorlarini qonunchilikka zid xatti-harakatlar va firibgarliklardan himoya qilish 
masalasi jahon hamjamiyati uchun nihotyada muhim hisoblanadi. Aynan shuning 
uchun moliya bozori rivojlangan barcha davlatlarda birinchi navbatda davlat 
tomonidan tartibga solishni ham oʻz ichiga olgan tartibga solish tizimi shakllangan. 
Moliya bozorini tartibga solishning eng qatʼiy tizimlaridan biri AQSHda 
qoʻllaniladi. Mamlakatda moliya bozorida faoliyatning barcha jihatlari barcha 
detallari bilan qonunchilik asosida tartibga solingan va unga amal qilish boʻyicha 
qatʼiy nazorat oʻrnatilgan. 
Moliya bozorini tartibga solish – moliya bozori barcha ishtirokchilari 
(banklar, moliyaviy vositachilar, emitentlar, investorlar, qimmatli qogʻozlar bozori 
professional ishtirokchilari va boshqalar) faoliyatini tartibga solishdir. Unda 
moliya institutlari faoliyati turli davlat organlari tomonidan tartibga solinishi 
mavjudligi holatlarida oʻzaro muvofiqlashtirilgan holda tartibga solish amaliyoti 
qoʻllaniladi. Moliya bozorini tartibga solishda ichki va tashqi mexanizmlardan 
keng foydalaniladi. 
Ichki tartibga solish ichki meʼyoriy hujjatlar (ustav, faoliyatni amalga 
oshirish qoidalari, faoliyatga doir standantlar, etika qoidalari va boshqalar) asosida 
moliya bozori ishtirokchilari faoliyati tashkil etilishini nazarda tutadi. 
Moliya bozorini tartibga solishning tashqi mexanizmlari sifatida
megaregulyator va makroregulyator keng qoʻllaniladi. Moliya bozorini 
megaregulyator orqali tartibga solish xalqaro tashkilotlar tomonidan belgilangan 
talablar, prinsiplar asosida amalga oshiriladi. Makroregulyator esa bevosita davlat 
tomonidan tartibga solishni nazarda tutadi va odatda qimmatli qogʻozlar bozorini 
tartibga solish boʻyicha vakolatli davlat organi belgilanadi. Jamoatchilik 
tashkilotlari orqali moliya bozorini tartibga solish amaliyoti ham jahon amaliyotida 
tashqi mexanizm sifatida keng qoʻllaniladi. 
Moliya bozorlarini tartibga solishning bosh maqsadi bozorning shaffofligi va 
samaradorligini taʼminlash uchun ishtirokchilar huquqlarini himoya qilishdir. 
Bunda maqsaddan kelib chiqqan holda belgilanadigan vazifalar quyidagilardan 
iborat: 


187 
- moliya bozori va uning barcha ishtirokchilari samarali ishlashi uchun 
sharoit yaratish; 
- moliya bozoridagi tartibni saqlab turish; 
- moliya bozorining barcha ishtirokchilarini alohida shaxslarning 
firibgarliklaridan, jinoyatlaridan, umumiy holda noqonuniy xatti-harakatlaridan 
himoya qilish; 
- moliya bozorining barcha segmentlarida moliyaviy instrumentlar boʻyicha 
baholar shakllanishini erkin talab va taklif asosida tashkil etish; 
- pul mablagʻlarini qayta taqsimlash mexanizmi sifatida moliya bozori va 
uning yangi segmentlari rivojlanishini ragʻbatlantirish; 
- moliya bozori ishtirokchilari zimmasidagi majburiyatlar (masalan, 
axborotlarni oshkor qilish boʻyicha)ning bajarilishi boʻyicha nazoratni amalga 
oshirish qilish va boshqalar. 
Moliya bozorining regulyativ infratuzilmasi moliya bozorining normal 
ishlashini taʼminlovchi tizimlardan biridir. Unga quyidagilarni kiritish mumkin: 
- tartibga soluvchi organlar (davlat tartibga soluvchi organlari va oʻzini oʻzi 
tartibga soladigan tashkilotlar); 
- tartibga soluvchi funksiyalar va jarayonlar (registratsiya, litsensiya, 
attestatsiya, nazorat); 
- huquqiy infratuzilma (moliya bozori ishlashi uchun meʼyoriy-huquqiy 
baza); 
- moliya bozoridagi kasbiy etika; 
- amaliy odatlar va anʼanalar. 
Moliya bozorini tartibga solish davlat va oʻzini oʻzi tartibga solishga 
boʻlinadi. Oʻz navbatida qimmatli qogʻozlar bozorini davlat tomonidan tartibga 
solish toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) va bilvosita (iqtisodiy) tartibga solishga 
ajratiladi. 
Davlat tomonidan toʻgʻridan-toʻgʻri (maʼmuriy) tartibga solish moliya 
bozori ishtirokchilariga nisbatan majburiy talablarni belgilash, faoliyat turlarini 
litsenziyalash (bank faoliyati, qimmatli qogʻozlar bozorida professional faoliyat, 
sugʻurta faoliyati, investitsiya fondlari faoliyati va boshqalar), qimmatli 
qogʻozlarni davlat roʻyxatidan oʻtkazish, oshkoralik va bozor ishtirokchilarining 
oʻzaro teng holatda xabardorligini taʼminlash va hokozolar orqali amalga 
oshiriladi. 
Moliya bozorini bilvosita (iqtisodiy) tartibga solish esa byudjet-soliq 
siyosati, pul-kredit siyosati, xususiylashtirish (davlat mulkini boshqarish) siyosati 
kabilar vositasida amalga oshiriladi.
Umumiy holda moliya bozorini tartibga solishda davlat quyidagi 
funsiyalarni bajaradi (16.1-jadval). 
16.1-jadval 

Yüklə 2,26 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   117   118   119   120   121   122   123   124   ...   128




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin