188
2.
Huquqiy tartibga solish
Moliya bozori faoliyati boʻyicha meʼyoriy-
huquqiy hujjatlar ishlab chiqiladi
3.
Maʼmuriy funksiya
Moliya bozori ishtirokchilari faoliyati bevosita
maʼmuriy tartibga solinadi
4.
Ragʻbatlantirish
Moliya
bozorini
rivojlantirish,
iqtisodiyot
tarmoqlariga boʻsh pul mablagʻlarini jalb qilish
maqsadida barcha
moliyaviy instrumentlardan
foydalanish
iqtisodiy
dastaklar
orqali
ragʻbatlantiriladi
5.
Nazorat
Moliya bozori ishtirokchilari tomonidan yoʻl
qoʻyilishi mumkin boʻlgan huquqbuzarliklarning
oldini olinadi
6.
Arbitraj
Moliya bozori ishtirokchilari oʻrtasida nizoli
vaziyatlar hal qilinadi
Yana shuni ham taʼkidlash kerakki, davlat moliya bozorini tartibga soluvchi
institut ekanligidan tashqari moliya bozorining muhim ishtirokchisi hamdir. Bunda
davlat qimmatli qogʻozlar emitenti hamda yirik investor sifatida moliya bozori
ishtirokchisiga aylanishi mumkin. Shu nuqtai nazardan davlatning oʻzi ham moliya
bozorida maʼlum bir majburiyatlarga va huquqlarga ega boʻladi.
Moliya bozorida davlat tomonidan tartibga solishdan tashqari oʻzini oʻzi
tartibga solish amaliyoti ham muhim ahamiyatga ega hisoblanadi.
Bunda tartibga
solish oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar tomonidan amalga oshiriladi. Oʻzini
oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar sifatida faoliyat turlari boʻyicha moliya bozori
ishtirokchilarining ixtiyoriy professional birlashmalari faoliyat koʻrsatadi. Bunday
birlashmalar oʻz aʼzolari tomonidan professional faoliyatni amalga oshirishda
bajarilishi shart boʻlgan
majburiyatlarni, qimmatli qogʻozlar bilan operatsiyalar
oʻtkazish boʻyicha standartlarni belgilaydi va ularga amal qilinishini nazorat qilib
boradi.
Oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar moliya
bozori ishtirokchilarining
professional faoliyatni amalga oshirishlari uchun sharoitlarni taʼminlash, faoliyatni
amalga oshirish qoidalariga amal qilinishi ustidan nazorat qilish, professional
ishtirokchilar mijozlari manfaatlarini himoya qilish kabi masalalarni hal qiladi.
Buning uchun esa oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar davlat tomonidan qabul
qilingan meʼyoriy-huquqiy hujjatlarga zid boʻlmagan moliya bozorida professional
faoliyatni amalga oshirish boʻyicha standartlar va qoidalarni
tasdiqlash huquqiga
ega hisoblanadi. Ular tomonidan tasdiqlangan standartlar va qoidalar aʼzolar
tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Jahon amaliyotida oʻzini oʻzi tartibga soluvchi tashkilotlar faoliyatining
asosi moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat vakolatlarining bir qismini
ularga oʻtkazish hisoblanadi. Shundan kelib chiqqan holda oʻzini oʻzi tartibga
soluvchi tashkilotlar oʻz aʼzolarining faoliyatini nazorat qilishda, mutaxassislarni
oʻqitishda va malakasini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu oʻz navbatida
moliya bozorini tartibga solish boʻyicha davlat organlari xarajatlarini kamaytirish
189
imkonini beradi, moliya bozorini rivojlantirishda
professional ishtirokchilar
manfaatdorligini kuchaytiradi, professional faoliyat standartlari va qoidalariga
rioya qilish taʼminlanadi.
Dostları ilə paylaş: